Respublikada akkumulyator batareyalari ishlab chiqarish uchun xomashyo bazasini kengaytirish maqsadida:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-yil 4-martdagi “Rangli metallar parchalari va chiqindilari oʻgʻirlanishi hamda noqonuniy chetga olib chiqib ketilishining oldini olish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-2559-sonli Farmonining 4-bandi quyidagi soʻzlar bilan toʻldirilsin: “jismoniy shaxslardan ishlatib boʻlingan (kislotali-qoʻrgʻoshinli batareyalar) akkumulyatorlarni qabul qilib olish bundan mustasno”.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2005-yil 5-avgust,
PF-3643-son