“Oʻzbekiston — 2030” strategiyasi ijrosini taʼminlash, shuningdek, davlat boshqaruvida ortiqcha byurokratik toʻsiqlar, murakkablashgan tartibotlar va eskirgan yondashuvlarni bartaraf etish hamda davlat xizmatlarini koʻrsatishni yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan islohotlarni izchil davom ettirish maqsadida qaror qilaman:
I. Maqsadlar
1. Ushbu Farmonni qabul qilishdan koʻzlangan asosiy maqsadlar etib quyidagilar belgilansin:
(a) 2028-yilga qadar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va davlat xizmatlari markazlari orqali taqdim etiladigan xizmatlar sonini 900 taga yetkazish;
(b) proaktiv davlat xizmatlari sonini 53 taga hamda kompozit davlat xizmatlarini 74 taga yetkazish;
(v) byurokratik tartib-taomillarni qisqartirish, davlat xizmatlarini raqamlashtirish, sohaga sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy qilish orqali yiliga aholining 47 milliard soʻm mablagʻlarini tejash hamda maʼmuriy xarajatlarni 80 milliard soʻmga qisqartirish;
(g) fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari hamda aholi gavjum joylarni bosqichma-bosqich 1100 ta interaktiv kiosklar bilan taʼminlash orqali 49 milliard soʻm maʼmuriy xarajatlarni tejash.
II. Davlat xizmatlarini koʻrsatishda talab qilinadigan hujjatlar sonini qisqartirish, jarayonlarni soddalashtirish va tezlashtirish
2. 2025-yil 1-dekabrdan boshlab idoralararo axborot almashinuvini yoʻlga qoʻyish orqali quyidagilar bekor qilinsin:
(a) nikohni rasmiylashtirishda FHDY organlari tomonidan nikohlanuvchi shaxslardan tibbiy koʻrik natijalarini taqdim qilish talabi;
(b) nikohdan sud qarori asosida ajratilganda nikohdan ajralganlik haqidagi dalolatnoma yozuvini shakllantirish uchun FHDY organlari tomonidan nikohdan ajratilgan shaxslardan sud qarorining talab qilinishi. Bunda:
(i) nikohdan ajralganlik haqidagi dalolatnoma yozuvi sud joylashgan joydagi tuman (shahar) FHDY organi tomonidan “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimida avtomatik ravishda shakllantiriladi hamda sud qarori nusxasi nikohdan ajralganlik toʻgʻrisidagi guvohnomaga tenglashtiriladi;
(ii) nikoh bekor qilinganligini qayd etganlik uchun undiriladigan davlat boji sudning qaroriga asosan er-xotinning har ikkalasidan yoki ularning biridan belgilangan tartibda Majburiy ijro byurosining tuman (shahar) boʻlimlari tomonidan undiriladi;
(v) chaqiriluvchilar va harbiy xizmatga majburlarning turar joyi, oʻqish joyi, ish joyi va lavozimidagi oʻzgarishlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tegishli mudofaa organlariga taqdim qilish majburiyati;
(g) avtomototransport vositasining roʻyxatdan oʻtganlik guvohnomasida avtomototransport vositasi mulkdorining manzilini koʻrsatish talabi.
3. Quyidagilar:
(a) 2026-yil 1-yanvardan ayrim turdagi maʼlumot va hujjatlarni “Raqamli hukumat” tizimi orqali taqdim etishga masʼul davlat organlari va tashkilotlar roʻyxati 1-ilovaga muvofiq;
(b) Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida jismoniy shaxsning oʻziga tegishli boʻlgan va real vaqt rejimida taqdim etiladigan shaxsga doir maʼlumotlar roʻyxati 2-ilovaga muvofiq;
(v) Davlat xizmatlari markazlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali bosqichma-bosqich joriy etiladigan davlat xizmatlari roʻyxati 3-ilovaga muvofiq;
(g) Tezlashtirilgan tartibda koʻrsatiladigan qoʻshimcha davlat xizmatlari roʻyxati 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Belgilansinki:
(a) davlat organlari va tashkilotlari tomonidan:
(i) 2026-yil 1-yanvardan boshlab ushbu Farmonga 1-ilovaga muvofiq maʼlumot va hujjatlarni aholidan, shu jumladan, tadbirkorlik subyektlaridan talab qilish taqiqlanadi;
(ii) davlat xizmatlarini koʻrsatishda, ishga qabul qilish jarayonida va boshqa maʼmuriy tartib-taomillarni amalga oshirishda mazkur maʼlumot va hujjatlar “Raqamli hukumat” tizimi orqali ushbu Farmonga 1-ilovada belgilangan davlat organlari va tashkilotlardan mustaqil ravishda olinadi;
(iii) ushbu Farmonga 1- va 2-ilovalarda nazarda tutilgan maʼlumot va hujjatlarni aholidan talab qilish davlat xizmatlarini koʻrsatish sohasidagi qonunchilik hujjatlari talablarini buzish deb hisoblanadi;
(b) qonunchilik hujjatlariga asosan tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar davlat xizmatlarini koʻrsatish funksiyalari yuklatilgan tashkilotlar “Raqamli hukumat” tizimi doirasida maʼlumotlardan bepul foydalanadi.
5. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2025-yil 1-noyabrdan boshlab:
(a) Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi oʻrinlarda — Yagona portal) jismoniy shaxslarning ushbu Farmonga 2-ilovaga muvofiq shaxsga doir maʼlumotlari ularning shaxsiy kabineti orqali real vaqt rejimida taqdim etiladi. Bunda:
(i) jismoniy shaxsning Yagona portaldagi shaxsga doir maʼlumotlari ularning qogʻoz shakliga tenglashtiriladi;
(ii) ushbu maʼlumotlar Yagona portalning mobil ilovasidan foydalangan holda koʻrsatilganda davlat organlari va tashkilotlari tomonidan mazkur maʼlumotlarning qogʻoz shaklini talab qilish taqiqlanadi;
(b) davlat xizmatlari markazlariga kelib murojaat qilinganda pensionerlarga, homilador ayollarga va uch yoshga toʻlmagan bolasi bilan kelgan fuqaroga davlat xizmatlaridan navbatsiz foydalanish boʻyicha imtiyoz beriladi;
(v) jismoniy shaxslarni yagona identifikatsiya tizimidan (OneID) roʻyxatdan oʻtkazishda muqobil tarzda shaxsni biometrik identifikatsiya qilish (Face ID) tartibi yoʻlga qoʻyiladi;
(g) avtomototransport vositasi mulkdorining maʼlumotlari oʻzgarganda mulkdorning xohishiga koʻra avtomototransport vositasini davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha ariza kompozit tarzda FHDY organi yoki davlat xizmatlari markazi tomonidan ichki ishlar organlariga yuboriladi;
(d) davlat xizmatlari markazlariga Yagona portal orqali joriy etilgan barcha davlat xizmatlari boʻyicha aholi va tadbirkorlik subyektlariga xizmat koʻrsatish huquqi beriladi;
(j) Yagona portal, davlat xizmatlari markazlari va “Litsenziya” axborot tizimi orqali berilgan arizalar asossiz rad etilganda fuqarolarning murojaatlari va adliya organlarining tegishli xulosasiga asosan davlat xizmati uchun undirilgan davlat bojlari, yigʻimlar va boshqa har qanday toʻlovlarning vakolatli organlarga yoʻnaltirilgan qismi ular tomonidan fuqarolarga qaytarib beriladi.
III. Davlat xizmatlarini koʻrsatish infratuzilmasini yaxshilash
6. Belgilab qoʻyilsinki:
(a) aholi gavjum joylar hamda mahallalar bosqichma-bosqich 1100 ta interaktiv kiosklar bilan taʼminlanadi. Bunda:
(i) Adliya vazirligi olti oy muddatda 600 ta interaktiv kiosklarni Adliya vazirligining budjetdan tashqari Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan xarid qilish choralarini koʻradi;
(ii) Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 19-maydagi PQ-2979-son qarori asosida Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining kredit mablagʻlarini maqbullashtirish evaziga 2025-yilda 2 mln AQSH dollari miqdoridagi kredit mablagʻlarini Adliya vazirligiga 500 ta interaktiv kiosklarni sotib olish uchun 5 yil muddatga, shundan 2 yillik imtiyozli davr bilan yillik 2 foiz stavkada ajratadi;
(iii) Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasidan ajratilgan kredit mablagʻlari adliya organlari va muassasalarining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan qoplanadi;
(b) interaktiv kiosklar, ularga texnik xizmat koʻrsatish hamda toʻgʻri ishlashini taʼminlash uchun belgilangan tartibda shakllantiriladigan roʻyxatlar boʻyicha Adliya vazirligi tomonidan import qilinadigan, Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan asbob-uskunalar, moddiy-texnika resurslari va maxsus texnikalar, shu jumladan, serverlar, tarmoq qurilmalari, axborot xavfsizligi boʻyicha apparat va apparat-dasturiy qurilmalar, litsenziyali dasturiy taʼminotlar 2028-yil 1-sentabrga qadar bojxona bojidan ozod etiladi;
(v) Adliya vazirligiga barcha zarur talab va shartlarga javob beruvchi zamonaviy interaktiv kiosklar boʻyicha amaldagi qonunchilik hujjatlari talablari doirasida yetkazib beruvchi bilan interaktiv kiosklarni sotib olish boʻyicha xarid qilish tartib-taomili natijalariga muvofiq eng yaxshi takliflarni tanlash orqali shartnoma tuzish huquqi beriladi;
(g) interaktiv kiosklar orqali davlat xizmatlaridan mustaqil foydalanganda tegishli davlat boji, yigʻimlar va boshqa toʻlovlar davlat xizmatlari markazlari orqali yoki xizmat koʻrsatuvchi organlarga bevosita murojaat etilgan taqdirda toʻlanadigan summaning 90 foizi miqdorida undiriladi.
7. Adliya vazirligi va Raqamli texnologiyalar vazirligining 2026-yil 1-yanvardan boshlab quyidagilarni nazarda tutuvchi “Vakolat.uz” platformasini ishga tushirish haqidagi taklifi maʼqullansin:
(a) davlat xizmatlaridan foydalanish va davlat xizmati natijalarini olish boʻyicha boshqa shaxslarga ishonchnomalarni rasmiylashtirish;
(b) yuridik shaxslar tomonidan rasmiylashtirilgan ishonchnomalarni ixtiyoriy roʻyxatdan oʻtkazish;
(v) barcha turdagi ishonchnomalarning haqiqiyligini onlayn rejimda tekshirish;
(g) “Vakolat.uz” platformasidan bepul asosda foydalanish.
8. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2026-yil 1-yanvardan boshlab Davlat xizmatlari yagona reyestri Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqiladigan “Davlat xizmatlari” avtomatlashtirilgan onlayn axborot tizimida yuritiladi. Bunda:
(a) har bir davlat xizmati boʻyicha uning raqamli pasporti shakllantiriladi;
(b) har bir davlat xizmatini Davlat xizmatlari yagona reyestriga kiritish normativ-huquqiy hujjat asosida amalga oshiriladi;
(v) davlat xizmatlarini koʻrsatish, ularning tartibotlarini joriy qilish, oʻzgartirish yoki bekor qilish faqatgina normativ-huquqiy hujjat bilan tartibga solinadi, bundan yangi davlat xizmatlarini eksperiment tariqasida maʼlum bir hududda aprobatsiya qilish holatlari mustasno.
9. Belgilansinki:
(a) 2026-yil 1-maydan boshlab barcha turdagi litsenziya, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Qonun bilan tartibga solinadi hamda faqat “Litsenziya” axborot tizimi yoki Yagona portal orqali amalga oshiriladi, bundan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki hamda Istiqbolli loyihalar milliy agentligining vakolatlariga taalluqli boʻlgan hamda “Raqamli qishloq xoʻjaligi” yagona integratsion platformasi orqali koʻrsatiladigan litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari mustasno;
(9-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 8-maydagi PF-83-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.05.2026-y., 06/26/83/0480-son)
(b) “Litsenziya” axborot tizimi orqali tegishli litsenziya, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganda hamda faoliyatni boshlaganlik haqida vakolatli organ xabardor qilinganda undiriladigan davlat bojlari, yigʻimlar va boshqa har qanday toʻlovlarning 10 foizi Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga oʻtkaziladi.
IV. Farmon ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
10. Davlat xizmatlarini koʻrsatishda ortiqcha tartib-taomillar hamda byurokratik talablarni yanada qisqartirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
11. Vazirlik va idoralar rahbarlari 2025-yil yakuniga qadar oʻzlari vakolatli boʻlgan har bir litsenziya, ruxsat berish hamda xabardor qilish tartib-taomillarini ularning amal qilishi natijasida erishilgan maqsadlarni, ijtimoiy-iqtisodiy, innovatsion va texnologik rivojlanishning joriy holatini, shuningdek, tadbirkorlik subyektlarining xarajatlarini baholagan holda qayta koʻrib chiqsin hamda takliflar ishlab chiqib Adliya vazirligiga kiritsin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 6-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
13. Adliya vazirligi:
(a) ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi takliflarni;
(b) 2026-yil 1-martga qadar vazirlik va idoralar tomonidan taqdim etilgan litsenziya, ruxsat berish hamda xabardor qilish tartib-taomillarini takomillashtirish yuzasidan umumlashtirilgan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
14. Adliya vazirligi Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi hamda Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bilan birgalikda ushbu Farmonning mazmun-mohiyati ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini taʼminlasin.
15. Mazkur Farmonning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib adliya vaziri A.D. Tashkulov hamda raqamli texnologiyalar vaziri Sh.X. Shermatov belgilansin.
16. Farmon ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish departamenti boshligʻi A.B. Samadov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2025-yil 8-sentabr,
PF-157-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-sentabrdagi PF-157-son Farmoniga1-ILOVA
2026-yil 1-yanvardan ayrim turdagi maʼlumot va hujjatlarni “Raqamli hukumat” tizimi orqali taqdim etishga masʼul davlat organlari va tashkilotlar
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 28-avgustdagi PF-177-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.09.2026-y., 06/26/177/0904-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-sentabrdagi PF-157-son Farmoniga2-ILOVA
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida jismoniy shaxsning oʻziga tegishli boʻlgan va real vaqt rejimida taqdim etiladigan shaxsga doir maʼlumotlar
Izoh: ushbu roʻyxatga kiritilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligi va real vaqt rejimida yangilanib borilishiga roʻyxatdagi tegishli vakolatli organlar hamda Raqamli texnologiyalar vazirligi masʼul hisoblanadi.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-109-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-sentabrdagi PF-157-son Farmoniga3-ILOVA
Davlat xizmatlari markazlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali bosqichma-bosqich joriy etiladigan davlat xizmatlari
T/rDavlat xizmati nomiJoriy etish muddatiDavlat xizmatini koʻrsatish uchun masʼul vakolatli organ1.Xususiy bandlik agentliklari reyestriga kiritish2025-yil dekabrMigratsiya agentligi2.Shaharsozlik va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohalarida mutaxassislarni sertifikatlashQurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi3.Sud eksperti sifatida nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan sud ekspertlarining kasbiy layoqatini tasdiqlovchi sertifikat olgan shaxslarni yagona reyestrga kiritishAdliya vazirligi4.Davlat oʻrmon fondi uchastkalarini ilmiy tadqiqot, madaniy-maʼrifiy, tarbiyaviy, sogʻlomlashtirish, rekreatsiya va estetik maqsadlarda foydalanishga berishni kelishish2026-yil martOʻrmon va yashil hududlarni koʻpaytirish, choʻllanishga qarshi kurashish agentligi5.Sanoat xavfsizligi deklaratsiyasini hisobga olishSanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi6.Sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspert tashkilotlarini akkreditatsiya qilish7.Identifikatsiyalashdan oʻtkazilgan xavfli ishlab chiqarish obyektlarini hisobga olish8.Avtomobil transporti sohasida kadrlar malakasini oshirish kurslarini tugatganlik haqidagi sertifikatni berishTransport vazirligi9.Avtomobilda xalqaro tashuvchining kasbiy mahorat sertifikatini berish10.Sinov vositalarini metrologik attestatsiyadan oʻtkazish2026-yil avgustTexnik jihatdan tartibga solish agentligi11.Oʻlchash vositalarini davlat sinovidan oʻtkazish12.Oʻlchash vositalarini metrologik attestatsiyadan oʻtkazish13.Oʻlchash vositalarini kalibrlashdan oʻtkazish14.Oʻlchash vositalari, sinov vositalari, standart namunalar va oʻlchashlarni bajarish uslubiyotlarini metrologik tekshiruvi natijalarini eʼtirof etish15.Muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish16.Gidrometeorologik maʼlumotlarni berishGidrometeorologiya xizmati agentligi17.Xorijiy mamlakatlardan Oʻzbekiston Respublikasiga charter reyslarni tashkil qilish xarajatlarini kompensatsiya qilish uchun mablagʻlar ajratishTurizm qoʻmitasi18.Xalqaro turizm yarmarkalari va koʻrgazmalarida yangi turdagi xizmat va mahsulotlar bilan ishtirok etish uchun turizm sohasi subyektlarini tanlab olish19.Yuridik shaxslarni vakolatli iqtisodiy operatorlar reyestriga kiritishBojxona qoʻmitasi20.Ilmiy va innovatsion faoliyat yurituvchi subyektlarni roʻyxatdan oʻtkazishInnovatsion rivojlanish agentligi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-sentabrdagi PF-157-son Farmoniga4-ILOVA
Tezlashtirilgan tartibda koʻrsatiladigan qoʻshimcha davlat xizmatlari
T/rDavlat xizmati nomiDavlat xizmati koʻrsatish muddatiVakolatli organumumiytezlash-tirilgan1.Balandliklarda sanoat alpinizmi usullarida taʼmirlash, qurilish-montaj ishlarini bajarish faoliyati uchun litsenziya berish7 ish kuni4 ish kuniQurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi2.Koʻpriklar va tunnellarni loyihalashtirish, qurish va ularni taʼmirlash faoliyati uchun litsenziya berish10 ish kuni5 ish kuni3.Xavfi yuqori boʻlgan obyektlarni va potensial xavfli ishlab chiqarishlarni loyihalashtirish, qurish hamda ulardan foydalanish boʻyicha faoliyat uchun litsenziya berish14 ish kuni10 ish kuni4.Arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish faoliyati uchun litsenziya berish7 ish kuni3 ish kuni5.Avtomototransport vositalarini qayta jihozlash uchun ruxsatnoma berish10 kun5 ish kuniIchki ishlar vazirligi6.Yuridik shaxslar birlashmalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish2 ish kuni4 ish soatiAdliya vazirligi7.Advokatlik tuzilmalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish4 ish kuni4 ish soati8.Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari tomonidan arxiv maʼlumotnomalarini berish2 ish kuni1 ish kuni9.Ish haqini tasdiqlash haqida arxiv maʼlumotnomasini berish20 ish kuni10 ish kuni10.Ish stajini tasdiqlash haqida arxiv maʼlumotnomasini berish5 ish kuni3 ish kuni
Izoh: mazkur davlat xizmatlari ariza beruvchilarning xohishlariga asosan qoʻshimcha haq evaziga koʻrsatiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-sentabrdagi PF-157-son Farmoniga5-ILOVA
Davlat xizmatlarini koʻrsatishda ortiqcha tartib-taomillar hamda byurokratik talablarni yanada qisqartirish boʻyicha
T/rChora-tadbir nomiAmalga oshirish mexanizmiMoliyalashtirish manbasiIjro muddatiMasʼul ijrochi1.Mazkur Farmonga 2-ilovadagi maʼlumotlarni saqlovchi axborot tizimlarini “Raqamli hukumat” tizimiga integratsiya qilish.Amaliy chora-tadbirlarMoliyaviy xarajatlar talab etilmaydi2025-yil oktabrMazkur Farmonga 2-ilovada belgilangan masʼul vazirlik va idoralar,Raqamli texnologiyalar vazirligi2.Mazkur Farmonga 2-ilovada belgilangan maʼlumotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP)da jismoniy shaxslarning shaxsiy kabinetida aks ettirish.Amaliy chora-tadbirlarMoliyaviy xarajatlar talab etilmaydi2025-yil noyabrRaqamli texnologiyalar vazirligi3.“Litsenziya” axborot tizimi va Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyishning avtomatlashtirilgan tizimida axborot va maslahat xizmatlari sunʼiy intellekt vositasida koʻrsatilishini yoʻlga qoʻyish.Amaliy chora-tadbirlarAdliya vazirligi mablagʻlari2026-yil iyunAdliya vazirligi4.YIDXPda axborot va maslahat xizmatlari sunʼiy intellekt vositasida koʻrsatilishini yoʻlga qoʻyish.Amaliy chora-tadbirlarRaqamli texnologiyalar vazirligi mablagʻlari2026-yil iyunRaqamli texnologiyalar vazirligi5.“Yagona darcha” bojxona axborot tizimida axborot va maslahat xizmatlari sunʼiy intellekt vositasida koʻrsatilishini yoʻlga qoʻyish.Amaliy chora-tadbirlarBojxona qoʻmitasi mablagʻlari2026-yil iyunBojxona qoʻmitasi6.Jismoniy shaxslarni yagona identifikatsiya tizimida (OneID) roʻyxatdan oʻtkazishda, shuningdek foydalanuvchi kabinetini tiklashda muqobil tarzda shaxsni biometrik identifikatsiya qilish (Face ID) tartibini yoʻlga qoʻyish.Amaliy chora-tadbirlarRaqamli texnologiyalar vazirligi mablagʻlari2025-yil oktabrRaqamli texnologiyalar vazirligi7.Davlat xizmatlari markazlariga YIDXPdagi barcha davlat xizmatlarini koʻrsatish huquqini berish boʻyicha tegishli texnik imkoniyatni yaratish.Amaliy chora-tadbirlarMoliyaviy xarajatlar talab etilmaydi2025-yil oktabrRaqamli texnologiyalar vazirligi,Adliya vazirligi8.Avtomototransport vositasi mulkdorining maʼlumotlari oʻzgarganda mulkdorning xohishiga koʻra avtomototransport vositasini qayta roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha arizalarni kompozit tarzda ichki ishlar organlariga yuborishni yoʻlga qoʻyish.Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalariMoliyaviy xarajatlar talab etilmaydi2025-yil oktabrAdliya vazirligi,Ichki ishlar vazirligi9.YIDXP, davlat xizmatlari markazlari va “Litsenziya” axborot tizimi orqali berilgan arizalar asossiz ravishda rad etilganda, fuqarolarning murojaatlari va adliya organlarining tegishli xulosasiga asosan davlat xizmati uchun undirilgan davlat bojlari, yigʻimlar va boshqa har qanday toʻlovlarning vakolatli organlarga yoʻnaltirilgan qismini vakolatli organlar tomonidan fuqarolarga qaytarib berish tartibini ishlab chiqish.Normativ-huquqiy hujjat loyihasiMoliyaviy xarajatlar talab etilmaydi2025-yil noyabrAdliya vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi,Raqamli texnologiyalar vazirligi10.Avtomototransport vositasini davlat roʻyxatidan oʻtkazishda quyidagi hujjatlarni vakolatli organlardan idoralararo elektron hamkorlik orqali olishni yoʻlga qoʻyish yuzasidan axborot tizimlarini integratsiya qilish:avtomototransport vositasining oldi-sotdi shartnomalari va boshqa notarial tasdiqlangan bitimlar;“Elektron onlayn auksionlarni tashkil etish” AJ tomonidan berilgan auksion bayonnomalari;davlat ulushi mavjud korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan avtomototransport vositalariga beriladigan elektron hisob-maʼlumotlar;avtomototransport vositasi mulkdorining maʼlumotlari (jismoniy shaxs F.I.O., yuridik shaxs nomi, tashkiliy-huquqiy shakli, manzili) oʻzgarganligini tasdiqlovchi maʼlumotlar.Amaliy chora-tadbirlarMoliyaviy xarajatlar talab etilmaydi2025-yil noyabrIchki ishlar vazirligi,Adliya vazirligi,Raqamli texnologiyalar vazirligi,Davlat aktivlarini boshqarish agentligi,“Oʻzavtosanoat” AJ11.Tibbiy koʻrik natijalari tibbiyot muassasalari tomonidan “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimiga real vaqt rejimida kiritilishini taʼminlash. Bunda:Moliyaviy xarajatlar talab etilmaydi2025-yil noyabrSogʻliqni saqlash muassasalari tomonidan OIV/OITS, psixik, narkologik, tanosil va sil kasalliklari boʻyicha tibbiy koʻrik natijalarini majburiy tartibda faqatgina “Elektron sogʻliqni saqlash” axborot tizimlariga kiritish tartibi joriy etiladi;Normativ-huquqiy hujjat loyihasiSogʻliqni saqlash vazirligi,Adliya vazirligi“Elektron sogʻliqni saqlash” axborot tizimlarini “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimi bilan integratsiya qilinadi.Amaliy chora-tadbirlarSogʻliqni saqlash vazirligi,Adliya vazirligi12.Fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlari bilan bogʻliq boʻlgan sud qarorlarini ular qonuniy kuchga kirgan kuni ushbu qarorni qabul qilgan sud organi tomonidan “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimiga elektron tizim orqali yuborish hamda sudda koʻrib chiqilayotgan dalolatnoma yozuvlarini axborot tizimidan yuklab olish orqali qarorlarni oʻzaro bogʻlash tartibini joriy etish. Bunda:Moliyaviy xarajatlar talab etilmaydi2025-yil noyabrsudning nikohdan ajratish haqidagi qarorlari qonuniy kuchga kirgan kunning oʻzida avtomatik ravishda “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimiga elektron shaklda, nikohdan ajrashayotgan shaxslarning shaxsiy identifikatsiya raqami hamda dalolatnoma yozuvi raqami (ID) asosida yuborilishi;Normativ-huquqiy hujjat loyihasiAdliya vazirligi,Oliy sudnikohdan ajralganlik haqidagi dalolatnoma yozuvi sud joylashgan joydagi tuman (shahar) FHDY organi tomonidan “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimida avtomatik ravishda shakllantirilishi hamda sud qarori nusxasi nikohdan ajralganlik toʻgʻrisidagi guvohnomaga tenglashtirilishi;Normativ-huquqiy hujjat loyihasiAdliya vazirligi,Oliy sudnikoh bekor qilinganligini qayd etganlik uchun undiriladigan davlat boji sudning qaroriga asosan er-xotinning har ikkalasidan yoki ularning biridan belgilangan tartibda Majburiy ijro byurosining tuman (shahar) boʻlimlari tomonidan undirilishini belgilash.Normativ-huquqiy hujjat loyihasiAdliya vazirligi,Oliy sudOliy sud axborot tizimi “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimiga integratsiya qilish orqali nikohdan ajrashish bilan bogʻliq barcha jarayonlarni dalolatnoma yozuvi raqamiga (ID) bogʻlash hamda barcha instansiya sudida ish koʻrib chiqilayotganligi jarayonlarini va natijasi boʻyicha qonuniy kuchga kirgan qarorlarni “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimiga yuborish amaliyotini joriy etish.Amaliy chora-tadbirlarOliy sud,Adliya vazirligi13.Oʻzbekiston Respublikasining konsullik muassasalari tomonidan fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarini qayd qilish, oʻzgartirish, tuzatish va qoʻshimchalar kiritish bilan bogʻliq barcha harakatlarni faqatgina “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimida amalga oshirilishini taʼminlash. Amaliy chora-tadbirlarMoliyaviy xarajatlar talab etilmaydi2025-yil noyabrTashqi ishlar vazirligi,Adliya vazirligi14.Chaqiriluvchilar va harbiy xizmatga majburlarning turar joyi, oʻqish joyi, ish joyi va lavozimidagi oʻzgarishlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni “Raqamli hukumat” tizimi orqali Mudofaa vazirligiga taqdim etib borish.Amaliy chora-tadbirlarMoliyaviy xarajatlar talab etilmaydi2025-yil noyabrRaqamli texnologiyalar vazirligi,Mudofaa vazirligi15.Avtomototransport vositasining roʻyxatdan oʻtganlik guvohnomasida avtomototransport vositasi mulkdorining manzilini koʻrsatish talabini bekor qilish yuzasidan avtomototransport vositasining roʻyxatdan oʻtganlik guvohnomasi shakliga tegishli oʻzgartirish kiritish.Normativ-huquqiy hujjat loyihasiMoliyaviy xarajatlar talab etilmaydi2025-yil noyabrIchki ishlar vazirligi16.Mazkur Farmonga 4-ilovada belgilangan davlat xizmatlarini ariza beruvchilarning xohishiga koʻra tezlashtirilgan tartibda koʻrsatishni yoʻlga qoʻyish.Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalariMoliyaviy xarajatlar talab etilmaydi2025-yil noyabrAdliya vazirligi,manfaatdor vazirlik va idoralar17.Mazkur Farmonga 1-ilovadagi maʼlumotlarni saqlovchi axborot tizimlarini “Raqamli hukumat” tizimiga integratsiya qilish.Amaliy chora-tadbirlarIjrochi mablagʻlari2025-yil noyabrMazkur Farmonga 1-ilovada belgilangan masʼul vazirlik va idoralar,Raqamli texnologiyalar vazirligi18.“Vakolat.uz” platformasidan foydalanish tartibini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.Normativ-huquqiy hujjat loyihasiMoliyaviy xarajatlar talab etilmaydi2025-yil noyabrAdliya vazirligi,Raqamli texnologiyalar vazirligi19.Korxona direktori hamda bosh buxgalteri ishga qabul qilingani, ular axborot tizimlarida korxona direktori hamda bosh buxgalteri sifatida belgilanganini identifikatsiya qilishni “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi orqali amalga oshirish. Bunda, davlat xizmatlari markazlari tomonidan yuridik shaxslarga elektron raqamli imzo kalitlarini berish tizimi “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksiga integratsiya qilinadi.Amaliy chora-tadbirlarMoliyaviy xarajatlar talab etilmaydi2025-yil dekabrSoliq qoʻmitasi,Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,Adliya vazirligi20.Axborot xavfsizligi talablariga rioya etgan holda mazkur Farmonga 1-ilovada belgilangan maʼlumotlarni “Raqamli hukumat” tizimi orqali ushbu tizim foydalanuvchilariga taqdim etib borish.Amaliy chora-tadbirlarRaqamli texnologiyalar vazirligi mablagʻlari2025-yil dekabrRaqamli texnologiyalar vazirligi,manfaatdor vazirlik va idoralar21.“Vakolat.uz” platformasini ishlab chiqish.Bunda quyidagilarni taʼminlash:jismoniy shaxslar tomonidan davlat xizmatlaridan foydalanish va davlat xizmati natijalarini olish uchun oʻz ixtiyoriga koʻra “Vakolat.uz” platformasida boshqa shaxslarga ishonchnomalarni rasmiylashtirish, oʻzgartirish va bekor qilish;yuridik shaxslar tomonidan oʻz ixtiyoriga koʻra “Vakolat.uz” platformasida ishonchnomalarni rasmiylashtirish, oʻzgartirish va bekor qilish;notarial shaklda rasmiylashtirilgan hamda “Vakolat.uz” platformasida jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan rasmiylashtirilgan ishonchnomalarning haqiqiyligini onlayn rejimda tekshirish;“Vakolat.uz” platformasini “Raqamli hukumat” tizimini yagona identifikatsiya tizimi bilan integratsiya qilish hamda jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan vakolat berilgan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar asosida elektron davlat xizmatlaridan foydalanish;“Vakolat.uz” platformasini YIDXP hamda “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga integratsiya qilish.Amaliy chora-tadbirlarAdliya vazirligi mablagʻlari2025-yil dekabrAdliya vazirligi,Raqamli texnologiyalar vazirligi22.“Davlat xizmatlari” avtomatlashtirilgan onlayn axborot tizimida Davlat xizmatlari yagona reyestrini yuritish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash.Idoraviy normativ-huquqiy hujjatMoliyaviy xarajatlar talab etilmaydi2025-yil noyabrAdliya vazirligi23.Adliya vazirligining “Davlat funksiyalari” avtomatlashtirilgan onlayn axborot tizimi bazasida “Davlat xizmatlari” avtomatlashtirilgan onlayn axborot modulida Davlat xizmatlari yagona reyestrini doimiy tarzda yangilanadigan hamda dolzarbligi taʼminlanadigan shaklda elektron shaklda yuritilishini yoʻlga qoʻyish.Amaliy chora-tadbirlarAdliya vazirligi mablagʻlari2025-yil dekabrAdliya vazirligi,Raqamli texnologiyalar vazirligi24.Tuman (shahar) adliya boʻlimlari, davlat xizmatlari markazlari, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish boʻlimlari va yuridik xizmat koʻrsatish markazlarini yagona adliya boʻlimlari sifatida qayta tashkil etish.Normativ-huquqiy hujjat loyihasiMoliyaviy xarajatlar talab etilmaydi2026-yil mayAdliya vazirligi25.Quyidagi davlat xizmatlarini oʻzaro kompozit tarzda koʻrsatishni yoʻlga qoʻyish:fuqarolarning ruhiy kasalliklar boʻyicha dispanser hisobida turishi yoki turmasligi toʻgʻrisida maʼlumot;fuqarolarning narkologiya dispanseri hisobida turishi yoki turmasligi toʻgʻrisida maʼlumot;shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaragʻi holati haqida maʼlumot;hisoblangan ish haqi summalari haqida maʼlumot;mehnat faoliyatini tasdiqlash haqida maʼlumot.Amaliy chora-tadbirlarMoliyaviy xarajatlar talab etilmaydi2026-yil fevralAdliya vazirligi,Raqamli texnologiyalar vazirligi26.Aholi va tadbirkorlik subyektlarining interaktiv kiosklar orqali davlat xizmatlaridan foydalanish koʻnikmalarini oshirishga qaratilgan manzilli huquqiy targʻibot tadbirlarini amalga oshirish.Amaliy chora-tadbirlarAdliya vazirligi mablagʻlariDoimiyAdliya vazirligi27.Davlat-xususiy sheriklik asosida oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil etishdagi talablarni Oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalari faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik haqida xabarnoma talablariga oʻzaro muvofiqlashtirish.Normativ-huquqiy hujjat loyihasiMoliyaviy xarajatlar talab etilmaydi2026-yil martAdliya vazirligi,Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi28.Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish:davlat xizmatlari koʻrsatishda muddat buzilishiga yoʻl qoʻyilganda maʼmuriy javobgarlikka tortish haqidagi qarorlarni avtomatlashtirilgan tartibda rasmiylashtirish;davlat xizmatlari koʻrsatishda arizalarni asossiz rad etish va boshqa qonun buzilishi holatlari uchun (bundan muddat buzilishi holatlari mustasno) jazo choralarini kuchaytirish;davlat xizmatlari koʻrsatilishi bilan bogʻliq huquqbuzarlik uchun turli javobgarlikni nazarda tutuvchi normalarni oʻzaro muvofiqlashtirish;Adliya vazirligi Davlat xizmatlari koʻrsatilishini nazorat qilish boshqarmasi boshligʻiga va tuman (shahar) adliya boʻlimlari boshliqlariga davlat xizmatlari koʻrsatish sohasidagi qonunchilikni buzganlik uchun maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish va jarima tariqasidagi maʼmuriy jazo choralarini qoʻllash vakolatini berish.Normativ-huquqiy hujjat loyihasiMoliyaviy xarajatlar talab etilmaydi2026-yil martAdliya vazirligi29.Loyiha-qidiruv ishlarini amalga oshirish sifatini tubdan takomillashtirish.Bunda quyidagilar nazarda tutiladi:markazlashtirilgan manbalar, davlat organlari va korxonalari mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladigan qurilish obyektlari uchun loyiha-tadqiqot ishlari qiymatini aniqlash tartibini Hukumat qarori darajasida belgilash;loyiha-tadqiqot ishlarining muddatlarini maqbullashtirish;markazlashtirilgan investitsiyalar hisobiga moliyalashtiriladigan obyektlarni qurishda mualliflik nazoratini amalga oshirishda toʻlovlar oʻz vaqtida toʻlanishini taʼminlash.Normativ-huquqiy hujjat loyihasiMoliyaviy xarajatlar talab etilmaydi2026-yil mayQurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi,manfaatdor vazirlik va idoralar30.Bino (inshoot) va xonalarning yongʻin xavfsizligi talablariga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosalarni bino-inshootlar va ularning qismlarining kadastr raqamiga bogʻlagan holda elektron yuritishni yoʻlga qoʻyish.Amaliy chora-tadbirlarFavqulodda vaziyatlar vazirligi mablagʻlari2026-yil iyunFavqulodda vaziyatlar vazirligi,Raqamli texnologiyalar vazirligi31.Bino (inshoot) va xonalarning sanitariya-epidemiologiya talablariga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosalarni bino-inshootlar va ularning qismlarining kadastr raqamiga bogʻlagan holda elektron yuritishni yoʻlga qoʻyish.Amaliy chora-tadbirlarSanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi mablagʻlari2026-yil iyunSanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi,Raqamli texnologiyalar vazirligi32.Obyektlar va faoliyat turlari boʻyicha sanitariya-epidemiologiya talablariga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosa berish tartibini takomillashtirish. Bunda:obyektlar va faoliyat turlari boʻyicha sanitariya-epidemiologiya talablari tizimlashtiriladi;sanitariya-epidemiologiya talablari mavjud boʻlmagan obyektlar va faoliyat turlari boʻyicha tegishli xulosalar berishga yoʻl qoʻyilmaydi;sanitariya-epidemiologiya xulosalari obyektlarning kadastr raqamiga bogʻlagan holda beriladi;obyektning ixtisoslashishi oʻzgartirilmagan, qayta qurilmagan yoki rekonstruksiya qilinmaganda, mazkur obyektga nisbatan qaytadan sanitariya-epidemiologiya xulosalarini olish talab etilmaydi.Normativ-huquqiy hujjat loyihasiMoliyaviy xarajatlar talab etilmaydi2026-yil iyulSanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi,Adliya vazirligi33.Qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalariga boʻlgan huquqlarni hisobga olishning elektron reyestrlarini shakllantirish hamda ulardagi maʼlumotlarni mashinada oʻqiladigan formatda raqamlashtirish.Shuningdek, mulk va unga nisbatan huquqlar elektron reyestrini yuritish boʻyicha axborot tizimi ishlab chiqilishini, barcha mulklarni toʻliq xatlovdan oʻtkazib, mulkka nisbatan unikal identifikatsiya raqami shakllantirilishini hamda huquq egasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga soliq toʻlovchi yuridik shaxslarning identifikatsiya raqamlari va jismoniy shaxslarning shaxsiy identifikatsiya raqamlari biriktirilishini yakunlash.Amaliy chora-tadbirlarAgrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi mablagʻlari2026-yil dekabrAgrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi34.Attraksionlar va koʻtarish inshootlari (minora kranlari)ga boʻlgan huquqlarni hisobga olishning elektron reyestrlarini shakllantirish hamda ulardagi maʼlumotlarni mashinada oʻqiladigan formatda raqamlashtirish.Shuningdek, mulk va unga nisbatan huquqlar elektron reyestrini yuritish boʻyicha axborot tizimi ishlab chiqilishini, barcha mulklarni toʻliq xatlovdan oʻtkazib, mulkka nisbatan unikal identifikatsiya raqami shakllantirilishini hamda huquq egasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga soliq toʻlovchi yuridik shaxslarning identifikatsiya raqamlari va jismoniy shaxslarning shaxsiy identifikatsiya raqamlari biriktirilishini yakunlash.Amaliy chora-tadbirlarTogʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi mablagʻlari2026-yil dekabrTogʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi35.Kemalarga boʻlgan huquqlarni hisobga olishning elektron reyestrlarini shakllantirish hamda ulardagi maʼlumotlarni mashinada oʻqiladigan formatda raqamlashtirish, mulk va unga nisbatan huquqlar elektron reyestrini yuritish boʻyicha axborot tizimi ishlab chiqilishini, shuningdek, barcha mulklarni toʻliq xatlovdan oʻtkazib, mulkka nisbatan unikal identifikatsiya raqami shakllantirilishini hamda huquq egasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga soliq toʻlovchi yuridik shaxslarning identifikatsiya raqamlari va jismoniy shaxslarning shaxsiy identifikatsiya raqamlari biriktirilishini yakunlash.Amaliy chora-tadbirlarTransport vazirligi mablagʻlari2026-yil dekabrTransport vazirligi,Raqamli texnologiyalar vazirligi36.Mazkur Farmonga 3-ilovada belgilangan davlat xizmatlari boʻyicha maʼmuriy reglament loyihalarini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalariMoliyaviy xarajatlar talab etilmaydiMazkur Farmonga 3-ilovada belgilangan davlat xizmatlarini joriy etish muddatlaridan ikki oy oldinMazkur Farmonga 3-ilovada belgilangan davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun masʼul vakolatli organlar
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-sentabrdagi PF-157-son Farmoniga6-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-avgustdagi “Oʻzbekistondagi bir guruh falastinlik fuqarolarga davlat gʻamxoʻrligi, mehr-shafqat tamoyillari asosida koʻmak berish tizimini yoʻlga qoʻyish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-133-son Farmonining 3-bandi quyidagi mazmundagi “d” kichik band bilan toʻldirilsin:
“(d) mehmonlar uchun belgilangan uy-joy ijara toʻlovlari miqdoriga oʻzgartirish kiritish boʻyicha qarorlar qabul qilish. Bunda uy-joy ijara toʻlovlarining belgilangan miqdordan oshgan qismi Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplanadi”.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-dekabrdagi “Davlat tomonidan tartibga solinadigan sohalarga xususiy sektorni jalb etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4913-son qarorining 6-bandida:
(a) ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“agent sifatida xizmatlarni koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektlarining xodimlari nodavlat taʼlim sohasidagi kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash faoliyatini boshlaganlik haqida xabarnoma yuborgan hamda Adliya vazirligining “Agent” platformasida roʻyxatdan oʻtgan oʻquv markazlarining oʻquv kurslarida yoki Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida oʻqigan hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari tomonidan oʻtkaziladigan malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirganlarga beriladigan agent sertifikatiga ega boʻlishi shart”;
(b) toʻrtinchi xatboshidagi “yagona platformasi” soʻzlari “Agent” platformasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
(v) beshinchi xatboshidagi “mazkur xizmatlarni koʻrsatuvchi davlat organlari va tashkilotlari” soʻzlari “Adliya vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
(g) yettinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
(d) sakkizinchi va toʻqqizinchi xatboshilar tegishincha yettinchi va sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
(j) sakkizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“tadbirkorlik subyektlari tomonidan agent sifatida koʻrsatilishi mumkin boʻlgan davlat xizmatlari roʻyxati Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Bunda Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziriga mazkur roʻyxatga oʻzgartirish kiritish huquqi beriladi”.