PQ-60-son Qaror · 06.02.2024

“Ohalik-Oqboʻyro-Mironqul” turistik-rekreatsion zonasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-60
  • Qabul qilingan sana:06.02.2024
  • Kuchga kirgan sana:07.02.2024
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 07/24/60/0101

Samarqand viloyatining turizm salohiyatidan samarali foydalangan holda viloyatda turizmning eko hamda ekstremal kabi turlarini rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, zamonaviy talablar asosida ekologik tez quriladigan joylashtirish vositalari, savdo-koʻngilochar va boshqa turizm infratuzilmasi obyektlarini barpo etish, shuningdek, togʻli hududda yangi ish oʻrinlarini yaratish maqsadida:

1. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi hamda Samarqand viloyati hokimligining:

Samarqand tumanida umumiy maydoni 1 697 gektar boʻlgan “Ohalik”, umumiy maydoni 414 gektar boʻlgan “Oqboʻyro” hamda umumiy maydoni 2 545 gektar boʻlgan “Mironqul” togʻ turizmi loyihalaridan iborat boʻlgan “Ohalik — Oqboʻyro — Mironqul” turistik-rekreatsion zonasini (keyingi oʻrinlarda — Turistik zona) tashkil etish;

Turistik zonani rivojlantirish va boshqarish maqsadida Samarqand tumani hokimligi huzurida davlat muassasasi shaklida “Ohalik — Oqboʻyro — Mironqul” turistik-rekreatsion zonasi direksiyasi”ni (keyingi oʻrinlarda — Direksiya) tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.

2. Quyidagilar:

“Ohalik” togʻ turizmi loyihasi chegaralarining tavsifi 1-ilovaga muvofiq;

“Oqboʻyro” togʻ turizmi loyihasi chegaralarining tavsifi 2-ilovaga muvofiq;

“Mironqul” togʻ turizmi loyihasi chegaralarining tavsifi 3-ilovaga muvofiq;

“Ohalik — Oqboʻyro — Mironqul” turistik-rekreatsion zonasi hududida turizm sohasini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi 4-ilovaga muvofiq;

“Ohalik — Oqboʻyro — Mironqul” turistik-rekreatsion zonasi va unga olib boruvchi yoʻl-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

3. Belgilansinki:

Turistik zona faoliyat koʻrsatish muddati keyinchalik uzaytirish imkoniyati bilan 30 yilga tashkil qilinadi;

Turistik zonaning master rejasi va batafsil rejalashtirish loyihalarini ishlab chiqish uchun loyihalashtirish va konsalting kompaniyalari, mahalliy va xorijiy ekspertlar hamda boshqaruvchi kompaniyalar xizmatlari uchun haq toʻlash Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi;

(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 30-apreldagi PQ-161-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.05.2026-y., 07/26/161/0437-son)

Jamgʻarma hisobidan amalga oshiriladigan xarajatlarni qoplash Turizm qoʻmitasi va Samarqand viloyati hokimligi tomonidan tasdiqlanadigan grafik asosida Turistik zona hududidagi yer uchastkalarini elektron onlayn auksion orqali realizatsiya qilishdan tushgan tushumlar hisobidan qoplanadi;

(3-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 30-apreldagi PQ-161-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.05.2026-y., 07/26/161/0437-son)

Turistik zona infratuzilmasining qurilishini moliyalashtirish xarajatlari belgilangan tartibda tasdiqlangan loyihani texnik-iqtisodiy asoslash asosida amalga oshiriladi.

4. Samarqand viloyati hokimligi Turizm qoʻmitasi bilan birgalikda 2026-yil 1-avgustga qadar Turistik zonaning master rejasi va batafsil rejalashtirish loyihalarini quyidagilarni nazarda tutgan holda ishlab chiqib, ularni Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi bilan kelishsin hamda tasdiqlanishini taʼminlasin:

(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 30-apreldagi PQ-161-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.05.2026-y., 07/26/161/0437-son)

“Ohalik”, “Oqboʻyro” hamda “Mironqul” togʻ turizmi loyihalari (keyingi oʻrinlarda — togʻ turizmi loyihalari) hududlarini zamonaviy ekologik talablar asosida tez quriladigan modulli va kapsulali joylashtirish vositalari, oʻtov va avtokemping lagerlarini barpo qilishga ixtisoslashtirish orqali taqdim etiladigan xizmatlar turini kengaytirish;

togʻ turizmi loyihalari hududini oʻzaro bogʻlovchi kemping lagerlari va piknik zonalar mavjud boʻlishi imkoniyatini inobatga olgan holda turistik soʻqmoqlarning joylashuvini belgilash;

togʻ turizmi loyihalari hududlarini “ziplayn”, “banji-jamping” va “zorbing” attraksionlari, kanatli park, dor yoʻllari, deltaplan va paraplan yoki havo sharida uchish kabi ekstremal turizm yoʻnalishi faoliyatini tashkil qilishga ixtisoslashtirish;

togʻ turizmi loyihalari hududidagi elektr tarmoqlarini yer ostidan oʻtkazish hamda ularning hududida maxsus piyodalar va velosiped yoʻlaklarini barpo etish;

togʻ turizmi loyihalari hududida oʻrnatiladigan yoʻl koʻrsatkichlari va namunaviy sanitariya-gigiyena shoxobchalarini joylashtirish hamda chiqindilarni tashlash nuqtalarini belgilash;

suvenirlar va oziq-ovqat mahsulotlari savdosi obyektlarini joylashtirish.

5. Direksiya Turistik zona hududida yoʻl va turizm infratuzilmasi, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini modernizatsiya qilish va qurish loyihalarini amalga oshirishda buyurtmachi etib belgilansin.

6. Belgilab qoʻyilsinki:

Turistik zonadagi turistik infratuzilmani yaratish imkoniyati boʻlgan yer uchastkalari, bino va inshootlari keyinchalik samarali foydalanish va (yoki) investorlarga realizatsiya qilish uchun doimiy foydalanish huquqi bilan Direksiyaga oʻtkaziladi;

Direksiyaga oʻtkazilgan yer uchastkalari, bino va inshootlarini realizatsiya qilish Direksiyaning qaroriga asosan elektron onlayn auksion orqali belgilangan tartibda amalga oshiriladi;

Turistik zona hududidagi yer uchastkalari, bino va inshootlarini realizatsiya qilishdan tushgan mablagʻlar (savdoga chiqarish va sotish bilan bogʻliq xarajatlardan tashqari) toʻliqligicha Direksiyaga yoʻnaltiriladi;

Turistik zona hududidagi yer uchastkalari, bino va inshootlarini realizatsiya qilishdan tushgan mablagʻlar Direksiya faoliyatini moliyalashtirish hamda togʻ turizmi loyihalarini amalga oshirish, jumladan, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini qurish va taʼmirlash chora-tadbirlarini moliyalashtirishga yoʻnaltiriladi;

Turistik zona hududidagi avtomobil yoʻllari, ichimlik va oqova suv tarmoqlarini qurish va taʼmirlash ishlari 2024 — 2026-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida turizm obyektlari infratuzilmasini yaxshilash uchun nazarda tutilgan mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi.

(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-iyundagi PQ-219-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.06.2026-y., 07/26/219/0588-son)

7. Samarqand viloyati hokimligi bir oy muddatda Direksiya faoliyatini tashkil qilish, shu jumladan uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, joylashtirish, asosiy vositalar, anjomlar va transport vositalari bilan taʼminlash uchun qonunchilikda taqiqlanmagan manbalar hisobidan zarur mablagʻlarni ajratsin.

8. Turizm qoʻmitasi Samarqand viloyati hokimligi bilan birgalikda ikki oy muddatda Turistik zona hududida koʻrsatiladigan xizmatlarni diversifikatsiya va monetizatsiya qilishga doir targʻibot dasturini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

9. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Samarqand viloyati hokimligi bilan birgalikda Turistik zonaning oʻziga xosligini inobatga olgan holda xizmat koʻrsatish obyektlarini qurish uchun nufuzli tashkilotlarni, shu jumladan salohiyatli xorijiy va mahalliy investorlarni jalb qilish choralarini koʻrsin.

10. Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda Turistik zona hududida Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmasining mavjud shtat birliklari hamda ish haqi jamgʻarmasi doirasida xavfsizlikni taʼminlash boʻlimini tashkil etish dasturini tasdiqlasin.

11. Samarqand viloyati hokimligi Turizm qoʻmitasi bilan birgalikda ikki oy muddatda Turistik zonaning oʻziga xosligidan kelib chiqib, “Dizayn-kod” loyihasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

12. Direksiya Samarqand viloyati, Samarqand tumani, Gulobod qoʻrgʻoni, 1-uy manziliga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirilsin.

13. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri A.A. Abduxakimov hamda Samarqand viloyati hokimi E.O. Turdimov belgilansin.

Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2024-yil 6-fevral,

PQ-60-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 6-fevraldagi PQ-60-son qaroriga 1-ILOVA

“Ohalik” togʻ turizmi loyihasi chegaralarining

Samarqand viloyatining Samarqand tumanida joylashgan Oʻrta Ohalik mahalla fuqarolar yigʻinidagi Oʻrta Ohalik MFY va Yangijoy mahalla tizimidagi Oqboʻyro aholi punkti chegarasidagi Oqboʻyro koʻchasining oʻng tomonida shimoliy-sharqiy burchagidagi nuqta boshlangʻich 1-nuqta (WGS-84 koordinatalar tizimida, shimoliy kenglik koordinatalari 39°31'58.83'', sharqiy uzoqlik koordinatalari 66°54'31.15'') deb qabul qilindi.

1-nuqtadan chegara chizigʻi toʻgʻri chiziq bilan Oʻrta Ohalik MFY va Yangijoy MFY chegara chizigʻi boʻylab janubiy-sharqiy yoʻnalishda 702 metr masofada togʻ qirrasidagi 2-nuqtaga (shimoliy kenglik 39°31'36.14'', sharqiy uzoqlik 66°54'28.90'') tutashadi.

2-nuqtadan chegara chizigʻi togʻ qirralarining shimol tomonidan janubiy yoʻnalishda 3 421 metr masofada togʻ qirrasidagi 3-nuqtaga (shimoliy kenglik 39°29'59.95'', sharqiy uzoqlik 66°53'16.62'') tutashadi.

3-nuqtadan chegara chizigʻi togʻ qirralari boʻylab janubiy-gʻarbiy yoʻnalishda 2 041 metr masofada togʻ qirrasidagi 4-nuqtaga (shimoliy kenglik 39°29'59.94'', sharqiy uzoqlik 66°51'52.09'') tutashadi.

4-nuqtadan chegara chizigʻi togʻ qirralari boʻylab janubiy yoʻnalishda 1 459 metr masofada togʻ qirrasidagi 5-nuqtaga (shimoliy kenglik 39°29'13.04'', sharqiy uzoqlik 66°51'44.63'') tutashadi.

5-nuqtadan chegara chizigʻi togʻ qirralaridagi oʻrmon xoʻjalik yerlari chegarasi boʻylab gʻarbiy yoʻnalishda 3 013 metr masofada togʻ qirrasidagi 6-nuqtaga (shimoliy kenglik 39°30'0.10'', sharqiy uzoqlik 66°49'54.27'') tutashadi.

6-nuqtadan chegara chizigʻi togʻ qirralaridagi Oʻrta Ohalik MFY va Mironqul MFY chegara chizigʻi boʻylab shimoliy-sharqiy yoʻnalishda 3 563 metr masofada togʻ qirrasidagi 7-nuqtaga (shimoliy kenglik 39°31'13.30'', sharqiy uzoqlik 66°51'49.52'') tutashadi.

7-nuqtadan chegara chizigʻi togʻ qirrasi boʻylab shimoliy yoʻnalishda 1 517 metr masofada chegaraning yakuniy togʻ qirrasidagi 8-nuqtaga (shimoliy kenglik 39°32'1.05'', sharqiy uzoqlik 66°52'4.94'') tutashadi.

8-nuqtadan chegara chizigʻi togʻ qirra boʻylab shimoliy-sharqiy yoʻnalishda 2 396 metr masofada Oʻrta Ohalik MFY va Ohalik MFY oʻrtasidagi Bogʻiravon koʻchasining chap tomonidagi 9-nuqtaga (shimoliy kenglik 39°32'15.67'', sharqiy uzoqlik 66°53'43.45'') tutashadi.

9-nuqtadan chegara chizigʻi Bogʻiravon koʻchasining chap tomoni boʻylab sharqiy yoʻnalishda 205 metr masofada mahalliy kanalning chap tomon burilish burchagidagi 10-nuqtaga (shimoliy kenglik 39°32'12.92'', sharqiy uzoqlik 66°53'51.28'') tutashadi.

10-nuqtadan chegara chizigʻi mahalliy kanalning chap tomoni boʻylab shimoliy yoʻnalishda 206 metr masofada Oqboʻyro koʻchasining boshlanadigan joyidagi 11-nuqtaga (shimoliy kenglik 39°32'19.01'', sharqiy uzoqlik 66°53'54.85'') tutashadi.

11-nuqtadan chegara chizigʻi Oqboʻyro koʻchasining boshlanadigan joyi boʻylab janubiy-sharqiy yoʻnalishda 1 069 metr masofada Oʻrta Ohalik MFY va Yangijoy mahalla tizimidagi Oqboʻyro aholi punkti chegarasidagi Oqboʻyro koʻchasining oʻng tomonidagi 1-nuqtaga (shimoliy kenglik 39°31'58.83'', sharqiy uzoqlik 66°54'31.15'') tutashadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 6-fevraldagi PQ-60-son qaroriga 2-ILOVA

“Oqboʻyro” togʻ turizmi loyihasi chegaralarining

Samarqand viloyatining Samarqand tumanida joylashgan Yangijoy mahalla tizimidagi Oqboʻyro aholi punktidan oʻtuvchi Oqboʻyro koʻchasining 2 121 metr masofadagi chap tomonida shimoliy-sharqiy burchagidagi nuqta boshlangʻich 1-nuqta (WGS-84 koordinatalar tizimida, shimoliy kenglik koordinatalari 39°31'41.90'', sharqiy uzoqlik koordinatalari 66°55'7.07'') deb qabul qilindi.

1-nuqtadan chegara chizigʻi toʻgʻri chiziq bilan togʻ qirralari boʻylab janubiy yoʻnalishda 3 341 metr masofada togʻ qirrasidagi 2-nuqtaga (shimoliy kenglik 39°29'59.89'', sharqiy uzoqlik 66°54'19.92'') tutashadi.

2-nuqtadan chegara chizigʻi togʻ qirralarining janub tomonidan gʻarbiy yoʻnalishda 1 492 metr masofada togʻ qirrasida Oʻrta Ohalik MFY chegarasi bilan tutash joyidagi 3-nuqtaga (shimoliy kenglik 39°29'59.95'', sharqiy uzoqlik 66°53'16.62'') tutashadi.

3-nuqtadan chegara chizigʻi togʻ qirralaridagi Yangijoy MFY va Oʻrta Ohalik MFY chegara chizigʻi boʻylab shimoliy-sharqiy yoʻnalishda 3 241 metr masofada togʻ qirrasidagi 4-nuqtaga (shimoliy kenglik 39°31'36.14'', sharqiy uzoqlik 66°54'28.90'') tutashadi.

4-nuqtadan chegara chizigʻi togʻ qirralari boʻylab shimoliy yoʻnalishda 702 metr masofada Oʻrta Ohalik MFY va Yangijoy mahalla tizimidagi Oqboʻyro aholi punkti chegarasida Oqboʻyro koʻchasining 1 083 metr masofada oʻng tomonidagi 5-nuqtaga (shimoliy kenglik 39°31'58.83'', sharqiy uzoqlik 66°54'31.15'') tutashadi.

5-nuqtadan chegara chizigʻi Oqboʻyro koʻchasining 1 083 metr masofada oʻng tomoni boʻylab sharqiy yoʻnalishda 96 metr masofada Oqboʻyro koʻchasining 1 179 metr masofada chap tomonidagi 6-nuqtaga (shimoliy kenglik 39°31'57.14'', sharqiy uzoqlik 66°54'34.60'') tutashadi.

6-nuqtadan chegara chizigʻi Oqboʻyro koʻchasining 1 179 metr masofada chap tomoni boʻylab sharqiy yoʻnalishda 345 metr masofada Oqboʻyro koʻchasining 1 524 metr masofada chap tomonidagi 7-nuqtaga (shimoliy kenglik 39°31'54.69'', sharqiy uzoqlik 66°54'48.70'') tutashadi.

7-nuqtadan chegara chizigʻi Oqboʻyro koʻchasining 1 524 metr masofada chap tomoni boʻylab janubiy-sharqiy yoʻnalishda 283 metr masofada Oqboʻyro koʻchasining 1 807 metr masofada chap tomonidagi 8-nuqtaga (shimoliy kenglik 39°31'49.87'', sharqiy uzoqlik 66°54'58.75'') tutashadi.

8-nuqtadan chegara chizigʻi Oqboʻyro koʻchasining 1 807 metr masofada chap tomoni boʻylab janubiy-sharqiy yoʻnalishda 314 metr masofada Oqboʻyro aholi punktidan oʻtuvchi Oqboʻyro koʻchasining 2 121 metr masofadagi chap tomonidagi nuqta boshlangʻich 1-nuqtaga (shimoliy kenglik 39°31'41.90'', sharqiy uzoqlik 66°55'7.07'') tutashadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 6-fevraldagi PQ-60-son qaroriga 3-ILOVA

“Mironqul” togʻ turizmi loyihasi chegaralarining

Samarqand viloyatining Samarqand tumanida joylashgan Mironqul mahalla fuqarolar yigʻinidagi “Ganiyev Daler” MCHJ yer maydonining shimoliy-sharqiy burchagidagi nuqta boshlangʻich 1-nuqta (WGS-84 koordinatalar tizimida, shimoliy kenglik koordinatalari 39°32'35.56'', sharqiy uzoqlik koordinatalari 66°51'53.95'') deb qabul qilindi.

1-nuqtadan chegara chizigʻi toʻgʻri chiziq bilan “Ganiyev Daler” MCHJ yer maydonining shimoliy-sharqiy burchagi boʻylab janubiy yoʻnalishda 169 metr masofada ochiq maydondagi 2-nuqtaga (shimoliy kenglik 39°32'30.27'', sharqiy uzoqlik 66°51'52.12'') tutashadi.

2-nuqtadan chegara chizigʻi “Samarqand Meva Sabzavotlari” MCHJ yer maydonining shimoliy-sharqiy burchagi boʻylab sharq yoʻnalishda 543 metr masofada ochiq maydondagi 3-nuqtaga (shimoliy kenglik 39°32'29.08'', sharqiy uzoqlik 66°52'14.69'') tutashadi.

3-nuqtadan chegara chizigʻi “Samarqand Meva Sabzavotlari” MCHJ yer maydonining shimoliy-sharqiy burchagi boʻylab janubiy yoʻnalishda 898 metr masofada togʻ qirrasidagi 4-nuqtaga (shimoliy kenglik 39°32'1.05'', sharqiy uzoqlik 66°52'4.94'') tutashadi.

4-nuqtadan chegara chizigʻi togʻ qirralarining shimol tomonidan janubiy yoʻnalishda 1 517 metr masofada togʻ qirrasidagi 5-nuqtaga (shimoliy kenglik 39°49'21.21'', sharqiy uzoqlik 64°43'19.79'') tutashadi.

5-nuqtadan chegara chizigʻi togʻ qirralari boʻylab janubiy yoʻnalishda 3 563 metr masofada togʻ qirrasidagi 6-nuqtaga (shimoliy kenglik 39°30'0.10'', sharqiy uzoqlik 66°49'54.27'') tutashadi.

6-nuqtadan chegara chizigʻi togʻ qirralari boʻylab janubiy yoʻnalishda 1 413 metr masofada togʻ qirrasidagi 7-nuqtaga (shimoliy kenglik 39°29'18.16'', sharqiy uzoqlik 66°49'30.73'') tutashadi.

7-nuqtadan chegara chizigʻi togʻ qirralari boʻylab janubiy yoʻnalishda 737 metr masofada togʻ qirrasidagi 8-nuqtaga (shimoliy kenglik 39°29'6.41'', sharqiy uzoqlik 66°49'3.64'') tutashadi.

8-nuqtadan chegara chizigʻi togʻ qirralari boʻylab janubiy yoʻnalishda 1 700 metr masofada togʻ qirrasidagi 9-nuqtaga (shimoliy kenglik 39°28'31.31'', sharqiy uzoqlik 66°48'8.88'') tutashadi.

9-nuqtadan chegara chizigʻi togʻ qirrasining oʻrmon xoʻjaligi yerlari boʻylab shimoliy-gʻarbiy yoʻnalishda 1 654 metr masofada Nurobod tuman chegarasining togʻ qirrasidagi 10-nuqtaga (shimoliy kenglik 39°29'0.12'', sharqiy uzoqlik 66°47'10.36'') tutashadi.

10-nuqtadan chegara chizigʻi togʻ qirrasining Nurobod tuman chegarasi boʻylab shimoliy yoʻnalishda 1 638 metr masofada Nurobod tuman chegarasining togʻ qirrasidagi 11-nuqtaga (shimoliy kenglik 39°29'49.88'', sharqiy uzoqlik 66°47'33.04'') tutashadi.

11-nuqtadan chegara chizigʻi togʻ qirrasining Nurobod tuman chegarasi boʻylab shimol yoʻnalishda 2 810 metr masofada Nurobod tuman chegarasining togʻ qirrasidagi 12-nuqtaga (shimoliy kenglik 39°31'3.40'', sharqiy uzoqlik 66°48'44.59'') tutashadi.

12-nuqtadan chegara chizigʻi togʻ qirrasining Nurobod tuman chegarasi boʻylab shimoliy yoʻnalishda 562 metr masofada Nurobod tuman chegarasining togʻ qirrasidagi 13-nuqtaga (shimoliy kenglik 39°31'10.87'', sharqiy uzoqlik 66°49'5.14'') tutashadi.

13-nuqtadan chegara chizigʻi togʻ qirrasining Nurobod tuman chegarasi boʻylab shimoliy yoʻnalishda 2 668 metr masofada Nurobod tuman chegarasining togʻ qirrasidagi 14-nuqtaga (shimoliy kenglik 39°32'35.36'', sharqiy uzoqlik 66°49'28.40'') tutashadi.

14-nuqtadan chegara chizigʻi togʻ qirrasining Nurobod tuman chegarasi tomonidan sharqiy yoʻnalishda 325 metr masofada “Samarqand Meva Sabzavotlari” MCHJ yer maydonidagi 15-nuqtaga (shimoliy kenglik 39°32'27.97'', sharqiy uzoqlik 66°49'38.13'') tutashadi.

15-nuqtadan chegara chizigʻi “Samarqand Meva Sabzavotlari” MCHJ yer maydoni boʻylab sharqiy yoʻnalishda 264 metr masofada “Samarqand Meva Sabzavotlari” MCHJ yer maydonidagi 16-nuqtaga (shimoliy kenglik 39°32'29.97'', sharqiy uzoqlik 66°49'49.03'') tutashadi.

16-nuqtadan chegara chizigʻi “Samarqand Meva Sabzavotlari” MCHJ yer maydoni boʻylab sharqiy yoʻnalishda 655 metr masofada Zarchashma koʻchasining oʻng tomonidagi 17-nuqtaga (shimoliy kenglik 39°32'26.60'', sharqiy uzoqlik 66°50'16.16'') tutashadi.

17-nuqtadan chegara chizigʻi Zarchashma koʻchasining oʻng tomoni boʻylab sharqiy yoʻnalishda 204 metr masofada ochiq yer maydonidagi 18-nuqtaga (shimoliy kenglik 39°32'30.43'', sharqiy uzoqlik 66°50'22.96'') tutashadi.

18-nuqtadan chegara chizigʻi ochiq yer maydoni boʻylab sharqiy yoʻnalishda 2 178 metr masofada “Ganiyev Daler” MCHJ yer maydonining shimoliy-sharqiy burchagidagi 1-nuqtaga (shimoliy kenglik 39°32'35.56'', sharqiy uzoqlik 66°51'53.95'') tutashadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 6-fevraldagi PQ-60-son qaroriga 4-ILOVA

“Ohalik — Oqboʻyro — Mironqul” turistik-rekreatsion zonasi hududida turizm sohasini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 6-fevraldagi PQ-60-son qaroriga 5-ILOVA

“Ohalik — Oqboʻyro — Mironqul” turistik-rekreatsion zonasi va unga olib boruvchi yoʻl-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.