PQ-269-son Qaror · 08.08.2023

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-iyundagi PQ-4756-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalar va xalqaro tashkilotlarga aʼzolik boʻyicha majburiyatlarini bajarishga masʼul davlat organlari va boshqa tashkilotlar roʻyxatiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-269
  • Qabul qilingan sana:08.08.2023
  • Kuchga kirgan sana:08.08.2023
  • Rasmiy nashr:QMMB 07/23/269/0567

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-maydagi “Elektrotexnika sanoatini yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va tarmoqning investitsiyaviy hamda eksport salohiyatini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4348-son qaroriga muvofiq, sifat menejmentining zamonaviy usullarini va xalqaro standartlarni elektrotexnika sanoatiga keng joriy etish hamda Xalqaro elektrotexnika komissiyasi bilan oʻzaro hamkorlikning mustahkamlash maqsadida:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-iyundagi PQ-4756-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalar va xalqaro tashkilotlarga aʼzolik boʻyicha majburiyatlarini bajarishga masʼul davlat organlari va boshqa tashkilotlar roʻyxatiga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.

2. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri L.Sh. Qudratov belgilansin.

Qaror ijrosi uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2023-yil 8-avgust,

PQ-269-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 8-avgustdagi PQ-269-son qarorigaILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-iyundagi PQ-4756-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalar va xalqaro tashkilotlarga aʼzolik boʻyicha majburiyatlarini bajarishga masʼul davlat organlari va boshqa tashkilotlar roʻyxatiga kiritilayotgan oʻzgartirishlar

1. 11-pozitsiyaning “Toʻlovchilar nomi” ustunidagi “Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi” soʻzlari “Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.

2. 51-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.