PF-140-son Farmon · 21.08.2025

Sudlar faoliyatiga sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etish orqali odil sudlovga erishish darajasini oshirish hamda sud tizimining moddiy-texnik taʼminotini yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-140
  • Qabul qilingan sana:21.08.2025
  • Kuchga kirgan sana:23.08.2025
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 06/25/140/0771

Sudlar faoliyatiga sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, raqamlashtirish ishlarini izchil davom ettirish, sudlarning moddiy-texnik taʼminotini yaxshilash, shuningdek, “Raqamli Oʻzbekiston — 2030” strategiyasida belgilangan maqsad va vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida qaror qilaman:

I. Maqsadlar

1. Sudlar faoliyatiga sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etish hamda raqamlashtirish jarayonlarini jadallashtirish, shuningdek, sudlarda fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratib berishning kelgusi yillardagi ustuvor maqsadlari etib quyidagilar belgilansin:

(a) sud ishlarini yuritishda qogʻoz shaklidan voz kechish maqsadida “Raqamli sud” konsepsiyasi asosida ishlarning yuritilishini bosqichma-bosqich toʻliq elektron shaklga oʻtkazish;

(b) fuqarolar va tadbirkorlik subyektlariga koʻrsatiladigan interaktiv elektron xizmatlar turlarini oshirib borish, sud hujjatlaridan nusxa olish, sud ishlari bilan tanishish, arizaning sudga taalluqliligi va sudlovga tegishliligini aniqlash, sunʼiy intellekt yordamida sud xarajatlarini hisoblash imkoniyatini yaratish, shuningdek, sud tomonidan taqiqlangan manba va kontentlarning elektron reyestrini yuritish;

(v) sudlar faoliyatiga sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etish uchun zarur texnik infratuzilma yaratish, shuningdek, ushbu yoʻnalishdagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish boʻyicha choralar koʻrish;

(g) Oliy sudning axborot tizimlari negizida sud hujjatlari arxivi modulini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish;

(d) sudlar faoliyatini raqamlashtirish boʻyicha “Kiber huquq” yoʻnalishida ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish, shuningdek, sudyalar va sud apparati xodimlarining raqamli savodxonligi va malakasini doimiy oshirib borish;

(j) iqtisodiy sudlar tuzilmasini optimallashtirish orqali ularning faoliyati samaradorligini oshirish va yagona sud amaliyotini shakllantirish;

(z) “Raqamli sud” konsepsiyasi asosida bosqichma-bosqich sud majlisi zallarini tashkil etish hamda aholi va sudyalar uchun qulay va zamonaviy shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, sudyalar va sud xodimlarining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish.

II. Sudlar faoliyatiga “Raqamli sud” konsepsiyasini joriy etish

2. Oliy sud, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligining sudlar faoliyatiga sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etish va raqamlashtirish jarayonlarini jadallashtirishga qaratilgan “Raqamli sud” konsepsiyasini bosqichma-bosqich amalga oshirish haqidagi taklifiga rozilik berilsin.

3. Fuqarolar va tadbirkorlik subyektlariga qulayliklar yaratish hamda sud ishlarini koʻrishni soddalashtirish maqsadida belgilansinki, “Raqamli sud” konsepsiyasini amalga oshirish doirasida:

(a) sudga ariza berishdan oldin sunʼiy intellekt yordamida sud muhokamasining taxminiy natijasi hamda sarflanadigan xarajatlar shakllantiriladi;

(b) murojaatlar sudga elektron shaklda yuboriladi;

(v) ishda ishtirok etuvchi shaxslar sud binosiga tashrif buyurmaydi va sud muhokamalarida masofadan turib ishtirok etadi;

(g) taraflar va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga sud jarayonlarida ishga doir barcha materiallar bilan elektron shaklda tanishish imkoniyati yaratiladi;

(d) sud xarajatlari elektron shaklda hisoblanadi va toʻlanadi, shuningdek, ijro varaqalari avtomatik ravishda ijroga yuboriladi;

(j) sud ishlari zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda toʻliq elektron tarzda yuritiladi;

(z) sunʼiy intellekt yordamida sud majlisi bayonnomalari real vaqt rejimida matn shaklida tayyorlanadi;

(i) sud hujjatlari loyihalari avtomatik shakllantiriladi.

4. 2025-yil yakuniga qadar, tajriba tariqasida Toshkent shahrida “Raqamli sud” konsepsiyasi asosida iqtisodiy, fuqarolik va maʼmuriy nizolarni koʻrishga moʻljallangan sud majlisi zallari tashkil etilsin.

5. Oliy sud:

(a) ikki oy muddatda “Raqamli sud” konsepsiyasi doirasida koʻriladigan nizolar boʻyicha ishlar toifasini tasdiqlasin;

(b) tajriba natijalari asosida “Raqamli sud” konsepsiyasini 2026 — 2027-yillarda bosqichma-bosqich respublikaning barcha sudlarida tatbiq etsin.

III. Sud sohasini raqamlashtirishning istiqboldagi rejalari

6. Quyidagilarni nazarda tutuvchi 2025 — 2027-yillarga moʻljallangan sud sohasini raqamlashtirish va odil sudlov jarayonlariga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish dasturi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:

(a) 2025-yil 1-dekabrdan boshlab fuqarolar, advokatlar, yuristlar, sudyalar uchun normativ-huquqiy hujjatlarni tahlil qilish platformasini ishga tushirish;

(b) 2025-yil yakuniga qadar sud hujjatlarini avtomatik tayyorlash maxsus axborot dasturini yaratish;

(v) 2026-yil 1-yanvardan boshlab “my.sud.uz” interaktiv xizmatlar portalida fuqarolarga huquqiy yordam koʻrsatish modulini joriy etish, bunda sunʼiy intellekt asosida ishlaydigan virtual maslahatchini yaratish, huquqiy murojaatlarga javob berish hamda sud maʼlumotlarini avtomatik yetkazish;

(g) 2026-yil 1-martdan boshlab fuqarolik, maʼmuriy, iqtisodiy va maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha dastlabki sud maʼlumotlarini fuqarolarga Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali olish imkoniyatini yaratish;

(d) 2026-yil yakuniga qadar fuqarolarga odil sudlovga erishishda qulay imkoniyatlar yaratish maqsadida 5 ta yangi interaktiv xizmatlarni yoʻlga qoʻyish, shuningdek, sudning axborot tizimidagi “Shaxsiy kabinet” platformasining foydalanuvchilar uchun yanada qulay boʻlgan yangi versiyasini ishlab chiqish.

IV. Raqamli texnologiyalarni joriy etish orqali sud ishlarini yuritish samaradorligini oshirish

7. Oliy sud 2025-yil yakuniga qadar:

(a) Bosh prokuratura va Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda sanksiyalar va majburlov choralari boʻyicha sudlarga kiritiladigan iltimosnomalarni elektron shaklda yuritish maqsadida Oliy sud axborot tizimlari bilan tergov organlarining axborot tizimlari oʻrtasida elektron maʼlumotlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish;

(b) Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda sudlar tomonidan maʼmuriy huquqbuzarlik uchun qoʻllanilgan barcha jarimalarni onlayn kuzatish, ularning toʻlov muddatlari haqida ogohlantirish va toʻlovlarni elektron amalga oshirish imkonini beruvchi mobil dasturni ishlab chiqish;

(v) Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda sudda ishtirok etuvchi shaxslardan ortiqcha maʼlumotlar talab etilishiga chek qoʻyish maqsadida “Raqamli hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasida mavjud maʼlumotlarni sudlarning axborot tizimlari bilan toʻliq integratsiya qilish choralarini koʻrsin.

8. Vazirlar Mahkamasi (A. Aripov) 2025-yil 1-oktabrga qadar maʼmuriy jazo qoʻllash vakolatiga ega vazirlik va idoralar tomonidan maʼmuriy ish bilan bogʻliq boʻlgan barcha hujjatlarni Ichki ishlar vazirligining “E-maʼmuriy ish” axborot tizimi orqali sudlarga toʻliq elektron shaklda taqdim etib borish tartibini yoʻlga qoʻysin.

9. Oliy sudning Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va axborot xavfsizligini taʼminlash boshqarmasi negizida Raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellekt departamenti (keyingi oʻrinlarda — Departament) tashkil etilsin.

10. Raqamli texnologiyalar vazirligi va “Davlat axborot tizimlarini yaratish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yagona integrator — “UZINFOCOM” MCHJ hamda Departament sudlar faoliyatiga “Raqamli sud” konsepsiyasini bosqichma-bosqich joriy etish uchun masʼul etib belgilansin.

Raqamli texnologiyalar vazirligi 2025 — 2027-yillarga moʻljallangan sud sohasini raqamlashtirish va odil sudlov jarayonlariga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish dasturi doirasida raqamli transformatsiya jarayonlarini samarali tashkil etish va amalga oshirishda Departamentga har tomonlama amaliy yordam koʻrsatsin.

V. Sunʼiy intellekt texnologiyalarini samarali tatbiq etish choralari

11. “UZINFOCOM” MCHJ sudlar faoliyatiga raqamli texnologiyalar va dasturiy mahsulotlarni joriy etish boʻyicha yagona integrator funksiyasini (keyingi oʻrinlarda — Yagona integrator) bajaradi.

Yagona integratorning vazifalari quyidagicha etib belgilansin:

(a) ilgʻor xalqaro tajriba asosida sud tizimida biznes jarayonlarini raqamlashtirish;

(b) “Raqamli sud” axborot tizimlarining yagona kompleksini joriy etish va qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, ularning boshqa davlat organlarining axborot tizimlari bilan integratsiyasini taʼminlash;

(v) sud sohasida raqamli texnologiyalar va kommunikatsiyalar siyosati va standartlarini joriy etish.

12. Quyidagilarga:

(a) sudlar faoliyatiga raqamli texnologiyalar va dasturiy mahsulotlarni joriy etish xarajatlarini Sud hokimiyati organlarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtirishga ruxsat berilsin;

(b) Yagona integratorga Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parkining rezidenti maqomini saqlab qolgan holda, istisno tariqasida, sudlar faoliyati uchun apparat va dasturiy komplekslarni, axborot tizimlarini, muhandislik infratuzilmasini, shuningdek, ushbu maqsadlar uchun uskunalar, butlovchi qismlar, texnologik hujjatlar va dasturiy taʼminotni yetkazib berish huquqi berilsin;

(v) Oliy sudga:

(i) loyiha va texnik hujjatlarni tayyorlash, dasturiy-apparat komplekslari, avtomatlashtirilgan axborot tizimlari, dasturiy mahsulotlar va muhandislik infratuzilmalarini ishlab chiqish, shuningdek, ushbu maqsadlar uchun uskunalar, butlovchi qismlar, texnologik hujjatlar va dasturiy taʼminotni yetkazib berish boʻyicha Yagona integrator bilan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma tuzish;

(ii) dasturiy-apparat komplekslari, axborot tizimlari, dasturiy mahsulotlar va muhandislik infratuzilmasi boʻyicha loyihalarni amalga oshirish doirasida uskunalar, butlovchi qismlar, texnologik hujjatlar va dasturiy taʼminotni yetkazib berish va tegishli xizmatlar koʻrsatish boʻyicha Yagona integrator bilan tuzilgan shartnomalar boʻyicha oldindan toʻlovni amalga oshirish huquqi berilsin.

VI. Iqtisodiy sudlar tuzilmasini maqbullashtirish

13. Oliy sud, Sudyalar oliy kengashi va Savdo-sanoat palatasining 2026-yil 1-yanvardan boshlab iqtisodiy sudlar tizimida quyidagi tashkiliy-tuzilmaviy oʻzgarishlarni amalga oshirish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin:

(a) iqtisodiy sudlarni maqbullashtirish orqali tumanlararo, tuman, shahar iqtisodiy sudlarini tugatish;

(b) Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar markazlari va Toshkent shahrida tumanlararo iqtisodiy sudlar faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

VII. Sudlarning moddiy-texnika bazasini yaxshilash hamda sudyalar va sud xodimlarining ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirish

14. 2025 — 2030-yillarda sud binolarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash boʻyicha chora-tadbirlar rejasi (keyingi oʻrinlarda — chora-tadbirlar rejasi) 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.

* 2-ilova berilmaydi.

Bunda yangi sud binolarini qurishda va mavjudlarini mukammal taʼmirlashda “Raqamli sud” konsepsiyasi asosida sud majlisi zallarini tashkil etish hamda aholi va sudyalar uchun qulay va zamonaviy shart-sharoitlar yaratishga alohida eʼtibor qaratilsin.

15. Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Oliy sud bilan kelishilgan holda yangi sud binolarini qurish uchun belgilangan tartibda yer ajratish choralarini koʻrsin.

16. Oliy sud Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga sud binolarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash ishlarini 2025 — 2030-yillar davomida hududlar va har bir obyekt kesimida amalga oshirish boʻyicha manzilli dasturni (keyingi oʻrinlarda — manzilli dastur) tasdiqlashni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini kiritsin.

17. Belgilab qoʻyilsinki:

(a) 2026-yildan boshlab manzilli dastur doirasida qurish-taʼmirlash ishlari olib boriladigan sud binolarining loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va tender savdolarini oʻtkazish har yili avgust oyidan boshlanadi;

(b) 2026-yil manzilli dasturi doirasida obyektlarning loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish uchun mablagʻlar joriy yilda Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti va Sud hokimiyati organlarini rivojlantirish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) hisobidan ajratiladi;

(v) 2025-yilda qoʻshimcha ajratiladigan mablagʻlar “2025-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonuniga belgilangan tartibda oʻzgartirish kiritilgunga qadar Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti xarajatlari sifatida aks ettirib boriladi.

18. Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (Sh. Xidoyatov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov) hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar chora-tadbirlar rejasida belgilangan vazifalar ijrosini oʻz vaqtida va sifatli bajarish uchun Oliy sudga har tomonlama koʻmaklashsin.

VIII. Moliyaviy resurslar

19. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Oliy sudning asoslangan hisob-kitoblariga asosan:

(a) chora-tadbirlar rejasida nazarda tutilgan xarajatlar uchun 2-ilovaga* muvofiq 2025-yilda Davlat budjetidan qoʻshimcha mablagʻlar ajratsin;

(b) 2025-yilda Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlarning oʻzlashtirilmagan qismini 2026-yilda foydalanish uchun Jamgʻarma hisobiga yoʻnaltirsin.

20. Belgilansinki, 2026 — 2030-yillar uchun manzilli dasturda koʻzda tutilgan xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetiga tushayotgan summalarining Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Oliy sud tomonidan kelishilgan miqdorlarda Jamgʻarmaga yoʻnaltirilgan mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi.

Bunda 2026 — 2030-yillar davomida Jamgʻarma tushumlari yillik belgilangan prognozlardan ortiqcha tushgan mablagʻlar manzilli dasturni keyingi yilda moliyalashtirish uchun inobatga olinadi.

IX. Farmon ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat qilish

21. 2025 — 2030-yillarda sud sohasini raqamlashtirish hamda sud binolarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash ishlarini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika va hududiy ishchi komissiyalar 3 va 3a-ilovalarga muvofiq tarkibda tashkil etilsin.

Respublika ishchi komissiyasi (A. Aripov):

(a) mazkur Farmonda belgilangan chora-tadbirlar va topshiriqlar bajarilishini taʼminlash boʻyicha qatʼiy nazorat oʻrnatsin hamda bu borada hududiy ishchi komissiyalar faoliyatini muvofiqlashtirib borsin;

(b) hududiy ishchi komissiyalar bilan birgalikda hududlar kesimida amalga oshirilayotgan ishlarni muntazam ravishda tanqidiy muhokama qilib, kamchiliklarga yoʻl qoʻygan masʼul rahbarlarga choralar koʻrib borsin;

(v) Farmon ijrosi boʻyicha amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot kiritib borsin.

22. Oliy sud Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi va Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda mazkur Farmonning mazmun-mohiyatini aholi va tadbirkorlik subyektlari orasida keng yoritib borish choralarini koʻrsin.

23. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 4-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.

24. Mazkur Farmonning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Oliy sud raisi B.D. Islamov belgilansin.

25. Farmon ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining sud tizimini isloh qilish boʻyicha oʻrinbosari N.J. Xakimova zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2025-yil 21-avgust,

PF-140-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-avgustdagi PF-140-son Farmoniga1-ILOVA

2025 — 2027-yillarga moʻljallangan sud sohasini raqamlashtirish va odil sudlov jarayonlariga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish

Izoh: loyihalarning baho qiymati loyiha hujjatlari tayyorlangandan va tasdiqlangandan, tender (tanlov) savdolari oʻtkazilgandan keyin aniqlanadi.

Chora-tadbirlarni moliyalashtirish mazkur farmon bilan 2025-yilda sud tizimining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash xarajatlari uchun qoʻshimcha ajratilgan mablagʻlar hisobidan xamda xalqaro moliya institutlari va donor tashkilotlarning texnik yordam mablagʻlari va grantlari, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan ham amalga oshirilishi mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-avgustdagi PF-140-son Farmoniga3-ILOVA

2025 — 2030-yillarda sud sohasini raqamlashtirish hamda sud binolarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash ishlarini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika ishchi komissiyasining

Izoh: Respublika ishchi komissiyasi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklatilgan shaxslar kiritiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-avgustdagi PF-140-son Farmoniga3a-ILOVA

2025 — 2030-yillarda sud sohasini raqamlashtirish hamda sud binolarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash ishlarini muvofiqlashtirish boʻyicha hududiy ishchi komissiyaning

Izoh: Hududiy ishchi komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklatilgan shaxslar kiritiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-avgustdagi PF-140-son Farmoniga4-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-4966-son Farmonining 5 va 6-ilovalari quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-fevraldagi PF-4966-son Farmoniga5-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini taʼminlash departamenti markaziy apparatining

Izoh:

Jami boshqaruv xodimlarining cheklangan soni — 91 birlikni, shundan markaziy apparatda — 21 tani, hududiy boʻlimlarda — 70 tani tashkil etadi.

Yordamchi xodimlar shtat birliklari soni oʻrnatilgan meʼyorlar asosida aniqlanadi”;

“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-fevraldagi PF-4966-son Farmoniga6-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini taʼminlash departamenti Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boʻlimlarining

Boshqaruv xodimlari soni 5 birlikni tashkil etadi”.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-iyuldagi “Sud-huquq tizimini yanada takomillashtirish va sud hokimiyati organlariga ishonchni oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5482-son Farmonida:

a) 3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Sudyalar oliy kengashi va Iqtisodiyot va moliya vazirligining sudlarga murojaat etishda davlat bojlarini toʻlash boʻyicha amaldagi imtiyozlar va davlat bojlari stavkalarini qayta koʻrib chiqish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin”;

b) 5-bandning toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Bunda Oliy sud matbuot xizmati rahbari, Sudyalar oliy maktabi direktori va uning oʻrinbosariga alohida mehnat sharoitlari uchun ustama toʻlanmaydi”.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-iyuldagi “Sudlar faoliyatini yanada takomillashtirish va odil sudlov samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-6034-son Farmonida:

a) 1, 2, 4 va 9-ilovalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-iyuldagi PF-6034-son Farmoniga1-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining

Izoh:

Jami boshqaruv xodimlari shtat birliklari soni — 229 ta , shu jumladan sudyalar — 73 ta .

Yordamchi shtat birliklari soni oʻrnatilgan meʼyorlar asosida aniqlanadi”;

“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-iyuldagi PF-6034-son Farmoniga2-ILOVA

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar umumyurisdiksiya sudlarining

Izoh:

Jami boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni — 962 birlikni, shundan sudyalar — 387 tani tashkil etadi.

Yordamchi xodimlar shtat birliklari soni oʻrnatilgan meʼyorlar asosida aniqlanadi”;

“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-iyuldagi PF-6034-son Farmoniga4-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudining

Izoh:

Jami boshqaruv xodimlarining cheklangan soni — 19 birlikni, shundan sudyalar soni — 7 tani tashkil etadi.

Yordamchi xodimlar shtat birliklari soni oʻrnatilgan meʼyorlar asosida aniqlanadi”;

“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-iyuldagi PF-6034-son Farmoniga9-ILOVA

Tumanlararo iqtisodiy sudlarining

Izoh:

Jami boshqaruv xodimlarining soni — 14 — 42 birlikni, shundan sudyalar soni — 6 — 20 tani tashkil etadi.

Tumanlararo iqtisodiy sudlar boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni — 324 birlikni, shundan sudyalar soni — 148 tani tashkil etadi.

Yordamchi xodimlar shtat birliklari soni oʻrnatilgan meʼyorlar asosida aniqlanadi”

b) 11-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-yanvardagi “Sud organlari faoliyatini moliyalashtirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6134-son Farmonida:

a) 3-ilovada:

“Boshqarma boshligʻi, Departament direktorining oʻrinbosari, bosh buxgalter” pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Rais maslahatchisi, boʻlim boshligʻi, Oliy sud Plenumi va Rayosati kotibiyati boshligʻi, malaka hayʼati kotibiyati boshligʻi” pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 23-avgustdagi “Sudlar va adliya organlari faoliyatini moddiy-texnik va moliyaviy taʼminlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PQ-3240-son qarorida:

a) 2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“2. Belgilansinki, quyidagilar Sud hokimiyati organlarini rivojlantirish jamgʻarmasi daromadlarini shakllantirish manbalari hisoblanadi:

jinoiy, fuqarolik, maʼmuriy, iqtisodiy va harbiy sudlar tomonidan koʻrib chiqiladigan ishlar boʻyicha davlat bojlari toʻlashdan Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetiga tushayotgan summalarning 5 foizi miqdoridagi ajratmalar;

jinoiy, fuqarolik, maʼmuriy, iqtisodiy va harbiy sudlar tomonidan koʻrib chiqiladigan ishlar boʻyicha jarimalar toʻlashdan Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetiga tushayotgan summalarning 5 foizi miqdoridagi ajratmalar;

ijro ishi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetiga undirilgan summaning 5 foizi miqdoridagi ajratmalar, qarzdorning mol-mulkini sotish hisobiga soliq qarzdorligini undirish bundan mustasno.

Bunda yuqorida koʻrsatib oʻtilgan ajratmalar miqdori haqiqiy tushum va xarajatlarni inobatga olib, 2026-yil 1-yanvardan 2030-yil 31-dekabrga qadar har yili Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan kelishilgan miqdorlarda belgilanadi. Belgilangan miqdorlardan ortiqcha tushgan mablagʻlar kelgusi yil dastur xarajatlarini moliyalashtirishda inobatga olinadi;

vaqtincha boʻsh turgan mablagʻlarni tijorat banklarining depozitlariga joylashtirishdan tushadigan daromadlar;

qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa daromadlar”;

b) 1-ilovada:

2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“2. Jamgʻarma mablagʻlari:

jinoiy, fuqarolik, maʼmuriy, iqtisodiy va harbiy sudlar tomonidan koʻrib chiqiladigan ishlar boʻyicha davlat bojlari toʻlashdan Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetiga tushayotgan summalarning 5 foizi miqdoridagi ajratmalar;

jinoiy, fuqarolik, maʼmuriy, iqtisodiy va harbiy sudlar tomonidan koʻrib chiqiladigan ishlar boʻyicha jarimalar toʻlashdan Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetiga tushayotgan summalarning 5 foizi miqdoridagi ajratmalar;

ijro ishi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetiga undirilgan summadan 5 foiz miqdoridagi ajratmalar, qarzdorning mol-mulkini sotish hisobiga soliq qarzdorligini undirish bundan mustasno.

Bunda yuqorida koʻrsatib oʻtilgan ajratmalar miqdori haqiqiy tushum va xarajatlar miqdorlarini inobatga olib, 2026-yil 1-yanvardan 2030-yil 31-dekabrga qadar har yili Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan kelishilgan miqdorlarda belgilanadi. Belgilangan miqdorlardan ortiqcha tushgan mablagʻlar kelgusi yil dastur xarajatlarini moliyalashtirishda inobatga olinadi;

vaqtincha boʻsh turgan mablagʻlarni tijorat banklarining depozitlariga joylashtirishdan tushadigan daromadlar;

qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa daromadlar hisobiga shakllantiriladi”;

3-bandda:

beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“sudlar, Sudyalar oliy kengashi sudyalari va apparatlari xodimlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini taʼminlash departamenti va uning hududiy boʻlimlari xodimlariga lavozim okladining bir baravari miqdorida (alohida sharoitlarini inobatga olinmagan holda) yilda beshta bayramlarga mukofot puli toʻlashga, sud organlari xodimlarini ijtimoiy muhofaza qilishga (uy-joy qurish va (yoki) sotib olish, sanatoriya-kurort va tibbiy xizmat koʻrsatish);

quyidagi mazmundagi oʻn ikkinchi — oʻn beshinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:

“Oliy sud va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini taʼminlash departamentining yuqori malakali, tashabbuskor, xizmat majburiyatlarini halol va samarali bajarayotgan sudyalari va xodimlariga oylik mehnatga haq toʻlash fondining 100 foizigacha miqdorda ustama (pul taʼminoti) toʻlashga;

sudlar, Sudyalar oliy kengashi sudyalari va apparatlari xodimlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini taʼminlash departamenti va uning hududiy boʻlimlari texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlariga lavozim maoshlariga 40 foizgacha har oylik ustama (pul taʼminoti) toʻlashga;

Sudyalar oliy kengashi, Oliy sud, quyi sudlar sudyalari va ularning apparati xodimlari, Oliy sud huzuridagi Sudlar faoliyatini taʼminlash departamenti va uning hududiy boʻlimlari xodimlariga lavozim okladining bir baravari miqdorida (alohida mehnat sharoitlari inobatga olinmagan holda) yilda bir marta moddiy yordam toʻlashga;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi hujjatlari bilan belgilangan ustama va boshqa toʻlovlarni toʻlashga”;

oʻn ikkinchi xatboshi oʻn oltinchi xatboshi deb hisoblansin.

6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining “2023-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-471-son qarori 16-bandining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“2023-yil 1-yanvardan boshlab soliqlar, majburiy yigʻimlar, bojlar va jarimalar hisobidan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalariga kelib tushgan mablagʻlarning hamda mazkur jamgʻarmalarning boʻsh turgan mablagʻlarini tijorat banklariga joylashtirishdan olingan daromadlarning 40 foizi har oy yakunlari boʻyicha keyingi oyning 5-sanasiga qadar Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetiga oʻtkaziladi, bundan Sud hokimiyati organlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga kelib tushgan mablagʻlar mustasno”.

7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-maydagi “Raqamli xizmatlar qamrovi va sifatini oshirish hamda soha, tarmoq va hududlarni raqamli transformatsiya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-162-son qarorida:

a) 4-ilovaning 56-pozitsiyasi chiqarib tashlansin;

b) 4a-ilovaning 56-pozitsiyasi chiqarib tashlansin;

v) 6-ilovaning 33 va 34-pozitsiyalari “Maʼlumot va hujjatlarni taqdim etuvchi idora” ustunidagi “Oliy sud” soʻzlari “Ichki ishlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.

8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining “2025-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-455-son qarorining 17-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“17. Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasi 2025-yil 1-yanvardan boshlab davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalariga majburiy yigʻimlar, bojlar va jarimalar hisobidan kelib tushgan mablagʻlarning hamda mazkur jamgʻarmalarning boʻsh turgan mablagʻlarini tijorat banklariga joylashtirishdan olingan daromadlarning 40 foizini Iqtisodiyot va moliya vazirligining axborot tizimida avtomatik tarzda Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetiga oʻtkazsin, bundan Sud hokimiyati organlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga kelib tushgan mablagʻlar mustasno”.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.