PF-12-son Farmon · 02.06.1990

Musulmonlarning Saudiya Arabistoniga haj qilish uchun borishi toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-12
  • Qabul qilingan sana:02.06.1990
  • Kuchga kirgan sana:02.06.1990
  • Rasmiy nashr:Ведомости Верховного Совета 22—24

1. SSSR Prezidenti farmoyishini ijro etish yuzasidan Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston musulmonlari diniy boshqarmasining Oʻrta Osiyo regionida istiqomat qiluvchi 500 kishidan iborat bir guruh musulmonlarni 1990-yil 19-iyunidan 10-iyuligacha haj qiluvchilar sifatida Saudiya Arabistoniga yuborish toʻgʻrisidagi iltimosiga rozilik berilsin.

2. Oʻzbekiston Fuqaro aviatsiyasi boshqarmasi (oʻrtoq Rafiqov) haj qiluvchilarni kelishilgan marshrut boʻyicha Jidda shahriga (Saudiya Arabistoni) olib borib qoʻyish va olib kelishni taʼminlasin, ana shu maqsadlar uchun IL-86 va IL-62 samolyotlar ajratilib, ularni doimiy istiqomat joylariga yetkazib qoʻyishni ham taʼminlasin.

3. Oʻzbekiston SSR Ichki ishlar vazirligi (oʻrtoq Yoʻldoshev) ruxsatnomalar va qayd etish boʻlimi, Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi (oʻrtoq Azimov), Oʻzbekiston Respublika bojxonasi (oʻrtoq Tarasov), SSSR Vazirlar Kengashi huzuridagi Oʻzbekiston SSR boʻyicha diniy ishlar kengashi bilan birgalikda tegishli yoʻl hujjatlarining jadal rasmiylashtirilishini taʼminlasinlar.

4. Oʻzbekiston SSR Sogʻliqni saqlash vazirligi (oʻrtoq Bahromov) haj qiluvchilarga zarur dori-darmonlar ajratib, haj joylarda boʻlish davrida ularga malakali tibbiy xizmat koʻrsatilishini taʼminlasin.

5. Oʻzbekiston SSR Savdo vazirligi (oʻrtoq Usmonov) Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston musulmonlari diniy boshqarmasi bilan birgalikda yodgorlik buyumlari, esdalik sovgʻalari xarid etishda haj qiluvchilarga koʻmaklashsin.

6. Toshkent shahar ijroiya komiteti (oʻrtoq Shoabdurahimov) musulmonlar diniy boshqarmasining talabnomasiga koʻra haj qiluvchilar joʻnab ketishi oldidan va Saudiya Arabistonidan qaytganidan keyin ularning Toshkent shahridagi mehmonxonalarda joylashtirilishini taʼminlasin.

Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Jumhuriyatining Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

1990-yil 2-iyun,

PF-12-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.