Joylarda iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish surʼatlarini jadallashtirish, bu borada mahalliy boshqaruvni “aholi va tadbirkorlar manfaatlariga xizmat qilish” tamoyili asosida takomillashtirish, tuman (shahar) hokimliklarining dolzarb muammolarga tez yechim topish borasidagi vakolatlari va moliyaviy imkoniyatlarini kengaytirish, shuningdek, “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasida koʻzda tutilgan ustuvor vazifalarni izchil amalga oshirish maqsadida qaror qilaman:
I. Maqsadlar
1. Quyidagilar tuman (shahar) hokimliklari faoliyatini takomillashtirishning asosiy maqsadlari etib belgilansin:
(a) “aholi va tadbirkorlar manfaatlariga xizmat qilish” tamoyilini hayotga toʻliq joriy etish maqsadida tuman (shahar) hokimliklarini aholi va tadbirkorlarga kompleks xizmat koʻrsatuvchi zamonaviy tuzilmaga transformatsiya qilish;
(b) mahalliy ahamiyatga molik masalalarni mustaqil hal etishda tuman (shahar) hokimliklarining maʼmuriy vakolatlarini yanada kengaytirish;
(v) tuman (shahar) hokimlarining hududiy rivojlanishga oid ustuvor vazifalari va masʼuliyat doirasini aniq belgilash;
(g) hududlar oʻrtasida hamkorlikni tashkil etish va oʻzaro tajriba almashishning samarali mexanizmlarini joriy qilish.
II. Tuman (shahar) hokimliklarida boshqaruvning ixcham va natijadorlikka yoʻnaltirilgan samarali tizimini yoʻlga qoʻyish
2. 2026-yil 1-yanvardan boshlab tajriba-sinov tariqasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-oktabrdagi PQ-298-son qarorida belgilangan “Yangi Oʻzbekiston qiyofasidagi tuman (shahar)” maqomidagi 33 ta hamda Surxondaryo viloyatining qolgan barcha tuman (shahar)larida 1-ilovaga muvofiq respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining tuman (shahar) boʻlinmalari tuman (shahar) hokimliklari tuzilmasiga oʻtkazilsin.
3. Belgilansinki, tajriba-sinov davrida:
(a) respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining tuman (shahar) boʻlinmalari ularning amaldagi maqomi, xodimlarining mehnatiga haq toʻlash shartlari saqlangan holda tuman (shahar) hokimliklari tuzilmasiga oʻtkaziladi, yuridik shaxs maqomi boʻlmagan tashkilotlar xarajatlari tegishli tuman (shahar) hokimliklari tomonidan amalga oshiriladi;
(b) tuman (shahar) hokimlari respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining tuman (shahar) boʻlinmalari (keyingi oʻrinlarda — boʻlinmalar) faoliyati ustidan bevosita rahbarlikni amalga oshiradi, ularga yuklatilgan vazifa va funksiyalarning samarali bajarilishini tashkil etadi;
(v) tuman (shahar) hokimlariga:
(i) ajratilgan mablagʻlar va xodimlarning belgilangan cheklangan soni doirasida boʻlinmalarning shtat birliklarini mustaqil tasdiqlash va oʻzgartirish kiritish;
(ii) boʻlinmalar xodimlarini lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod etish, ularga nisbatan ragʻbatlantirish yoki intizomiy javobgarlikka tortish choralarini koʻrish huquqi beriladi.
4. Tajriba-sinov davrida boʻlinmalar faoliyatini tashkil etishning quyidagi tartibi oʻrnatilsin:
(a) respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari:
(i) tegishli sohalarda yagona davlat siyosatini amalga oshiradi, soha faoliyatini muvofiqlashtiradi va tartibga soladi, huquqni qoʻllash funksiyalarini amalga oshiradi;
(ii) boʻlinmalar faoliyatiga uslubiy jihatdan koʻmaklashadi;
(iii) boʻlinmalar xodimlarining malakasini oshirish boʻyicha choralar koʻradi;
(iv) tuman (shahar) hokimliklari tomonidan qoʻyilgan dolzarb masalalarga tez va aniq yechim topish boʻyicha ishlarni amalga oshiradi;
(v) tuman (shahar) hokimliklarining malakali kadrlarga boʻlgan ehtiyojini taʼminlashga koʻmaklashadi;
(b) respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar boʻlinmalari:
(i) boʻlinmalar faoliyati natijalarini tahlil qiladi va umumlashtiradi;
(ii) boʻlinmalar faoliyatini samarali tashkil qilishga koʻmaklashadi.
5. Belgilansinki:
(a) tajriba-sinov tatbiq etilayotgan tuman (shahar) hokimliklari boshqaruv apparatining tuzilmasi va shtatlari tuman (shahar) hokimining taqdimnomasiga binoan tegishli tuman (shahar) xalq deputatlari Kengashi tomonidan tasdiqlanadi;
(b) tajriba-sinov tatbiq etilayotgan tuman (shahar) hokimliklari boshqaruv apparati tuzilmasida:
(i) tashkiliy-kadr, axborot-tahlil, ijro nazorati, axborot xizmati, energiya menejmenti, raqamlashtirish ofisi, yuridik xizmat va moliya-iqtisod tarkibiy boʻlinmalari (lavozimlari);
(ii) strategik vazifalarni hal etadigan, hokimlik faoliyatini tashkiliy-texnik, axborot-tahlil, nazorat va protokol jihatdan taʼminlaydigan, boshqaruv apparati boʻlinmalari faoliyatini umumiy muvofiqlashtiradigan Ijro apparati rahbari lavozimi tashkil etilishi majburiy hisoblanadi.
6. Tajriba-sinov davrida shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
(a) hokim oʻrinbosarlarining cheklangan soni Surxondaryo viloyati hokimligida 6 nafar, tuman (shahar) hokimliklarida 4 nafar etib belgilanadi;
(b) hokimlarga hududni rivojlantirish rejalari, hudud ixtisoslashuvi va drayverlaridan kelib chiqib hokim oʻrinbosarlari masʼul boʻlgan yoʻnalishlarni belgilash huquqi beriladi;
(v) tuman (shahar) hokimining oʻrinbosarlari tegishli hokim tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi, bu xususda qabul qilingan qaror tuman (shahar) xalq deputatlari Kengashining tasdigʻiga kiritiladi;
(g) har bir hokim oʻrinbosari oʻzi muvofiqlashtiradigan yoʻnalish boʻyicha loyiha guruhlari tashkil etilishi mumkin. Bunda loyiha guruhlari:
(i) tegishli sohalarda istiqbolli loyihalarni ishlab chiqish, amalga oshirish va monitoringini yuritish bilan shugʻullanadi;
(ii) loyiha yoʻnalishidan kelib chiqib, tuman (shahar) tashkilotlari xodimlarini jalb qilish orqali tashkil etiladi;
(d) tuman (shahar) hokimliklari shtat birliklari 1 ta rahbarga kamida 3 ta xodim nisbatida shakllantiriladi.
III. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining hududiy rivojlanish boʻyicha salohiyatini kuchaytirish
7. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq tajriba-sinov tatbiq etilayotgan tuman (shahar) hokimlari va ularning oʻrinbosarlari:
(a) samaradorlikning eng muhim koʻrsatkichlariga (KPI) toʻliq erishgan taqdirda kelgusi yil uchun hududga “drayver” loyihalar infratuzilmasini yaratish uchun ajratiladigan mablagʻlar miqdori 15 foizga oshiriladi. Bunda qoʻshimcha mablagʻlar “drayver” loyihalar infratuzilmasini yaratish uchun rejalashtirilgan jami mablagʻlar doirasida ajratiladi;
(b) samaradorlikning eng muhim koʻrsatkichlariga (KPI) erishmagan taqdirda kelgusi yil uchun tegishli hududga “drayver” loyihalar infratuzilmasini yaratish uchun ajratiladigan mablagʻlar miqdori kamaytiriladi hamda tuman (shahar) hokimlari va ularning oʻrinbosarlari lavozimiga loyiqligi masalasi koʻrib chiqiladi.
8. Strategik islohotlar agentligi bir oy muddatda:
(a) 2026-yildan boshlab har yili har bir hududda navbatma-navbat tajriba almashish, hudud tadbirkorlarining oʻzaro muloqoti va hamkorlik munosabatlari shakllanishiga sharoit yaratish maqsadida Hududlararo iqtisodiy hamkorlik forumini oʻtkazishni nazarda tutuvchi tartibni tasdiqlash;
(b) Adliya vazirligi, Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti bilan birgalikda hududiy rivojlanish boʻyicha hamkorlikni kuchaytirish, mahalliy ahamiyatga ega muammoli masalalarga oʻzaro kelishilgan yechim topish hamda hududlararo tajriba almashish amaliyotini yoʻlga qoʻyish maqsadida Hududiy hamkorlik kengashi faoliyatini yoʻlga qoʻyish boʻyicha qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
IV. Tashkiliy chora-tadbirlar
9. Quyidagilar:
(a) Surxondaryo viloyati hokimligi boshqaruv apparatining tavsiyaviy tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;
(b) tuzilmasiga respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining tuman (shahar) boʻlinmalari oʻtkazilayotgan tuman (shahar) hokimliklari boshqaruv apparatining tavsiyaviy tuzilmasi 3.1-3.2-ilovalarga muvofiq;
(v) Tajriba-sinov davrida tuman (shahar) hokimliklari boshqaruv apparati tuzilmasiga oʻtkazilayotgan respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari tuman (shahar) boʻlinmalarining shtat birliklari 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
10. Adliya vazirligi va Boshqaruv samaradorligi agentligi 2026-yil 1-iyunga qadar:
(a) Strategik islohotlar agentligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti vakillaridan iborat ishchi guruh tuzgan holda va joylarda huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganish natijalari asosida “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunning yangi tahrirdagi loyihasini;
(b) mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari funksiyalarining ochiq reyestrini shakllantirish va uni doimiy yuritish tartibini nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini;
(v) Strategik islohotlar agentligi, Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti bilan birgalikda Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining malakali ekspertlarini hamda xalqaro tashkilotlarning moliyaviy-texnik koʻmagini jalb etgan holda 2030-yilga qadar davlat boshqaruvini nomarkazlashtirish strategiyasini tasdiqlashni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
V. Farmon ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
11. Boshqaruv samaradorligi agentligi:
(a) doimiy ravishda tajriba-sinov natijalarini oʻrganib borsin hamda uning tahlili, yangi tizimni takomillashtirish va boshqa hududlarda joriy qilish boʻyicha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritib borsin;
(b) Adliya vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda tuman (shahar) hokimlari va ularning oʻrinbosarlari rahbarligidagi komissiyalarni xatlovdan oʻtkazib, samarasiz faoliyat yuritayotgan komissiyalarni tugatish yoki boshqa davlat organlariga oʻtkazish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
12. Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda tajriba-sinov oʻtkazilayotgan tuman (shahar)larda hokimliklar ish faoliyatini tashkil etish boʻyicha vaqtinchalik tartibni tasdiqlasin.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 22-dekabrdagi “Mahalliy ijroiya hokimiyati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PQ-2691-son qaroriga 3-ilovaning “Boshqaruv xodimlarining cheklangan soni” ustunida:
(a) 2-pozitsiyadagi “66” raqami “71” raqami bilan almashtirilsin;
(b) “Jami” pozitsiyasidagi “868” raqami “873” raqami bilan almashtirilsin.
14. Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
15. Farmon ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2025-yil 21-oktabr,
PF-186-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-oktabrdagi PF-186-son Farmoniga1-ILOVA
Tajriba-sinov tariqasida tuman (shahar) boʻlinmalari tuman (shahar) hokimliklari tuzilmasiga oʻtkazilayotgan respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining
1.Iqtisodiyot va moliya vazirligi2.Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi3.Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi4.Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi5.Qishloq xoʻjaligi vazirligi6.Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi7.Madaniyat vazirligi8.Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi9.Yoshlar ishlari agentligi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-oktabrdagi PF-186-son Farmoniga2-ILOVA
Surxondaryo viloyati hokimligi boshqaruv apparatining
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-oktabrdagi PF-186-son Farmoniga3.1-ILOVA
Tajriba-sinov davrida tuman hokimliklari boshqaruv apparatining
Izoh. * Chegara tumanlarga tegishli.
Shtat birliklarini shakllantirishda rahbar xodimlar (rahbar va oʻrinbosarlari, maslahatchi, guruh, boʻlim boshliqlari va oʻrinbosarlari, shoʻba boshligʻi, oʻrinbosari) va ijrochilar (bosh mutaxassis, rahbar yordamchisi, yetakchi mutaxassis, mutaxassis) kamida 1/3 nisbatda boʻlishi lozim. Belgilangan masʼul xodimlar shtat birliklari soni 1 nafardan iborat boʻlganda bosh mutaxassis lavozimi kiritiladi.
Hokim oʻrinbosarlariga biriktiriladigan yoʻnalish va tashkilotlar tegishli tuman hokimi tomonidan belgilanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-oktabrdagi PF-186-son Farmoniga3.2-ILOVA
Tajriba-sinov davrida shahar hokimliklari boshqaruv apparatining
Izoh. * Chegara shaharlarga tegishli.
Shtat birliklarini shakllantirishda rahbar xodimlar (rahbar va oʻrinbosarlari, maslahatchi, guruh, boʻlim boshliqlari va oʻrinbosarlari, shoʻba boshligʻi, oʻrinbosari) va ijrochilar (bosh mutaxassis, rahbar yordamchisi, yetakchi mutaxassis, mutaxassis) kamida 1/3 nisbatda boʻlishi lozim. Belgilangan masʼul xodimlar shtat birliklari soni 1 nafardan iborat boʻlganda bosh mutaxassis lavozimi kiritiladi.
Hokim oʻrinbosarlariga biriktiriladigan yoʻnalish va tashkilotlar tegishli shahar hokimi tomonidan belgilanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-oktabrdagi PF-186-son Farmoniga4-ILOVA
Tajriba-sinov davrida tuman (shahar) hokimliklari boshqaruv apparati tuzilmasiga oʻtkazilayotgan respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari tuman (shahar) boʻlinmalarining shtat birliklari
T/rTuman (shahar) hokimligiAmaldagi shtat birliklari soniOʻtkazilayotgan shtat birliklari soniShundan *JamiIqtisodiyot va moliya boʻlimiInvestitsiyalarni jalb qilish va eksport shoʻbasiQishloq xoʻjaligi boʻlimiKambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimiQurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimiEkologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boʻlimiMadaniyat boʻlimiOila va xotin-qizlar boʻlimiYoshlar ishlari boʻlimiQoraqalpogʻiston Respublikasi1.Qoʻngʻirot tumani hokimligi2751131712571,7522,5782.Chimboy tumani hokimligi2446121712351,7522,570Andijon viloyati3.Asaka tumani hokimligi2350152612451,7522,5734.Shahrixon tumani hokimligi2453162713451,7522,577Buxoro viloyati5.Gʻijduvon tumani hokimligi2654162714451,7522,5806.Shofirkon tumani hokimligi2449131812361,7522,573Jizzax viloyati7.Gʻallaorol tumani hokimligi2349132612371,7522,5728.Zafarobod tumani hokimligi2045112811341,7522,565Qashqadaryo viloyati9.Yakkabogʻ tumani hokimligi2552151812461,7522,57710.Qamashi tumani hokimligi2450151812351,7522,574Navoiy viloyati11.Xatirchi tumani hokimligi2454152813461,7522,57812.Nurota tumani hokimligi1944122511351,7522,563Namangan viloyati13.Norin tumani hokimligi2445131612341,7522,56914.Kosonsoy tumani hokimligi2547141712341,7522,572Samarqand viloyati15.Bulungʻur tumani hokimligi2648132712441,7522,57416.Ishtixon tumani hokimligi2548151712341,7522,57317.Kattaqoʻrgʻon tumani hokimligi2552162812441,7522,57718.Payariq tumani hokimligi2654162812551,7522,580Surxondaryo viloyati19.Termiz shahar hokimligi234414211651,7522,56720.Angor tumani hokimligi2646121711451,7522,57221.Bandixon tumani hokimligi2641121611231,7522,56722.Boysun tumani hokimligi2644131511351,7522,57023.Denov tumani hokimligi3156162813551,7523,08724.Jarqoʻrgʻon tumani hokimligi2751152812441,7522,57825.Muzrabot tumani hokimligi2746121811441,7522,57326.Qumqoʻrgʻon tumani hokimligi2751152712451,7522,57827.Qiziriq tumani hokimligi2645121811341,7522,57128.Oltinsoy tumani hokimligi2646132612341,7522,57229.Sariosiyo tumani hokimligi2950152612451,7522,57930.Termiz tumani hokimligi2743111611351,7522,57031.Uzun tumani hokimligi2947131612451,7522,57632.Sherobod tumani hokimligi2950142812351,7522,57933.Shoʻrchi tumani hokimligi2649141712451,7522,575Sirdaryo viloyati34.Sirdaryo tumani hokimligi 2847132612351,7522,57535.Sardoba tumani hokimligi 1946111811451,7522,565Fargʻona viloyati36.Quva tumani hokimligi2450151713351,7522,57437.Margʻilon shahar hokimligi204213111651,7522,56238.Yozyovon tumani hokimligi2046122711351,7522,56639.Oʻzbekiston tumani hokimligi2351162613351,7522,574Xorazm viloyati40.Shovot tumani hokimligi2350141812451,7522,57341.Yangiariq tumani hokimligi2344122611341,7522,567Toshkent viloyati42.Yangiyoʻl shahar hokimligi183511110431,7522,55343.Boʻka tumani hokimligi2147121813341,7522,56844.Chirchiq shahri hokimligi214213211641,7522,56345.Chinoz tumani hokimligi2045121712341,7522,565Jami1 0992 1566086728753216621479901133 255
* Izoh: Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan tajriba-sinov davrida mazkur tuman (shahar) lar boʻyicha shtat birliklarini oʻzgartirishga yoʻl qoʻyilmaydi.