“Oʻzbekiston — 2030” strategiyasi hamda joriy yilning 30-iyun kuni oʻtkazilgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar bilan uchrashuvi doirasida belgilangan ustuvor vazifalarga muvofiq yoshlar bilan ishlash tizimi, jumladan, mahallalardagi yoshlar yetakchilari faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida qaror qilaman:
I. Maqsadlar
1. Quyidagilar mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini takomillashtirishning asosiy maqsadlari etib belgilansin:
(a) yoshlar muammolari bilan individual va manzilli ishlash orqali yoshlar yetakchilari faoliyati samaradorligini oshirish;
(b) yoshlarning kasbiy qiziqishlarini barvaqt aniqlash orqali mehnat bozoriga raqobatbardosh kadr sifatida kirib borishini taʼminlash;
(v) yoshlarning mafkuraviy immunitetini kuchaytirish orqali ular ongiga turli salbiy taʼsir koʻrsatuvchi gʻoyaviy tahdidlarga mahalla darajasida qarshi kurashish;
(g) yoshlarga oid maʼlumotlarni yigʻish, tahlil qilish va doimiy ravishda yangilab borish jarayonlarini raqamlashtirish orqali yoshlarning ijtimoiy ahvoli haqidagi maʼlumotlar bazasini shakllantirishga jalb etiladigan mehnat resurslari samaradorligini oshirish.
II. Yoshlar bilan ishlash tizimining asosiy vazifalari
2. Umummilliy rivojlanish maqsadlariga erishishda yoshlar salohiyatidan unumli foydalanish mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimining ustuvor vazifasi etib belgilansin.
Bunda “Ulkan maqsadlar, samarali mehnat, oqilona turmush” gʻoyasi asosida yoshlarda ulkan marralarni zabt etishda oʻziga boʻlgan ishonch va iroda shakllantiriladi, bilim va intizom bilan mehnat qilish koʻnikmalari kuchaytiriladi, ular oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi va oʻz axloqi bilan boshqalarga oʻrnak boʻlish kabi hayotiy qadriyatlar ommalashtiriladi.
3. Quyidagilar mahallalardagi yoshlar yetakchilarining asosiy vazifalari etib belgilansin:
(a) yoshlarning oʻziga boʻlgan ishonchini oshirish, jamiyat uchun foydali va umummilliy manfaatlarga xizmat qilishga qaratilgan loyihalarni mahalla darajasida amalga oshirish;
(b) yoshlarning shaxsiy rivojlanishiga, ularning iqtidori va isteʼdodini roʻyobga chiqarishga qaratilgan tadbirlarni tashkil etish, “Besh tashabbus olimpiadasi”ni yoshlar oʻrtasida keng targʻib qilish;
(v) mehnat bozoriga kirib kelayotgan yoshlarning tadbirkorlik koʻnikmalari va oʻz taqdiri uchun masʼuliyat hissini kuchaytirish orqali bandligiga koʻmaklashish;
(g) “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga koʻrsatiladigan yordamning ijtimoiy hamkorlik tamoyiliga asoslanishini taʼminlash.
Ushbu bandda nazarda tutilgan asosiy vazifalarga bogʻliq boʻlmagan boshqa vazifa va topshiriqlarni yoshlar yetakchilari zimmasiga yuklash taqiqlanadi.
Mahallalarda yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika komissiyasi yoshlar yetakchilari vazifalariga kirmaydigan ishlarga jalb etilmasligini qatʼiy nazoratga olsin.
4. “Mahalla yettiligi” va taʼlim muassasalari oʻrtasida yoshlar, jumladan, umumtaʼlim maktablarining bitiruvchi sinf oʻquvchilarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha quyidagi hamkorlik qilish tizimi joriy etilsin:
(a) maktablarning maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosarlari har oyda sinf rahbari va maktab psixologi hamkorligida xulq-atvorida muayyan murakkabliklar kuzatilgan oʻquvchilar hamda bitiruvchi sinf oʻquvchilari oʻrtasida qoʻshimcha fanlar, xorijiy tillar va kasblarni oʻrganish, sport turlari bilan shugʻullanish hamda mehnat faoliyatiga qiziqish bildirgan oʻquvchilarni aniqlaydi. Ushbu oʻquvchilarning roʻyxati shakllantirilib, belgilangan tartibda yoshlar yetakchisi va mahalla raisiga taqdim etiladi;
(b) yoshlar yetakchilari:
(i) maktablarning maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosarlari tomonidan taqdim etilgan roʻyxat asosida bitiruvchi sinf oʻquvchilarining fan, xorijiy tillar, sport turlari bilan shugʻullanishiga va kasblarni oʻrganish istagi boʻlgan oʻquvchilarning “Kelajak” markazlari hamda xususiy oʻquv markazlarida tahsil olishiga koʻmaklashadi;
(ii) xulq-atvorida muayyan murakkabliklar kuzatilgan oʻquvchilar uchun ularning qiziqishlari va ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda individual rivojlanish yoʻnalishlarini belgilaydi;
(iii) mahalla hududidagi murabbiylar, kasb egalari va tadbirkorlar bilan hamkorlikda oʻquvchilar uchun ustozlik tizimini yoʻlga qoʻyadi;
(iv) xulq-atvorida muayyan murakkabliklar kuzatilgan oʻquvchilarni davlat va nodavlat taʼlim muassasalaridagi toʻgaraklarga yoʻnaltiradi;
(v) hokim yordamchilari mehnat faoliyatini olib borish istagi boʻlgan maktab oʻquvchilarini tegishli mahalla hududida joylashgan korxonalarga yoʻnaltirib, ularning kasb oʻrganishiga va kelgusida ishga joylashishiga, tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyish uchun zarur vositalar bilan taʼminlashga koʻmaklashadi;
(g) mahalla raislari:
(i) xulq-atvorida muayyan murakkabliklar kuzatilgan oʻquvchilarning ota-onalari bilan doimiy muloqot oʻrnatadi hamda ularning masʼuliyatini oshirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
(ii) ota-onalarga farzand tarbiyasi, maʼnaviy-axloqiy qoʻllab-quvvatlash va xulq-atvordagi muammolarni bartaraf etish yuzasidan tavsiyalar taqdim etadi;
(iii) yoshlar bilan doimiy muloqot oʻtkazib, ularning kasbiy qiziqishini oʻrganadi, mehnat bozoriga raqobatbardosh kadr sifatida kirib borish jarayonida ularga yoʻl-yoʻriq koʻrsatib boradi;
(iv) ishsiz yoshlarni ularning qiziqishidan kelib chiqqan holda mahalladagi tajribali tadbirkorlarga kasb-hunar oʻrganish uchun yoʻnaltiradi, kasbiy oʻsishini kuzatib boradi hamda oʻzining mustaqil tadbirkorlik faoliyatini boshlashiga koʻmaklashadi;
(v) yoshlarning fanlarni oʻrganishi, axborot texnologiyalarini oʻzlashtirishi, kitobxonlik, sport bilan shugʻullanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish boʻyicha tashabbuslar ishlab chiqadi.
Ushbu bandda nazarda tutilgan chora-tadbirlar boʻyicha xarajatlar zarur hollarda belgilangan tartibda “Yoshlar daftari” jamgʻarmalari hamda mahalliy budjetning qoʻshimcha manbalari hisobidan amalga oshiriladi.
III. Mahallalarda yoshlar bilan ishlash jarayonini raqamlashtirish darajasini oshirish
5. Yoshlar ishlari agentligi 2026-yil 1-fevralga qadar “Yoshlar daftari” va “Yoshlar portali” elektron platformalari negizida quyidagi imkoniyatlarga ega boʻlgan “Yoshlar yagona elektron platformasi” axborot tizimini (keyingi oʻrinlarda — Yoshlar yagona elektron platformasi) yaratsin:
(a) yoshlarning demografik va ijtimoiy holati, bandligi, taʼlim olishiga oid maʼlumotlar asosida “Yoshlar balansi”ni shakllantirish;
(b) yoshlarga oid davlat siyosatining samaradorligini baholash va uning natijalarini aniqlash;
(v) yoshlarning qiziqishlarini aniqlash boʻyicha sotsiologik soʻrovlar oʻtkazish, uning natijalarini avtomatik tahlil qilish;
(g) yoshlarga oid mavjud imtiyozlar, preferensiyalar va imkoniyatlar toʻgʻrisida maʼlumot berish;
(d) shaxsga doir maʼlumotlar boʻyicha amalga oshirilgan soʻrovlarning raqamli izlarini saqlash.
Yoshlar ishlari agentligi Yoshlar yagona elektron platformasi buyurtmachisi etib belgilansin.
6. Ushbu Farmonning 1-ilovasiga muvofiq, vazirlik va idoralar:
(a) tegishli axborot tizimlari va maʼlumotlar bazalarini Yoshlar ishlari agentligi soʻroviga asosan bir oy muddatda Yoshlar yagona elektron platformasiga “Elektron hukumat” tizimining idoralararo platformasi orqali integratsiya qilishni taʼminlasin;
(b) uch oy muddatda Yoshlar yagona elektron platformasiga oʻzlarining axborot tizimlari va maʼlumotlar bazalarini integratsiya qilish uchun tegishli infratuzilma yaratish hamda raqamlashtirilgan maʼlumotlar bazalarini shakllantirish choralarini koʻrsin.
Raqamli texnologiyalar vazirligi “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali integratsiya jarayonlarini muvofiqlashtirib borsin va zarur texnik choralar koʻrsin.
Bunda integratsiya qilinadigan axborot tizimlari va maʼlumotlar bazalari orqali uzatiladigan maʼlumotlar ushbu Farmonga 1-ilovada belgilangan muddatlarda yangilab borilishi taʼminlansin.
7. Belgilansinki, 2026-yil 1-fevraldan boshlab “Yoshlar daftari” jamgʻarmasidan koʻrsatiladigan ijtimoiy yordamlar boʻyicha arizalarni taqdim etish, ularni koʻrib chiqish natijasi boʻyicha qaror qabul qilish bilan bogʻliq barcha maʼmuriy tartib-taomillar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali hamda Yoshlar yagona elektron platformasi orqali amalga oshiriladi.
8. Yoshlar ishlari agentligi:
(a) Adliya vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda masʼul vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda mazkur Farmonning 7-bandidan kelib chiqib, “Yoshlar daftari” jamgʻarmasi orqali ijtimoiy yordamlarni koʻrsatish tartibini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
(b) yoshlar yetakchilari faoliyatining eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlarini mazkur Farmonning 3-bandida koʻrsatilgan asosiy vazifalar asosida qayta koʻrib chiqib, ular faoliyatining samaradorlik koʻrsatkichlarini baholash inson omilisiz avtomatik tarzda Yoshlar yagona elektron platformasida amalga oshirilishini taʼminlasin;
(v) ikki oy muddatda Yoshlar yagona elektron platformasidan foydalanuvchi hududiy, tuman (shahar) boʻlinmalari, yoshlar yetakchilari hamda Yoshlar ishlari agentligi tizimidagi boshqa tuzilmalarning shaxsga doir maʼlumotlardan foydalanish hajmlari va chegaralarini belgilasin.
9. 2026-yildan boshlab har yili Yoshlarga oid davlat siyosatining amalga oshirilishi toʻgʻrisidagi milliy maʼruzani eʼlon qilish amaliyoti joriy etilsin. Bunda:
(a) Yoshlar ishlari agentligi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Sport vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda yoshlarga oid davlat siyosati boʻyicha sotsiologik soʻrovlar oʻtkazish dasturi va baholash metodologiyasini ishlab chiqsin;
(b) Yoshlarga oid davlat siyosatining amalga oshirilishi toʻgʻrisidagi milliy maʼruzani tayyorlash uchun zarur statistik maʼlumotlarni olish hamda sotsiologik soʻrovlar oʻtkazish Yoshlar yagona elektron platformasi orqali amalga oshirilsin;
(v) Yoshlarga oid davlat siyosatining amalga oshirilishi toʻgʻrisida milliy maʼruza har yili 30-iyun — Yoshlar kuni arafasida Yoshlar ishlari agentligi tomonidan eʼlon qilib boriladi.
10. 2026-yil 1-yanvarga qadar Yoshlar ishlari agentligi tizimida topshiriqlarni respublikadan mahallagacha yetkazish va nazorat qilish boʻyicha elektron hujjat aylanish tizimi joriy etilsin hamda ish yuritish tartibi toʻliq raqamlashtirilgan holda amalga oshirilishi yoʻlga qoʻyilsin.
Yoshlar ishlari agentligi Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda ushbu bandda nazarda tutilgan elektron tizimlarning oʻz muddatida va sifatli ishga tushirilishini taʼminlasin.
11. Ushbu Farmonning 5 va 9-bandlarida nazarda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish xarajatlari Yoshlar ishlari agentligining Yoshlarga oid davlat siyosatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanadi.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
IV. Farmon ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
13. Mazkur Farmon ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Yoshlar ishlari agentligi direktori A.Z. Saʼdullayev belgilansin.
14. Farmon ijrosi uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2025-yil 10-sentabr,
PF-163-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 10-sentabrdagi PF-163-son Farmoniga1-ILOVA
Vazirlik va idoralarning Yoshlar yagona elektron platformasiga integratsiya qilinadigan axborot tizimlari va maʼlumotlar bazalari orqali oʻttiz yoshdan oshmagan shaxslar toʻgʻrisida uzatiladigan maʼlumotlar
T/rMaʼlumot nomiMaʼlumotlarni taqdim etadigan tashkilotlarMaʼlumotlarni yangilash davriyligi1.Familiyasi, ismi, otasining ismiIchki ishlar vazirligiDoimiy 2.JinsiIchki ishlar vazirligiDoimiy 3.Manzil maʼlumotlari (mahallalar kesimida)Ichki ishlar vazirligiDoimiy 4.Doimiy roʻyxatdan oʻtganlik holati (mahallalar kesimida)Ichki ishlar vazirligiDoimiy 5.Vaqtincha roʻyxatdan oʻtganlik holati (mahallalar kesimida)Ichki ishlar vazirligiDoimiy 6.Pasport seriyasi, tugʻilganlik guvohnomasi raqami, ID karta raqamiIchki ishlar vazirligiDoimiy 7.Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamiIchki ishlar vazirligiDoimiy 8.Jazoni ijro etish muassasasida boʻlib turganlik holati**Ichki ishlar vazirligiDoimiy 9.Probatsiya nazoratida turganlik holatiIchki ishlar vazirligiDoimiy 10.Profilaktik hisobda turganlik holatiIchki ishlar vazirligiDoimiy 11.Xorijga uzoq muddatga ketganligi va qaytganlik toʻgʻrisida maʼlumotIchki ishlar vazirligiDoimiy 12.Xorijga 3 oydan ortiq muddatga ketish sababi (taʼlim, davolanish, ishlash va boshqa)Ichki ishlar vazirligiDoimiy 13.Shaxs 3 oydan ortiq muddatga ketgan xorijiy davlati toʻgʻrisida maʼlumotIchki ishlar vazirligiDoimiy 14.Xorijga uzoq muddatga ketganda migratsiyada boʻlib turgan muddati (3 oy — 1 yil, 1 — 3 yil, 3 yildan koʻp)Ichki ishlar vazirligiDoimiy 15.Jabrlanuvchi sifatida himoya orderini olganligi toʻgʻrisida maʼlumotIchki ishlar vazirligiDoimiy 16.Himoya orderi unga nisbatan berilgan hamda tuzatish dasturidan oʻtayotganligi toʻgʻrisida maʼlumotIchki ishlar vazirligiDoimiy 17.Fuqarolarning huquq va erkinliklariga tajovuz qiladigan huquqbuzarliklar uchun, aholi sogʻligʻini saqlash sohasidagi huquqbuzarliklar uchun, mulkka tajovuz qiluvchi huquqbuzarliklar uchun, transportdagi, yoʻl xoʻjaligi va aloqa sohalaridagi huquqbuzarliklar uchun, savdo, tadbirkorlik va moliya sohalaridagi huquqbuzarliklar uchun, jamoat tartibiga tajovuz qiluvchi huquqbuzarliklar uchun, boshqaruvning belgilangan tartibiga tajovuz qiluvchi huquqbuzarliklar uchun maʼmuriy javobgarlikka tortilganlik holati***Ichki ishlar vazirligiDoimiy 18.Jinoiy javobgarlikka tortilganlik holati**Ichki ishlar vazirligiDoimiy 19.Haydovchilik guvohnomasini olganligi toʻgʻrisida maʼlumotIchki ishlar vazirligiDoimiy 20.Olingan haydovchilik guvohnomasining toifasi (A, B, S, D, E)Ichki ishlar vazirligiDoimiy 21.Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida taʼlim olayotganligi toʻgʻrisida maʼlumotMaktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiDoimiy 22.Oʻquvchi tahsil olayotgan umumiy oʻrta taʼlim muassasasining mulkchilik shakli (davlat, nodavlat) Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiDoimiy 23.Oʻquvchi tahsil olayotgan umumiy oʻrta taʼlim muassasasi nomiMaktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiDoimiy 24.Umumiy oʻrta taʼlim muassasasida oʻquvchi tahsil olayotgan bosqich (sinfi)Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiDoimiy 25.Joriy oʻquv yilida umumiy oʻrta taʼlim muassasasi bitiruvchisi ekanligi toʻgʻrisida maʼlumotMaktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiHar yili may-iyun oylarida 26.Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida muntazam dars qoldiruvchi oʻquvchilar toʻgʻrisida maʼlumotMaktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiDoimiy 27.Umumiy oʻrta taʼlim muassasasini tugatganligi toʻgʻrisida maʼlumot (tugallangan, tugallanmagan)Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiHar yili may-iyun oylarida 28.Davlat kasbiy taʼlim muassasasida taʼlim olayotganligi toʻgʻrisida maʼlumotOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiDoimiy 29.Xususiy kasbiy taʼlim muassasasida taʼlim olayotganligi toʻgʻrisida maʼlumotOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiDoimiy 30.Kasbiy taʼlim muassasasining turi (kollej, texnikum, kasb-hunar maktabi)Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiDoimiy 31.Oʻquvchi tahsil olayotgan kasbiy taʼlim muassasasining nomiOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiDoimiy 32.Kasbiy taʼlim muassasasida oʻquvchi tahsil olayotgan mutaxassislik nomiOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiDoimiy 33.Kasbiy taʼlim muassasasida oʻquvchi tahsil olayotgan bosqich (kursi)Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiDoimiy 34.Joriy oʻquv yilida kasbiy taʼlim muassasasi bitiruvchisi ekanligi toʻgʻrisida maʼlumotOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiHar yili iyun-iyul oylarida 35.Joriy oʻquv yilida kasbiy taʼlim muassasasida tahsil olayotgan oʻquvchining oʻrtacha reyting baliOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiDoimiy 36.Kasbiy taʼlim muassasasida muntazam dars qoldiruvchi oʻquvchilar toʻgʻrisida maʼlumotOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiDoimiy 37.Kasbiy taʼlim muassasasini tugatganligi toʻgʻrisida maʼlumot (tugallangan, tugallanmagan)Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiDoimiy 38.Davlat oliy taʼlim muassasasida taʼlim olayotganligi toʻgʻrisida maʼlumotOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiDoimiy 39.Nodavlat oliy taʼlim muassasasida taʼlim olayotganligi toʻgʻrisida maʼlumotOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiDoimiy 40.Xorijiy oliy taʼlim muassasasi filialida taʼlim olayotganligi toʻgʻrisida maʼlumotOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiDoimiy 41.Oliy taʼlim muassasasida talaba tahsil olayotgan bosqich (bakalavriat, magistratura)Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiDoimiy 42.Oliy taʼlimdan keyingi taʼlimda tahsil olayotgan taʼlim turi (doktorantura, tayanch doktorantura, mustaqil izlanuvchilik)Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiDoimiy 43.Talaba tahsil olayotgan oliy taʼlim muassasasining nomiOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiDoimiy 44.Oliy taʼlim muassasasida talaba tahsil olayotgan taʼlim yoʻnalishi va mutaxassisligi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiDoimiy 45.Oliy taʼlim muassasasida talaba tahsil olayotgan kursiOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiDoimiy 46.Joriy oʻquv yilida oliy taʼlim muassasasi bitiruvchisi ekanligi toʻgʻrisida maʼlumotOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiHar yili iyun-iyul oylarida 47.Joriy oʻquv yilida oliy taʼlim muassasasida tahsil olayotgan talabaning oʻrtacha reyting baliOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiDoimiy 48.Oliy taʼlim muassasasini tugatganligi toʻgʻrisida maʼlumot (tugallangan, tugallanmagan)Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiDoimiy 49.Oliy taʼlim muassasasidan chetlatilganligi toʻgʻrisida maʼlumotOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiDoimiy 50.Oliy taʼlim muassasasida akademik taʼtilga chiqqanligi toʻgʻrisida maʼlumotOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiDoimiy 51.Oʻzini oʻzi band qilganligi toʻgʻrisida maʼlumot (faoliyat turi, toʻlangan ijtimoiy soliqlar miqdori va davri)Soliq qoʻmitasiHar oyning 5-sanasiga qadar(shuningdek, zaruratga koʻra Yoshlar ishlari agentligi soʻroviga asosan) 52.Taʼsischisi (ishtirokchisi) oʻttiz yoshdan oshmagan shaxs boʻlgan tadbirkorlik subyektlari toʻgʻrisida maʼlumotlar (davlat roʻyxatidan oʻtgan sanasi, faoliyat turi, xodimlar soni, toʻlangan soliqlar miqdori va turi, qoʻllangan moliyaviy jarimalar soni va miqdori, oʻtkazilgan soliq tekshiruvlari soni va turi)Soliq qoʻmitasiHar oyning 5-sanasiga qadar(shuningdek, zaruratga koʻra Yoshlar ishlari agentligi soʻroviga asosan) 53.Ustav fondidagi ulushning kamida 30 foizi oʻttiz yoshdan oshmagan shaxsga tegishli boʻlgan tadbirkorlik subyektlari toʻgʻrisida maʼlumotlar (davlat roʻyxatidan oʻtgan sanasi, faoliyat turi, xodimlar soni, toʻlangan soliqlar miqdori va turi, qoʻllangan moliyaviy jarimalar soni va miqdori, oʻtkazilgan soliq tekshiruvlari soni va turi, faoliyat yuritayotgan davri, faoliyatni toʻxtatganlik (nol koʻrsatkichli hisobot topshirish) holati va sanasi, faoliyatini tugatish jarayonida ekanligi)Soliq qoʻmitasiHar oyning 5-sanasiga qadar(shuningdek, zaruratga koʻra Yoshlar ishlari agentligi soʻroviga asosan) 54.Yakka tartibdagi tadbirkor ekanligi va dehqon xoʻjaliklari (yuridik shaxs sifatida tashkil etilmagan) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (davlat roʻyxatidan oʻtgan sanasi, faoliyat turi, xodimlar soni, toʻlangan soliqlar miqdori va turi, qoʻllangan moliyaviy jarimalar soni va miqdori, oʻtkazilgan soliq tekshiruvlari soni va turi, faoliyat yuritayotgan davri, faoliyatni toʻxtatganlik holati va sanasi, faoliyatini tugatish jarayonida ekanligi)Soliq qoʻmitasiDoimiy 55.Rasmiy band ekanligi (soliq hisobotlarida xodim sifatida qayd etilganligi) toʻgʻrisida maʼlumotSoliq qoʻmitasiDoimiy 56.Taʼsischisi (ishtirokchisi) boʻlgan tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi shkalasiSoliq qoʻmitasiHar oyning 5-sanasiga qadar(shuningdek, zaruratga koʻra Yoshlar ishlari agentligi soʻroviga asosan) 57.Taʼsischisi (ishtirokchisi) boʻlgan tadbirkorlik subyektining, yakka tartibdagi tadbirkorning soliq organlarida kartotekasi mavjudligiSoliq qoʻmitasiHar oyning 5-sanasiga qadar(shuningdek, zaruratga koʻra Yoshlar ishlari agentligi soʻroviga asosan) 58.Koʻchmas mulk obyektlari garovga qoʻyilganligi, ularni begonalashtirish taqiqlanganligi toʻgʻrisida maʼlumotKadastr agentligiDoimiy 59.Yer uchastkasiga boʻlgan huquqlari davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisida maʼlumotKadastr agentligiDoimiy 60.Tugʻilgan sanasi toʻgʻrisida maʼlumotAdliya vazirligiDoimiy 61.FHDYga nikohni bekor qilish uchun ariza taqdim etgan yoshlar (oilaviy ajrim yoqasidagi yosh oilalar) toʻgʻrisida maʼlumot**Adliya vazirligiDoimiy 62.FHDYga nikohni bekor qilish uchun ariza taqdim etgan shaxslarning oʻttiz yoshdan oshmagan farzandlari toʻgʻrisida maʼlumot**Adliya vazirligiDoimiy 63.Sudga nikohni bekor qilish uchun ariza taqdim etgan shaxslarning oʻttiz yoshdan oshmagan farzandlari toʻgʻrisida maʼlumot**Adliya vazirligiDoimiy 64.Sudga nikohni bekor qilish uchun ariza taqdim etgan yoshlar (oilaviy ajrim yoqasidagi yosh oilalar) toʻgʻrisida maʼlumot**Oliy sudDoimiy 65.Sudga nikohni bekor qilish uchun ariza taqdim etgan oʻttiz yoshdan yuqori boʻlgan fuqarolar toʻgʻrisida maʼlumot**Oliy sudDoimiy 66.Xorijiy tillarni bilish darajasi boʻyicha milliy sertifikat olganligi toʻgʻrisida maʼlumotBilim va malakalarni baholash agentligi,Yoshlar ishlari agentligiDoimiy 67.Nogironligi toʻgʻrisida maʼlumot (1, 2, 3-guruh)Ijtimoiy himoya milliy agentligiDoimiy 68.Umumiy oʻrta taʼlimni uyda yakka tartibda olish holati toʻgʻrisida maʼlumotIjtimoiy himoya milliy agentligiDoimiy 69.Nogironligi boʻlgan farzandlari mavjudligi toʻgʻrisida maʼlumotIjtimoiy himoya milliy agentligi,Adliya vazirligiDoimiy 70.Ishsiz sifatida roʻyxatga olinganligi toʻgʻrisida maʼlumotKambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligiDoimiy 71.Ish qidirayotgan shaxslar sifatida roʻyxatga olinganligi toʻgʻrisida maʼlumotKambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligiDoimiy 72.Narkologiya boʻyicha dispanser hisobida turganligi toʻgʻrisida maʼlumot**Sogʻliqni saqlash vazirligiDoimiy 73.Sportga qiziqishi boʻyicha (“Besh tashabbus olimpiadasi” platformasi) roʻyxatga olinganligi va roʻyxatga olingan sport turiSport vazirligiDoimiy 74.Doimiy sport bilan shugʻullanishi toʻgʻrisida maʼlumot (jumladan, sportchi sifatida olgan razryadlari)Sport vazirligiDoimiy 75.Avtomatlashtirilgan skoring tizimi maʼlumotlariMarkaziy bankDoimiy 76.Fan va taʼlimga oid platformalarning (“Ibrat farzandlari”, “Ustoz AI” va “Qizlar academy” mobil ilovalari) faol foydalanuvchisi ekanligi toʻgʻrisida maʼlumotYoshlar ishlari agentligiDoimiy 77.IT va zamonaviy kasblarga oid platformalarning (“Ustoz AI” va “Qizlar academy” mobil ilovalari) faol foydalanuvchisi ekanligi toʻgʻrisida maʼlumotYoshlar ishlari agentligiDoimiy 78.Kitobxonlik va intellektual oʻyinlarga oid platformalarning (“UzChess” va “Mutolaa” mobil ilovalari) faol foydalanuvchisi ekanligi toʻgʻrisida maʼlumotYoshlar ishlari agentligiDoimiy 79.Volontyor sifatida hisobga olinganligi toʻgʻrisida maʼlumot (mahalla kesimida)Yoshlar ishlari agentligiDoimiy 80.Volontyorlik tadbirlarida ishtirok etgan soatlari toʻgʻrisida maʼlumotYoshlar ishlari agentligiDoimiy 81.“Yoshlar daftari” jamgʻarmalari tushum va xarajatlari (jumladan, koʻrsatilgan ijtimoiy yordamning miqdori) toʻgʻrisidagi maʼlumotlarIqtisodiyot va moliya vazirligiDoimiy
* “Yoshlar yagona elektron platformasi” ATga integratsiya qilishda davlat organlari va tashkilotlarining maʼlumotlari hajmi, shakli va ularni berish tartibi oʻzaro kelishuvlarga asosan amalga oshiriladi hamda Yoshlar ishlari agentligi zaruratga koʻra ushbu roʻyxatda nazarda tutilmagan boshqa turdagi maʼlumotlarni platformaga integratsiya qilish orqali tegishli vazirlik va idoralardan olishi mumkin.
** Ushbu maʼlumotlardan oʻrnatilgan tartibga muvofiq egasizlantirish sharti bilan statistik va tadqiqot maqsadlarida foydalaniladi.
*** Maʼmuriy huquqbuzarliklarning aniq turlari Yoshlar ishlari agentligi hamda Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 10-sentabrdagi PF-163-son Farmoniga2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi “Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi muammolarini hal etishda birinchi boʻgʻin sifatida ishlashini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-209-son Farmoniga 3-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Yoshlar yetakchisining asosiy vazifalari
1. Yoshlarning oʻziga boʻlgan ishonchini oshirish, jamiyat uchun foydali va umummilliy manfaatlarga xizmat qilishga qaratilgan loyihalarni mahalla darajasida amalga oshirish.
2. Yoshlarning shaxsiy rivojlanishiga, ularning iqtidori va isteʼdodini roʻyobga chiqarishga qaratilgan tadbirlarni tashkil etish, “Besh tashabbus olimpiadasi”ni yoshlar oʻrtasida keng targʻib qilish.
3. Mehnat bozoriga kirib kelayotgan yoshlarning tadbirkorlik koʻnikmalari va oʻz taqdiri uchun masʼuliyat hissini kuchaytirish orqali bandligiga koʻmaklashish.
4. “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga koʻrsatiladigan yordamning ijtimoiy hamkorlik tamoyiliga asoslanishini taʼminlash.
Izoh: Yetakchilarni ularning vazifa va faoliyat yoʻnalishlari bilan bogʻliq boʻlmagan yigʻilish va boshqa tadbirlarga jalb qilish, ularning faoliyatiga asossiz aralashish, taalluqli boʻlmagan vazifalarni yuklash taqiqlanadi”.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-yanvardagi “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-92-son qarorida:
a) 2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. Quyidagilar mahalladagi yoshlar yetakchisining (keyingi oʻrinlarda — Yetakchi) asosiy vazifalari etib belgilansin:
yoshlarning oʻziga boʻlgan ishonchini oshirish, jamiyat uchun foydali va umummilliy manfaatlarga xizmat qilishga qaratilgan loyihalarni mahalla darajasida amalga oshirish;
yoshlarning shaxsiy rivojlanishiga, ularning iqtidori va isteʼdodini roʻyobga chiqarishga qaratilgan tadbirlarni tashkil etish, “Besh tashabbus olimpiadasi”ni yoshlar oʻrtasida keng targʻib qilish;
mehnat bozoriga kirib kelayotgan yoshlarning tadbirkorlik koʻnikmalari va oʻz taqdiri uchun masʼuliyat hissini kuchaytirish orqali bandligiga koʻmaklashish;
“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga koʻrsatiladigan yordamning ijtimoiy hamkorlik tamoyiliga asoslanishini taʼminlash”;
b) 2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mahallalarda yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika komissiyasi
1.K.K. Kuranbayev—Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi raisi, Komissiya raisi2.J.T. Joʻrayev—Davlat xavfsizlik xizmati raisi oʻrinbosari, Komissiya raisi oʻrinbosari3.A.Z. Saʼdullayev—Yoshlar ishlari agentligi direktori, Komissiya raisi oʻrinbosari4.O.M. Kozixonova—Oliy Majlis Senatining Yoshlar, xotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi raisi5.Sh.B. Joldasova—Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Yoshlar masalalari boʻyicha komissiyasi raisi6.Lavozimi boʻyicha—Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari7.S.B. Abdullayev—Prezident Administratsiyasining shoʻba mudiri8.F.S. Qosimov—Vazirlar Mahkamasining “Mahalla yettiligi”, yoshlar siyosati va maʼnaviyat masalalari departamenti rahbari9.E.G. Karimova—maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri10.K.A. Sharipov—oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri11.A.I. Ikramov—sport vaziri12.O.A. Nazarbekov—madaniyat vaziri13.Sh.J. Toʻxtaboyev—Bosh prokuror oʻrinbosari14.S.D. Mamayusupov—Milliy gvardiya qoʻmondoni oʻrinbosari15.H.A. Karshiyev—mudofaa vaziri oʻrinbosari16.B.T. Abdullayev—ichki ishlar vaziri oʻrinbosari17.R.O. Karimjonov—raqamli texnologiyalar vaziri oʻrinbosari18.S.S. Boboqulov—kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri oʻrinbosari19.A.A. Kamalov—Markaziy bank raisi oʻrinbosari20.Sh.M. Rabiyev—adliya vaziri oʻrinbosari21.N.B. Kadirov—favqulodda vaziyatlar vaziri oʻrinbosari22.M.A. Safarov—Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi oʻrinbosari23.S.S. Sayidov—Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi24.O.A. Xasanov—Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari25.S. Turdiyev—Oʻzbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash “Nuroniy” jamgʻarmasi boshqaruvi raisi26.A.A. Xaitov—Oʻzbekiston fermerlari kengashi raisi27.A.M. Muminov—Yoshlar ishlari agentligi direktori oʻrinbosari, Komissiya masʼul kotibi
Izoh: Komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi”.