PF-57-son Farmon · 25.03.2025

Davlat bojxona xizmati organlarining faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-57
  • Qabul qilingan sana:25.03.2025
  • Kuchga kirgan sana:01.04.2025
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 06/25/57/0291

Bojxona maʼmuriyatchiligining shaffoflik va ishonchlilik tamoyiliga asoslangan sifat jihatidan yangi tizimini yaratish, bojxona sohasida huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida qaror qilaman:

I. Maqsadlar

1. Davlat bojxona xizmati organlari (keyingi oʻrinlarda — bojxona organlari) faoliyati samaradorligini oshirishning asosiy maqsadli koʻrsatkichlari etib quyidagilar belgilansin:

(a) 2030-yilga qadar Jahon bankining Logistika samaradorligi indeksida (LPI) bojxona rasmiylashtiruvi samaradorligi koʻrsatkichi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining oʻrnini 55-pogʻonadan past boʻlmagan darajaga koʻtarish;

(b) 2026-yilga qadar bojxona deklaratsiyalarini inson omilisiz rasmiylashtiruv ulushini 2 barobarga oshirish;

(v) 2028-yilga qadar bojxona koʻrigini 21 foizdan 15 foizga tushirish;

(g) 2030-yilga qadar sunʼiy intellekt elementlaridan foydalangan holda xavfni boshqarish tizimi samaradorligini 2 barobarga oshirish.

II. Bojxona boshqaruvidagi oʻzgarishlar

2. Davlat chegarasi orqali oʻtkazish punktlarida (keyingi oʻrinlarda — oʻtkazish punktlari) fitosanitariya va veterinariya organlari tomonidan tashqi savdo yuklari boʻyicha oʻtkaziladigan nazorat funksiyalari bojxona organlari tomonidan muvofiqlashtirilsin.

3. Bojxona organlariga fitosanitariya va veterinariya nazorati ostidagi tovarlarni nazoratdan oʻtkazish va koʻzdan kechirish uchun vakolatli nazorat organlari mutaxassislarini jalb etish vakolati berilsin.

III. Tashqi iqtisodiy faoliyatdagi qulayliklar

4. 2025-yil 1-iyuldan boshlab veterinariya va fitosanitariya sohasida tashqi savdo yuklariga tegishli har qanday hujjatlarga muhr va shtamp bosish hamda ularni yozma tarzda roʻyxatga olish amaliyoti bekor qilinsin, barcha tartibotlar ushbu hujjatlarni elektron shaklda tasdiqlash orqali amalga oshirilsin (tovarlar eksportida xalqaro shartnomalarda qatʼiy belgilangan holatlar bundan mustasno).

5. 2025-yil 1-sentabrdan boshlab tadbirkorlik subyektlariga bojxona toʻlovlari va bojxona rasmiylashtiruvi uchun boshqa turdagi toʻlovlarni respublikaning istalgan hududidan amalga oshirish imkoniyati bosqichma-bosqich yaratilsin, buning uchun yagona gʻazna hisobvaragʻi ochilsin.

(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 27-avgustdagi PF-174-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.09.2026-y., 06/26/174/0881-son)

6. 2025-yil 1-dekabrdan boshlab bojxona hududida yoki hududidan tashqarida qayta ishlash rejimlarida bojxona yuk deklaratsiyalarini soddalashtirilgan tartibda rasmiylashtirish imkonini beruvchi “Tolling operatsiyalari” moduli amaliyotga joriy etilsin.

7. 2025-yil 1-noyabrdan boshlab oʻtkazish punktlari orqali harakatlanayotgan yoʻlovchilarga qulaylik yaratish maqsadida yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasining mobil ilovasi amaliyotga joriy etilsin.

IV. Bojxona maʼmuriyatchiligidagi oʻzgarishlar

8. 2025-yil 1-iyuldan boshlab Jahon savdo tashkilotining Savdo tartibotlarini soddalashtirish bitimi talablari asosida tovarlarga nisbatan imtiyozlarni qoʻllash boʻyicha bojxona organlarining dastlabki qarorlarini berish tartibi joriy etilsin.

9. 2025-yil 1-sentabrdan boshlab oʻtkazish punktlarida undiriladigan barcha turdagi yigʻim va toʻlovlar bojxona organlarining axborot tizimi orqali undirilsin va hisobi yuritilsin.

10. 2025-yil 1-sentabrdan boshlab “Gʻishtkoʻprik”, “Zangiota” va “Dovut ota” oʻtkazish punktlarida avtotransport vositalari uchun ikki yoʻlakli xavflarni boshqarish tamoyillariga asoslangan davlat nazorat tartibotini qoʻllash amaliyoti yoʻlga qoʻyilsin. Bunda:

(a) “yashil yoʻlak”da — xavf darajasi past boʻlgan avtotransport vositalari va unga yuklangan tovarlarni chiqarib yuborish toʻgʻrisida qaror qabul qilinishida davlat nazoratining barcha shakllari ularga nisbatan amalga oshirilmaydi, avtotransport vositasi va uning haydovchisiga nisbatan amalga oshiriladigan hujjatli nazorat bundan mustasno;

(b) “qizil yoʻlak”da — davlat nazorati xavf darajasi yuqori va tasodifiy tanlovda aniqlangan avtotransport vositalariga nisbatan amalga oshiriladi;

(v) “qizil” yoki “yashil” yoʻlaklar bojxona organlarining “Xavflarni boshqarish” axborot tizimi orqali avtomatik tarzda belgilab beriladi;

(g) oʻtkazish punktidagi davlat nazorat organlari xodimlari tomonidan “profayling” tanlov asosida avtotransport vositalari bojxona organlarining “Xavflarni boshqarish” axborot tizimida “yashil yoʻlak”dan “qizil yoʻlak”ka yoʻnaltirilib, tegishli nazorat shakllari qoʻllanadi;

(d) mazkur tartibot Oʻzbekiston Respublikasiga kirib kelayotgan avtotransport vositalariga nisbatan faqatgina inspeksion koʻrik majmuasi orqali nazoratdan oʻtkazilgandan soʻng qoʻllanadi.

11. Belgilansinki, mazkur Farmonning 10-bandida nazarda tutilgan tartib sinov natijalariga koʻra 2026-yil 1-sentabrdan boshlab bosqichma-bosqich avtomobil yoʻli oʻtkazish punktlarida kuchga kiradi.

12. 2026-yil 1-martdan boshlab bojxona nazorati jarayonlari “Xavflarni boshqarish” axborot tizimi orqali yanada soddalashtirilsin. Bunda:

(a) boshqa vazirlik va idoralardan olinayotgan maʼlumotlar asosida tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchisi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar salmogʻini oshirish orqali tizimning yangi “Toifalash” moduli yaratiladi;

(b) xavf darajasi past boʻlgan bojxona yuk deklaratsiyalari, shu jumladan, tranzit deklaratsiyalari inson omilisiz toʻliq avtomatik tarzda rasmiylashtiriladi.

13. Belgilansinki, bojxona rejimi muddati oʻtgan holda bojxona omborida saqlanayotgan tovarlar 90 kun ichida talab qilib olinmagan hollarda ular sud qarori asosida davlat egaligiga oʻtkaziladi hamda qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tasarruf etiladi.

(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 27-avgustdagi PF-174-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.09.2026-y., 06/26/174/0881-son)

V. Farmon ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat

14. 2025-yil 1-apreldan boshlab tashqi savdo yuklaridan fitosanitariya xizmatlari uchun undirilgan yigʻim va toʻlovlarning besh foizi miqdoridagi mablagʻlar Bojxona qoʻmitasining rivojlantirish jamgʻarmasiga yoʻnaltirilsin.

15. Quyidagilar:

(a) Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini yanada rivojlantirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturi 1-ilovaga muvofiq;

(b) Bojxona organlari faoliyatini raqamlashtirish hamda sohaga startap loyihalar va sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar rejasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

16. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 3-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.

17. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlari 4-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

18. Bojxona qoʻmitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

19. Farmon ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi D.B. Kadirov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2025-yil 25-mart,

PF-57-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-martdagi PF-57-son Farmoniga1-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini yanada rivojlantirish boʻyicha

Izoh:

1. Normativ-huquqiy va idoraviy hujjatlar huquqiy munosabatlarni tartibga solish predmeti va sohasiga qarab qayta koʻrib chiqilishi yoki yagona hujjatga birlashtirilishi mumkin.

2. Ikki va undan ortiq bandlar birlashtirilganda ularni ijro etish uchun belgilangan eng kech muddat ijro muddati etib belgilanadi.

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 27-avgustdagi PF-174-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.09.2026-y., 06/26/174/0881-son)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-martdagi PF-57-son Farmoniga2-ILOVA

Bojxona organlari faoliyatini raqamlashtirish hamda sohaga startap loyihalar va sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etish boʻyicha

Izoh: mazkur kompleks chora-tadbirlar rejasida keltirilgan sunʼiy intellekt texnologiyalaridan boshqa texnologiyalar yoki modullar joriy etilishi mumkin.

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 27-avgustdagi PF-174-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.09.2026-y., 06/26/174/0881-son)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-martdagi PF-57-son Farmoniga3-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 26-oktabrdagi “Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini faollashtirish va kengaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-4853-son Farmonining 4-bandi birinchi xatboshisidagi “koʻzda tutilgan imtiyozlar” soʻzlari “koʻzda tutilgan soliq imtiyozlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi “Bojxona maʼmuriyatchiligini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-122-son Farmonida:

a) 1-ilovada:

1-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:

23-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:

25 — 27-pozitsiyalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:

izoh qismi quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:

“* “Dovut-ota” va “Gʻishtkoʻprik” chegara bojxona postlarini rekonstruksiya va modernizatsiya qilish uchun 2026-yil yakuniga qadar qaytarish sharti bilan 83,0 mlrd soʻm miqdorida foizsiz ssuda ajratiladi”;

b) 2-ilovaning 43-44-pozitsiyalari quyidagi tahrirda bayon etilsin:

3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 13-iyundagi “Maxsus iqtisodiy, kichik sanoat, yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari faoliyati samaradorligini oshirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-153-son Farmonining 4-bandida:

oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilari tomonidan ishlab chiqarish va mahsulotlarni eksportga realizatsiya qilish uchun foydalanadigan xomashyo, materiallar va butlovchi qismlarni olib kirishda bojxona imtiyozlari faqat tovarlar “bojxona hududida qayta ishlash” bojxona rejimiga joylashtirilgan taqdirda qoʻllaniladi”;

yettinchi xatboshi chiqarib tashlansin.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-yanvardagi “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-14-son Farmoniga 1-ilovada:

a) “Jami” pozitsiyasining “Jami boshqaruv shtat birliklari soni” ustunidagi “53 735” raqamlari hamda “Davlat budjeti hisobidan” ustunidagi “49 274” raqamlari tegishincha “49 045” va “44 584”raqamlari bilan almashtirilsin;

b) “1. Iqtisodiyot va moliya vazirligi” boʻlimining 1-pozitsiyasi chiqarib tashlansin;

v) izohlar qismining 1-bandi “Mudofaa vazirligi” soʻzlaridan keyin “, Bojxona qoʻmitasi” soʻzlari bilan toʻldirilsin.

5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi “Tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-184-son Farmoni 4-bandining beshinchi xatboshisidagi “soliq tekshiruvlari” soʻzlaridan keyin “hamda Bojxona kodeksiga muvofiq amalga oshiriladigan bojxona nazorati shakllari” soʻzlari bilan toʻldirilsin.

6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi PQ-3774-son qarori bilan tasdiqlangan “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasi hududiga kiritilayotgan foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlarining roʻyxatida:

a) 3-pozitsiyada:

“Hududi(ga)*” ustunidagi “24,3” raqami “24,07” raqami bilan almashtirilsin;

“Bino va inshootlar maydoni (kv.m)” ustunidagi “83 200,0” raqami “82 175,65” raqami bilan almashtirilsin;

b) “Jami” pozitsiyasida:

“Hududi(ga)*” ustunidagi “81,4” raqami “81,17” raqami bilan almashtirilsin;

“Bino va inshootlar maydoni (kv.m)” ustunidagi “174 722,7” raqami “173 698,35” raqami bilan almashtirilsin.

7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 15-iyuldagi “Davlat organlari xodimlarining formali kiyim-bosh kiyib yurishi tartibini maqbullashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4394-son qarorida:

a) muqaddimaning ikkinchi xatboshisidagi “Davlat bojxona qoʻmitasining” soʻzlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining” soʻzlari bilan almashtirilsin;

b) 1-bandda:

birinchi xatboshidagi “Davlat bojxona qoʻmitasining” soʻzlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining” soʻzlari bilan almashtirilsin;

uchinchi xatboshida:

“harbiy (alohida) holatda,” soʻzlaridan keyin “bojxona organlarida sutkalik navbatchilikni va chegara bojxona postlarida xizmatni oʻtash davrida,” soʻzlari bilan toʻldirilsin;

“Davlat bojxona qoʻmitasi” soʻzlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;

toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“maxsus (mahkama) formali kiyim-bosh — xizmat vazifalarini bevosita xizmat xonalarida (bino, transport vositasi, harbiy qism, bojxona posti, bojxona koʻrigi oʻtkazish joylari) amalga oshirish vaqtida prokuratura, bojxona va ichki ishlar organlarining xodimlari (harbiy xizmatchilari), shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Bojxona qoʻmitasining kinologiya boʻlinmalari xodimlari (harbiy xizmatchilari) tomonidan”;

v) 2-bandda:

uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“bojxona organlari xodimlari (kinologiya xizmatlaridan tashqari)”;

beshinchi xatboshidagi “va bojxona xizmatlarining” soʻzlari chiqarib tashlansin;

g) 4-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Davlat bojxona qoʻmitasining” soʻzlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining” soʻzlari bilan almashtirilsin.

8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi bojxona organlari kadrlarini tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3995-son qarorida:

a) 1-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Institut bojxona organlari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha ixtisoslashtirilgan tayanch oliy harbiylashtirilgan taʼlim hamda ilmiy-metodik muassasa hisoblanadi”;

b) 4-bandda:

oltinchi xatboshidagi “bojxona organlaridagi” soʻzlari “bojxona va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlardagi, shuningdek, Oʻzbekistoni Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibidagi vazirlik va idoralardagi” soʻzlari bilan almashtirilsin;

sakkizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin;

“kamida uch yil ilmiy, pedagogik yoki amaliy ish tajribasiga ega shaxslar Institutning professor-oʻqituvchilar (ofitser va serjantlar) tarkibi lavozimlariga bir yillik shartnoma asosida ishga qabul qilinishi mumkin.”;

quyidagi mazmundagi oʻninchi — oʻn birinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin;

“Institut bitiruvchilariga oliy taʼlimning tegishli bosqichini yakunlaganligini tasdiqlovchi davlat namunasidagi diplom hamda belgilangan namunadagi koʻkrak nishoni beriladi;

Institut oʻz grifi asosida oʻquv adabiyotlarni yaratish va nashr etish, ilmiy, taʼlim, noshirlik, matbaa va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa faoliyatni amalga oshirish boʻyicha pullik xizmatlar koʻrsatishi mumkin”;

v) 7-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“7. Institut boshligʻiga quyidagi huquqlar berilsin:

professor-oʻqituvchilar tarkibining faoliyat turlari boʻyicha vaqt meʼyorlarini belgilash;

kamida uch yil ilmiy, pedagogik yoki amaliy ish tajribasiga ega shaxslarni Institutning professor-oʻqituvchilar (ofitser va serjantlar) tarkibi lavozimlariga bir yillik shartnoma asosida maxsus unvoniga ega boʻlmagan shaxslarni ishga qabul qilish;

yuqori ilmiy-pedagogik mahoratga yoki amaliy tajribaga ega boʻlgan mahalliy va xorijiy mutaxassislarni oʻquv jarayoniga soatbay tarzda va fuqarolik-huquqiy xususiyatga ega shartnoma asosida jalb etish, shuningdek, Institutning rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan ularning mehnatiga qoʻshimcha haq toʻlash;

Institutning taʼlim jarayoniga soatbay haq toʻlash shartlarida jalb etiladigan bojxona va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibidagi vazirlik va idoralar xodimlariga Institutning rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari va boshqa manbalar hisobidan qoʻshimcha haq toʻlash, bunda ularning asosiy ish joyi boʻyicha pul va oziq-ovqat taʼminoti toʻliq saqlanadi;

yetakchi xorijiy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan kadrlarni tayyorlash, ularning malakasini oshirish va ilmiy-tadqiqotlar olib borish sohasida oʻzaro hamkorlik boʻyicha toʻgʻridan-toʻgʻri memorandum hamda bitimlarni tuzish;

bojxona organlari xodimlariga belgilangan pul taʼminotini toʻliq saqlab qolgan holda mehnatga soatbay haq toʻlash shartlari asosida Bojxona instituti va boshqa taʼlim muassasalarida oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazish;

Bojxona institutning rivojlantirish jamgʻarmasi hisobidan:

Bojxona instituti xodimlari uchun lavozim maoshining 200 foizi miqdorida shaxsiy ustamalar belgilash;

tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish boʻyicha jami xarajatlarning oʻrni toʻldirilgandan keyin qolgan mablagʻlarning 100 foizgacha miqdorda mablagʻlari xodimlarga ustama toʻlash, ularning ijtimoiy himoya qilish va moddiy ragʻbatlantirish tadbirlarga yoʻnaltirish;

professor-oʻqituvchi, kursant va xodimlarning malaka oshirish kurslari (shu jumladan, chet el taʼlim muassasalarida) bilan bogʻliq;

Institutga tashrif buyurgan mehmonlar uchun suvenir va esdalik sovgʻalar sotib olish hamda ovqatlantirish;

kursantlarga turli olimpiada, taʼlim va bayramga atalgan musobaqalarda sovrinli oʻrinlarni egallaganlari uchun qimmatbaho sovgʻa, suvenir va pul mukofoti bilan ragʻbatlantirish;

oʻtkaziladigan turli ilmiy tadbirlarga kanselyariya buyumlari va esdalik sovgʻalari uchun xarajatlarni qoplash”.

9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 28-apreldagi “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4699-son qarorining 13-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“13. Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida mahalliy tadbirkorlik subyektlariga yanada qulayliklar yaratish maqsadida Bojxona qoʻmitasi Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga egalik qilish, uni yuritish va boshqarish boʻyicha vakolatli organ etib belgilansin.

Bunda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi tomonidan 2025-yil 1-mayga qadar Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimining dasturiy taʼminoti va maʼlumotlar bazasi begʻaraz asosda Bojxona qoʻmitasi serveriga joylashtirilib, joriy tizimning barcha modullari yagona maʼlumotlar bazasi asosida toʻliq ishga tushirilishi taʼminlansin hamda bir yil davomida tizimning texnik qoʻllab-quvvatlash ishlari davom ettirilsin”.

10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-avgustdagi “Ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash markazlari va “Muruvvat” internat uylari faoliyatini rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-365-son qaroriga ilovaning 6, 8, 9, 11, 13, 14, 15, 16 18 va 21-pozitsiyalari quyidagi tahrirda bayon etilsin:

11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 13-sentabrdagi “Tadbirkorlik subyektlari faoliyatida tekshiruvlar oʻtkazishni muvofiqlashtirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-374-son qaroriga ilovaning 3-bandi birinchi xatboshisidagi “kameral soliq tekshiruvlari” soʻzlaridan keyin “hamda bojxona nazorati shakllari” soʻzlari bilan toʻldirilsin.

12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 29-dekabrdagi PQ-422-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, vazirliklar va idoralari tomonidan undiriladigan ayrim turdagi davlat bojlari, majburiy yigʻimlar, toʻlovlar, jarimalar va ajratmalar taqsimotida:

a) “Mablagʻ yoʻnaltirilishi” ustuni 31-pozitsiyaning “b” kichik pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi budjetdan tashqari jamgʻarmasi******”;

b) izoh qismi quyidagi mazmundagi oʻn ikkinchi — oʻn oltinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:

“****** Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi tomonidan:

“Tranzit karantin ruxsatnomasini olish uchun arizani koʻrib chiqishdan olinadigan toʻlovlarning 30 foizi Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetiga, 65 foizi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi budjetdan tashqari jamgʻarmasiga, 5 foizi Bojxona qoʻmitasining Maxsus jamgʻarmasiga;

transport birligini ochish dalolatnomasi rasmiylashtirilishidan olinadigan toʻlovlarning 30 foizi Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetiga, 65 foizi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi budjetdan tashqari jamgʻarmasiga, 5 foizi Bojxona qoʻmitasining Maxsus jamgʻarmasiga oʻtkaziladi;

chegara oʻtkazish punktlarida qoʻl yuki va 1000 kg gacha yuk ortilgan bir transport birligi uchun fitosanitariya sertifikati berishdan olinadigan toʻlovlarning 30 foizi Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetiga, 65 foizi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi budjetdan tashqari jamgʻarmasiga, 5 foizi Bojxona qoʻmitasining Maxsus jamgʻarmasiga oʻtkaziladi;

mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalarni ikkilamchi koʻrik oʻtkazish xizmatlaridan olinadigan toʻlovlarning 30 foizi Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetiga, 65 foizi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi budjetdan tashqari jamgʻarmasiga, 5 foizi Bojxona qoʻmitasining Maxsus jamgʻarmasiga oʻtkaziladi”.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-martdagi PF-57-son Farmoniga4-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim hujjatlari

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 8-iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasini tashkil qilish toʻgʻrisida”gi PF-1815-son Farmoni.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-noyabrdagi “Farmatsevtika tarmogʻini boshqarish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5229-son Farmonining 20-bandi.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi PF-5269-son Farmoniga ilovaning 2-bandi.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5414-son Farmoni.

5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-sentabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi PF-5547-son Farmoniga 1-ilovaning 3-bandi.

6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-noyabrdagi “Bojxona maʼmuriyatchiligini takomillashtirish va Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-5582-son Farmoni.

7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-martdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi PF-5971-son Farmoniga 1-ilovaning 5 va 8-bandlari.

8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-iyundagi “Bojxona maʼmuriyatchiligini isloh etish va Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PF-6005-son Farmoni.

9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-martdagi “Bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlarini ajratish orqali aholini uy-joy bilan taʼminlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-6186-son Farmoniga 6-ilovaning 2-bandi.

10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-sentabrdagi “Bojxona tartib-taomillarini soddalashtirish va davlat bojxona xizmati organlari tashkiliy tuzilmasini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PF-6310-son Farmoniga 2-ilovaning 1 — 5-bandlari.

11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi PF-67-son Farmoniga 1-ilovaning 7-bandi.

12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-apreldagi “Bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimi qoʻllanilishini soddalashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-115-son Farmoniga ilovaning 1-bandi.

13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi “Bojxona maʼmuriyatchiligini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-122-son Farmoniga 6-ilovaning 1 — 3-bandlari va 7-ilovaning 5-bandi.

14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 10-avgustdagi “Davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-1595-son qarori.

15. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-dekabrdagi “Xorijiy davlatlarda koʻrgazma tadbirlarini oʻtkazish uchun moʻljallangan tovarlarni olib chiqish tartibini soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3451-son qarorining 1-bandi.

16. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlarining faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-3665-son qarori.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.