PF-13-son Farmon · 11.06.1990

Oʻzbekiston SSJ Vazirlar Kengashi huzurida xomashyo va yengil sanoat mahsulotlari taʼminoti hamda ularni sotish bosh boshqarmasi “Oʻzglavlegsnabsbit”ni tashkil etish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-13
  • Qabul qilingan sana:11.06.1990
  • Kuchga kirgan sana:11.06.1990
  • Rasmiy nashr:Ведомости Верховного Совета 22—24

Oʻzbekiston SSJning iqtisodiy mustaqilligini va suveren huquqlarini mustahkamlashga oid aniq tadbirlarni amalga oshirish, jumhuriyat hududida yetishtiriladigan paxta, pilla, ipak, qorakoʻl, sunʼiy va sintetik tolalar hamda boshqa mahsulotlarni sotishda uning manfaatlari himoya qilinishini taʼminlash, shuningdek yengil sanoat korxonalarini xomashyo materiallari va butlovchi buyumlar bilan yanada barqaror taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston SSJ Vazirlar Kengashi huzurida xoʻjalik hisobidagi Xom ashyo va yengil sanoat mahsulotlari taʼminoti hamda ularni sotish Bosh boshqarmasi (“Uzglavlegsnabsbit”) tashkil etilsin.

Oʻzbekiston SSJ Vazirlar Kengashi ushbu masala yuzasidan tegishli qaror qabul qilsin.

Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Jumhuriyatining Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

1990-yil 11-iyun,

PF-13-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.