PF-232-son Farmon · 26.11.2025

Oʻzbekiston Respublikasida yuridik taʼlim va ilm-fanni yanada isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-232
  • Qabul qilingan sana:26.11.2025
  • Kuchga kirgan sana:27.11.2025
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 06/25/232/1102

“Taʼlim sifatini oshirish — Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotining yakkayu yagona toʻgʻri yoʻlidir” degan ustuvor gʻoya asosida zamonaviy xalqaro standartlarga javob beradigan yuqori malakali yuridik kadrlar tayyorlash sifatini yanada oshirish, yuridik taʼlim, ilm-fan va amaliyotning uzviy bogʻliqligini taʼminlash maqsadida qaror qilaman:

I. Maqsadlar

1. Quyidagilar yuridik taʼlim va ilm-fan rivojlanishida erishiladigan asosiy vazifalar etib belgilansin:

(a) yuridik taʼlim jarayonlarining amaliyot bilan uzviy bogʻliqligini taʼminlashga qaratilgan amaliy oʻqitish hamda klinik va dual taʼlim tamoyilini joriy etish;

(b) yuridik taʼlim tizimida taʼlim — tadqiqot — amaliyot integratsiyasini yoʻlga qoʻyish, boshqaruvda akademik-kollegial yondashuvlarni yanada kengaytirish;

(v) yuridik taʼlim samaradorligi va sifati ustidan nazoratni kuchaytirish;

(g) Toshkent davlat yuridik universitetining (keyingi oʻrinlarda — Universitet) 2030-yilga qadar nufuzli Quacquarelli Symonds reytingida huquq sohasi boʻyicha yuqori 1 000 talik universitetlar roʻyxatiga kirishini taʼminlash.

II. Taʼlim sifatini yanada kuchaytirish va oʻquv jarayonlariga sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy qilish

2. 2026/2027 oʻquv yilidan boshlab Universitetda tajriba tariqasida amaliy oʻqitish hamda klinik va dual taʼlim tamoyili asosida taʼlim olish tizimi joriy etilsin. Bunda:

(a) ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi kurs talabalari uchun yuridik taʼlim dasturlarining 50 foizi (nazariy qismlari) auditoriyalarda, 50 foizi (amaliyot qismi) sud, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va boshqa yuridik sohaga oid tashkilotlarda oʻtkaziladi;

(b) taʼlim dasturlarining nazariy qismlarini amaliy misollar asosida oʻqitish (problem-based learning) orqali talabada muammoli vaziyatni tahlil va xulosa qilish kabi “yumshoq” koʻnikmalar (soft skills) va nazariy bilimlarni shakllantirishga eʼtibor qaratiladi;

(v) taʼlim dasturlarining amaliy qismlari sud, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, advokatura, konsalting va sohaga doir boshqa tashkilotlarda, shuningdek, yuridik klinikada klinik seminarlar oʻtkazish orqali olib boriladi.

3. 2027/2028 oʻquv yilidan boshlab “Yurisprudensiya” taʼlim yoʻnalishi mavjud boshqa davlat oliy taʼlim tashkilotlarida Universitet tajribasi natijalaridan kelib chiqib, amaliy oʻqitish hamda klinik va dual taʼlim tamoyili asosida taʼlim olish tizimi yoʻlga qoʻyilsin.

4. Universitetda taʼlim — tadqiqot — amaliyot integratsiyasini taʼminlash maqsadida sohaviy fakultetlar tizimi akademik departament, tadqiqot, amaliyot va karyera markazlaridan iborat tarkibda shakllantirilsin. Belgilansinki:

(a) Universitet kafedralari negizida ilmiy-tadqiqot va amaliyotga asoslangan, yuqori sifatli taʼlim berishga yoʻnaltirilgan akademik departamentlar va ular tarkibida shoʻbalar quyidagi tartibda tashkil etiladi:

(i) akademik departamentlar taʼlim yoʻnalishi boʻyicha kadrlarga boʻlgan talabni aniqlash orqali taʼlim va fan dasturlarini ishlab chiqadi, oʻquv jarayonlarini sifatli tashkil etishga masʼul hisoblanadi;

(ii) akademik departamentlar shoʻbalari sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlarda ham tashkil etiladi hamda taʼlim dasturlari tegishli tashkilotlar xodimlari ishtirokida amaliyotdan kelib chiqib takomillashtirib boriladi;

(b) tadqiqot markazlari fakultetlar yoʻnalishidan kelib chiqib:

(i) ilmiy xodimlardan iborat boʻladi, huquqni qoʻllash amaliyotida yuzaga kelayotgan muammo va kamchiliklarni ilmiy yondashuvlar asosida tadqiq qiladi, natijalarini oʻquv jarayoni va amaliyotga joriy etish boʻyicha takliflar va ilmiy-uslubiy qoʻllanmalar ishlab chiqadi;

(ii) fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqot loyihalari hamda buyurtmalar asosida tegishli sohaga doir qonun hujjatlari loyihalarining ilmiy ekspertizasini amalga oshiradi, maqsadli ilmiy tadqiqot loyihalari orqali dolzarb muammolarning ilmiy yechimlarini ishlab chiqadi;

(v) amaliyot va karyera markazlari fakultet talabalari amaliyotini, klinik va dual taʼlimni sud, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, advokatura, konsalting va sohaga doir boshqa tashkilotlarda tashkil etadi hamda bitiruvchilarning bandligini taʼminlashga koʻmaklashadi;

(g) mazkur tizimda fakultet dekanlari, departament boshliqlari va markaz rahbarlarini saylash amaliyoti joriy etilib:

(i) saylovlar Universitet kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlanadigan tartib asosida oʻtkaziladi;

(ii) fakultet dekanlari, departament boshliqlari va tadqiqot markazi rahbarlari ikki oʻquv yiliga saylanadi hamda bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq mazkur lavozimlarga saylanishi mumkin emas;

(iii) akademik departamentlar boshliqlari va markazlar rahbarlari fakultet dekani oʻrinbosarlari hisoblanadi;

(iv) shoʻbalar professor-oʻqituvchilar tarkibidan iborat boʻlib, ularning rahbarlari kafedra mudirlariga tenglashtiriladi;

(d) Universitetning amaldagi tarkibiy boʻlinmalarining tegishli vakolat va funksiyalari fakultetlarga oʻtkazilishi hisobiga ularning shtat birliklari qisqartiriladi va ularda faqatgina tegishli yoʻnalishlar boʻyicha muvofiqlashtirish va umumlashtirish funksiyalari qoldiriladi;

(j) mazkur oʻzgarishlar doirasida fakultet boshqaruv xodimlari tomonidan professor-oʻqituvchilarga ularning yuklamalarida nazarda tutilmagan vazifa va topshiriqlar berilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

5. 2026-yil 1-iyuldan boshlab:

(a) Universitetda quyidagilarni nazarda tutuvchi “Universitet 5.0” konsepsiyasi asosida barqaror rivojlanishga qaratilgan taʼlim muhiti shakllantirilsin:

(i) talabalarga yoʻnaltirilgan taʼlim jarayoni orqali ularning ijodiy salohiyatini doimiy rivojlantirish hamda ijtimoiy masalalarni yechishga qodir boʻlgan mutaxassislar tayyorlash;

(ii) Universitet akademik mustaqilligini taʼminlash doirasida kollegial organlarning boshqaruvdagi rolini oshirish;

(iii) taʼlim jarayonlarida zamonaviy texnologiyalar, sunʼiy intellekt va inson kapitalini rivojlantirishga qaratilgan insonparvarlik qadriyatlarini oʻzaro muvozanatli integratsiyalashga qaratilgan innovatsion ekotizim yaratish;

(b) Universitetda taʼlim dasturlari, taʼlim va boshqaruv jarayoniga quyidagilar orqali sohadagi xalqaro standartlar joriy etilsin:

(i) Universitet va taʼlim dasturlarini xalqaro institutsional va dasturiy akkreditatsiyadan oʻtkazish;

(ii) talabalarga fan va oʻqituvchilarni tanlash uchun keng imkoniyatlar yaratish orqali professor-oʻqituvchilar oʻrtasida raqobat muhitini shakllantirish;

(v) Universitet uchinchi va toʻrtinchi kurs talabalarini davlat tashkilotlariga, notariat va advokatlik tuzilmalariga ish yurituvchi, yuriskonsult yordamchisi sifatida ishga qabul qilishga ruxsat etilsin.

6. Taʼlim jarayonlariga sunʼiy intellektni joriy etish, huquqiy texnologiya va raqamli huquq yoʻnalishlarini rivojlantirish maqsadida 2026/2027 oʻquv yilidan boshlab:

(a) Universitetda sunʼiy intellekt asosida dars sifatini baholash tartibi joriy etilsin. Bunda elektron taʼlim platformasida:

(i) talabalarning oraliq bilimi darajasini aniqlash mexanizmi belgilanadi;

(ii) yakuniy nazorat ishlarini sunʼiy intellekt tomonidan baholash yoʻlga qoʻyilib, inson omili cheklanadi;

(iii) sunʼiy intellekt texnologiyalari asosida tyutorlik faoliyati talaba koʻmakchisi sifatida joriy etiladi;

(iv) fan oʻqituvchisining dars oʻtishini baholash yoʻlga qoʻyiladi;

(b) Universitetda “Raqamli huquq” (Digital Law) xalqaro taʼlim yoʻnalishi joriy etilsin. Bunda:

(i) mazkur yoʻnalishga oʻqishga qabul qilish tanlovlari xalqaro standartlarga muvofiq ixtisoslashgan xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikda IQ test tartibida oʻtkaziladi va tanlovda chet tillari boʻyicha B2 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega shaxslar ishtirok etadi;

(ii) oʻquv jarayoni ingliz va boshqa tillarda olib boriladi;

(iii) oʻquv jarayoniga yetuk xorijiy professor-oʻqituvchilar jalb etiladi.

III. Yuridik taʼlim jarayonlarini yangi bosqichga olib chiqish va taʼlim sifati nazoratini yanada kuchaytirish

7. 2026/2027 oʻquv yilidan boshlab:

(a) Universitetga belgilangan tartiblar asosida qabul qilinadigan Universitet huzuridagi akademik litseylar, yuridik texnikumlar bitiruvchilari hamda oliy maʼlumotga ega boʻlgan shaxslar uchun ular tanloviga koʻra kirish mumkin boʻlgan bakalavr taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha kadrlarni tayyorlashning maxsus uch yillik taʼlim dasturi joriy etilsin, ularni qabul qilish va oʻqitish alohida qabul kvotasi va toʻlov-kontrakt asosida amalga oshirilishi belgilansin;

(b) Universitetda biznesni huquqiy boshqarish va tadbirkorlik faoliyati uchun kadrlar tayyorlashga zamonaviy yondashuvlarni joriy qilish, mazkur masalalarda huquqiy infratuzilmani takomillashtirish maqsadida:

(i) “Korporativ huquq va boshqaruv” taʼlim mutaxassisligi amaldagi va qoʻshimcha kvotalar doirasida;

(ii) tadbirkorlik faoliyatida huquqiy bilim va koʻnikmalarni shakllantirishga qaratilgan “Master of Legal Administration” (MLA) bir yillik oʻquv dasturi joriy etilsin;

(v) Qashqadaryo yuridik texnikumi negizida Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi akademik litseyni tashkil etish toʻgʻrisidagi taklif maʼqullansin;

(g) belgilansinki, Universitet huzuridagi akademik litseylarda:

(i) tijorat guruhlari tashkil etilishiga;

(ii) oʻqituvchilar va xodimlarga Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan ustamalar tayinlashga ruxsat etiladi.

8. Taʼlimning barcha bosqichlarida yuridik taʼlimni rivojlantirish maqsadida 2026/2027 oʻquv yilidan boshlab:

(a) umumiy oʻrta taʼlim maktablarining 5 — 7-sinflarida tarbiya fani doirasida oʻquvchilarning huquqiy ongini shakllantirishga qaratilgan mavzularda vizual (komiks) kontentlardan foydalanish yoʻlga qoʻyilsin;

(b) “Yurisprudensiya” hamda “Davlat va jamiyat boshqaruvi” taʼlim yoʻnalishida bakalavr darajasiga ega boʻlgan shaxslarga qayta tayyorlov kurslaridan oʻtmasdan umumiy oʻrta taʼlim maktablarida davlat va huquq asoslari fani boʻyicha dars berishga ruxsat etilsin;

(v) huquq fanidan bilish darajasini baholash boʻyicha test sinovini tashkil etish hamda uning natijalari asosida davlat namunasidagi sertifikat berish tartibi joriy etilsin.

9. Yuridik taʼlim samaradorligi va sifati ustidan nazoratni kuchaytirish maqsadida 2026-yil 1-martdan boshlab:

(a) abituriyentlarni “Yurisprudensiya” taʼlim yoʻnalishlariga oʻqishga qabul qilishda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiylari, ichki ishlar va bojxona organlari xodimlari, fan olimpiadalari gʻoliblari, ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarga tatbiq etiladigan imtiyozlardan tashqari “Yurisprudensiya” taʼlim yoʻnalishiga aloqador boʻlmagan oliy taʼlim tashkilotlariga kirishdagi qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan imtiyozlar tatbiq etilishi toʻxtatilsin;

(9-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 27-avgustdagi PF-174-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.09.2026-y., 06/26/174/0881-son)

(b) Universitetda “Yurisprudensiya” bakalavriat taʼlim yoʻnalishidan boshqa turdosh taʼlim yoʻnalishlari bitiruvchilari uchun ikki yillik magistratura mutaxassisligi joriy qilinsin.

IV. Universitet boshqaruvida akademik-kollegial yondashuvlarni joriy qilish, ilmiy tadqiqotlar va amaliyot integratsiyasini taʼminlash

10. Universitet boshqaruvida professor-oʻqituvchilarning rolini oshirish, qarorlar qabul qilishda kollegial yondashuvlarni yanada kengaytirish maqsadida Universitet professorlar kengashi (Senate of Professors) tashkil etilsin va unga quyidagi vakolatlar berilsin:

(a) Universitetni uzoq va oʻrta muddatli strategik rivojlantirish dasturini tasdiqlash;

(b) xalqaro eʼtirof etilgan tashkilotlar reytingining yuqori oʻrinlaridan joy olish boʻyicha maqsadli choralarni belgilash;

(v) huquq sohasidagi dolzarb ilmiy tadqiqotlarning, ilm-fanni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilash;

(g) akademik halollik va tadqiqot etikasi standartlarini tasdiqlash;

(d) vakolatlari doirasidagi masalalarni koʻrib chiqish uchun oʻz tarkibida qoʻmitalar tuzish va ularning aʼzolarini saylash.

11. Universitet professor-oʻqituvchi va doktorantlari faoliyatining amaliyotdagi oʻzgarishlar bilan uzviy bogʻliqligini taʼminlash maqsadida 2026-yil 1-yanvardan boshlab:

(a) Universitet professor-oʻqituvchi va doktorantlari uchun tegishliligicha sud, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, davlat organlarida har haftada kamida bir marotaba stajirovka oʻtash va amaliy muammolarni joyiga chiqib oʻrganish tizimi yoʻlga qoʻyilsin;

(b) huquq sohasidagi ilmiy tadqiqotlar natijalari uchun takliflar tegishliligicha parlament, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, sud va huquqni muhofaza qiluvchi va boshqa davlat organlarida muhokamadan oʻtkazib borilsin;

(v) Universitetning tadqiqot markazlari tomonidan tegishli soha va yoʻnalishlar boʻyicha qonun loyihalari hamda xalqaro huquqiy hujjatlarga qoʻshilish boʻyicha qonun loyihalarini ilmiy ekspertizasini oʻtkazishga ruxsat etilsin.

V. Farmon ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat

12. Yuridik taʼlim va ilm-fanni yanada isloh qilish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.

14. Adliya vazirligi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

15. Ushbu Farmon ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib adliya vaziri A.D. Tashkulov belgilansin.

16. Mazkur Farmon ijrosini monitoring qilib borish rejasi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Bunda:

(a) Adliya vazirligi Farmon ijrosini monitoring rejasiga asosan har yili 15-fevralga qadar monitoringdan oʻtkazsin hamda monitoring natijalarini Hisob palatasiga kiritib borsin;

(b) Hisob palatasi Adliya vazirligi bilan birgalikda monitoring rejasi asosida Farmon ijrosini nazorat qilsin hamda har yili 25-fevralga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot kiritib borsin;

(v) “Ijro.gov.uz” tizimida Farmon ijrosini nazoratdan yechishda monitoring rejasida koʻrsatilgan maqsadlarga erishilganligi inobatga olinsin.

17. Farmon ijrosini nazorat qilish va ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish departamenti boshligʻi A.B. Samadov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2025-yil 26-noyabr,

PF-232-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-noyabrdagi PF-232-son Farmoniga1-ILOVA

Yuridik taʼlim va ilm-fanni yanada isloh qilish boʻyicha

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-noyabrdagi PF-232-son Farmoniga2-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 12-iyundagi “Oliy taʼlim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-4732-son Farmonida:

(a) 3-bandning ikkinchi xatboshisidan “oliy” soʻzi chiqarib tashlansin;

(b) 1-ilovada:

nomlanishidan “oliy” soʻzi chiqarib tashlansin;

15-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“15.Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutiYurisprudensiyaHuquqshunoslik”.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasida yuridik taʼlim va fanni tubdan takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-5987-son Farmonida:

(a) 9-bandning toʻrtinchi va beshinchi xatboshilaridagi, 10-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi, 16-bandning beshinchi xatboshisidagi hamda 17-bandning uchinchi va toʻrtinchi xatboshilaridagi tegishli kelishikdagi “litsey” soʻzi tegishli kelishikdagi “litseylar” soʻzi bilan almashtirilsin;

(b) 11-bandda:

uchinchi — beshinchi, sakkizinchi va toʻqqizinchi xatboshilardagi tegishli kelishikdagi “litsey” soʻzi tegishli kelishikdagi “litseylar” soʻzi bilan almashtirilsin;

oʻn birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishilgan holda moliya yili uchun TDYU va TDYU huzuridagi akademik litseylarning daromadlar va xarajatlar smetasini, shtat jadvalini, biznes-rejasini tasdiqlash, ularga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, bino va inshootlarni kapital taʼmirlash, rekonstruksiya qilish, xodimlariga ish haqini toʻlash tizimi va tartibini belgilash”;

(v) 15-bandda:

“a” kichik bandning toʻrtinchi xatboshisi hamda “b” kichik banddagi tegishli kelishikdagi “litsey” soʻzi tegishli kelishikdagi “litseylar” soʻzi bilan almashtirilsin;

“v” kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“v) 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab TDYU huzuridagi akademik litseylarning barcha fanlar boʻyicha yuqori natijalarga ega bitiruvchilari “yurisprudensiya” yoʻnalishidagi oliy taʼlim tashkilotlariga kirish test sinovlarisiz, yakka tartibda suhbat oʻtkazish orqali, toʻlov-kontrakt asosida qabul parametrlaridan tashqari kirish huquqiga ega.

Bunda mazkur tartib 2025/2026 oʻquv yiliga qadar Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi akademik litseylarga qabul qilingan oʻquvchilarga nisbatan tatbiq etiladi”;

(g) 2-ilovaning 24-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2022 — 2025-yillarda normativ-huquqiy hujjatlarni qonunchilik tarmoqlari boʻyicha tizimlashtirish dasturining 8-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi “Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish toʻgʻrisida”gi PF-80-son Farmoni 10-bandining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Namangan va Samarqand viloyatlari yuridik texnikumlari negizida Toshkent davlat yuridik universitetining akademik litseylarini tashkil qilish hamda ularning 2024/2025 oʻquv yilida qabul qilingan iqtidorli bitiruvchilarini “yurisprudensiya” yoʻnalishidagi oliy taʼlim muassasalariga suhbat asosida test sinovlarisiz qabul qilish”.

5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 28-maydagi “Malakali pedagog kadrlar tayyorlash hamda oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarini shunday kadrlar bilan taʼminlash tizimini yanada takomillashtirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-1761-son qarorida:

(a) 10-banddan “oliy” soʻzi chiqarib tashlansin;

(b) 2-ilovaning rus tilidagi matnida:

nomlanishidan “visshix” soʻzi chiqarib tashlansin;

32-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“32.Institut perepodgotovki i povisheniya kvalifikatsii yuridicheskix kadrov pri Ministerstve yustitsii Respubliki UzbekistanPravovedeniyeRespublika Karakalpakstan, oblasti i g. Tashkent”.

6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son qarori bilan tasdiqlangan Xorijiy mamlakatlarga xizmat safariga chiqishi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli tarkibiy boʻlinmalari bilan maxsus kelishuvni talab qiladigan mansabdor shaxslar roʻyxatining 3-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“3. Oʻzbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi, Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti, Toshkent davlat yuridik universiteti, X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi, Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti, Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi rahbarlari”.

7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 19-yanvardagi PQ-2733-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmati toʻgʻrisidagi nizomda:

(a) 7-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilaridagi “Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar boʻyicha professional oʻqitish markazida” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida” soʻzlari bilan almashtirilsin;

(b) 9-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar boʻyicha professional oʻqitish markazida” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida” soʻzlari bilan almashtirilsin.

8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 28-apreldagi “Toshkent davlat yuridik universitetida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2932-son qarorining 4-bandida:

(a) birinchi xatboshi chiqarib tashlansin;

(b) ikkinchi xatboshi birinchi xatboshi deb hisoblansin;

(v) birinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar boʻyicha professional oʻqitish markazining” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutining” soʻzlari bilan almashtirilsin.

9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-dekabrdagi “Iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimi va akademik litseylar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4910-son qarorida:

(a) 11-bandda:

uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;

toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar tegishincha uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar deb hisoblansin;

(b) 17-bandning “a” kichik bandi uchinchi xatboshisidagi “direktorining” soʻzi “direktori hamda direktorning” soʻzlari bilan almashtirilsin.

10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-maydagi “2030-yilgacha boʻlgan davrda aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PQ-184-son qarorida:

(a) 1-ilova 7-bandining “m” kichik bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;

(b) 2-ilovaning 33-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-noyabrdagi PF-232-son Farmoniga3-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida yuridik taʼlim va ilm-fanni yanada isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-232-son Farmoni ijrosini monitoring qilish

T/rIndikator (subindikator) nomiOʻlchov birligiJoriy holat(yillik)Maqsadli koʻrsatkichlarMaʼlumot berishga masʼul idoralar202520262027202820292030123678910111213MAQSAD: AMALIY OʻQITISH VA “KLINIK VA DUAL TAʼLIM” TAMOYILINI JORIY ETISHI. Resurs koʻrsatkichlari1.1.Taʼlim dasturlarining amaliy qismlarini oʻtish uchun sud, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, advokatura, konsalting va sohaga doir boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik bitimlarini tuzishson10121416182022Oliy sud,Bosh prokuratura,Ichki ishlar vazirligi,Adliya vazirligi,Advokatlar palatasi,Notarial palata,manfaatdor vazirlik va idoralar1.2.Taʼlim dasturlarining nazariy qismlarini huquqni qoʻllash amaliyoti bilan bosqichma-bosqich uygʻunlashtirib borishfoiz101520407090100TDYUII. Amaliyot koʻrsatkichlari2.1.Taʼlim dasturlarining amaliy qismlarini oʻtish uchun hamkorlik oʻrnatilgan sud, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, advokatura, konsalting va sohaga doir boshqa tashkilotlar ulushison100150180210240270300Oliy sud,Bosh prokuratura,Ichki ishlar vazirligi,Adliya vazirligi,Advokatlar palatasi,Notarial palata,manfaatdor vazirlik va idoralar2.2.Amaliyotdan kelib chiqib takomillash-tirilgan modullar kontentifoiz305060708090100TDYU2.3.Taʼlim jarayoniga jalb etilgan amaliyotchi xodimlarnafar6070110150200220250TDYUIII. Natijadorlik koʻrsatkichlari3.Ish beruvchilar tomonidan ijobiy baholangan bitiruvchilar ulushifoiz--7075808590Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,TDYUMAQSAD: “TAʼLIM — TADQIQOT — AMALIYOT” INTEGRATSIYASINI YOʻLGA QOʻYISHI. Resurs koʻrsatkichlari4.Akademik departamentlar tarkibida kichik yoʻnalish shoʻbalarini tashkil etishson002022242730TDYUII. Amaliyot koʻrsatkichlari5.1.Boshqa tashkilotlar tomonidan ishlab chiqilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqishson44445065707580Adliya vazirligi,TDYU5.2.Amaliyotga joriy etilgan takliflarson30355055606570TDYUIII. Natijadorlik koʻrsatkichlari6.Faoliyatni ijobiy baholagan hamkor davlat organlari va boshqa amaliyot tashkilotlarifoiz--5065707580Adliya vazirligi,TDYUMAQSAD: YURIDIK TAʼLIM SAMARADORLIGI VA SIFATI NAZORATINI KUCHAYTIRISHI. Resurs koʻrsatkichlari7.1.Sifat siyosati va ichki reglamentlarni tanqidiy koʻrib chiqib, qayta qabul qilishfoiz606570758090100TDYU7.2.Taʼlim sifati treninglaridan oʻtgan professor oʻqituvchilarnafar304050607080100TDYUII. Amaliyot koʻrsatkichlari8.1.Double-marking/peer-review amaliyoti qoʻllangan yakuniy ishlarfoiz003040506070TDYU8.2.Sunʼiy intellekt yordamida baholash qoʻllanilgan modullarfoiz003050708090TDYU8.3.Baholash yuzasidan apellyatsiyalarni koʻrib chiqishning oʻrtacha muddatikun7776543TDYU8.4.Antiplagiat tekshiruvlaridan oʻtgan ishlarfoiz003040506070TDYU8.5.QAA va boshqa nufuzli tashkilotlar talablariga muvofiq oʻtkazilgan ichki auditlarson1233445TDYUIII. Natijadorlik koʻrsatkichlari9.1.Bitiruvchilarning 6 oy ichida sohada bandligifoiz60657075808590Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,TDYU9.2.Xalqaro olimpiada va tanlovlarda sovrinli oʻrinlarson445691215Adliya vazirligi, TDYUMAQSAD: TOSHKENT DAVLAT YURIDIK UNIVERSITETINING 2030-YILGA QADAR NUFUZLI QUACQUARELLI SYMONDS REYTINGIDA HUQUQ SOHASI BOʻYICHA “TOP-1000” UNIVERSITETLAR QATORIGA KIRISHINI TAʼMINLASHI. Resurs koʻrsatkichlari10.1.Xalqaro akkreditatsiyadan oʻtgan taʼlim dasturlari ulushison---1358TDYU10.2.Xorijiy professor-oʻqituvchilar ulushifoiz1358101215TDYU10.3.Qoʻshma taʼlim dasturlari soni (shu jumladan, franshizing va akkreditatsiya asosida oʻqitish)son88910111213Adliya vazirligi,Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,TDYU10.4.Taʼlim va ilm-fan sohasiga oid xalqaro tashkilotlarda faol aʼzolikson22357910Adliya vazirligi,TDYUII. Amaliyot koʻrsatkichlari11.1.Scopus bazasida indeksatsiyalangan maqolalarson4044507090110130TDYU11.2.Scopus bazasida sitatalarson20203040506070TDYU11.3.“Oʻzbekiston huquqiy tizimi” xalqaro qisqa muddatli kursdan oʻtgan xorijiy mutaxassislarnafar-81012141620Adliya vazirligi,TDYUIII. Natijadorlik koʻrsatkichlari12.TDYUning QS reytingida huquq sohasi boʻyicha oʻrnioʻrin------Top-1000Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,TDYU

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.