PF-243-son Farmon · 06.12.2025

Davlat xizmatida boshqaruv samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-243
  • Qabul qilingan sana:06.12.2025
  • Kuchga kirgan sana:09.12.2025
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 06/25/243/1128

[Koʻchirma]

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-iyuldagi “Davlat boshqaruvi tizimida samaradorlik, proaktivlik va natijadorlikni oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-111-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida qaror qilaman:

I. Asosiy maqsadlar

1. Belgilansinki, ushbu Farmonning asosiy maqsadlari davlat organlarida natijaga asoslangan boshqaruv tizimini joriy etish, hududlarda yangi imkoniyatlarni aniqlash va boshqaruv samaradorligini oshirish, davlat organlarida inson resurslari bilan ishlash tizimini takomillashtirish hisoblanadi.

II. Davlat xizmatida boshqaruv samaradorligini oshirish

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi negizida tashkil etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin hamda uning huquqiy vorisi etib belgilansin.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

4. 2026-yil 1-yanvardan boshlab Agentlikning umumiy muvofiqlashtiruvi ostida Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Namangan va Surxondaryo viloyatlari hokimliklarida hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-oktabrdagi PQ-298-son qarorida belgilangan “Yangi Oʻzbekiston qiyofasidagi tuman (shahar)” maqomidagi 33 ta tuman (shahar) hokimliklarida tajriba-sinov tariqasida quyidagilarni nazarda tutuvchi natijaga asoslangan boshqaruv tizimi joriy etilsin:

(a) davlat organlari faoliyatining maqsadli koʻrsatkichlari va indikatorlari ularga qoʻyilgan vazifalar asosida Agentlik tomonidan shakllantiriladi hamda Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi;

(b) Agentlik:

(i) natijaga asoslangan boshqaruv modelini ishlab chiqadi hamda uning joriy etilishini uslubiy jihatdan muvofiqlashtiradi;

(ii) maqsadli koʻrsatkichlarga erishilganligini “samaradorlik.gov.uz” elektron platformasi orqali baholashni tashkil etadi;

(iii) tegishli vazifalarni bajarish va maqsadli koʻrsatkichlarga erishishda kadrlar salohiyatini rivojlantirishga koʻmaklashadi;

(iv) davlat organlari tomonidan vazifa va funksiyalarni amalga oshirishda moliyaviy resurslardan samarali foydalanilishini tahlil qiladi hamda biznes jarayonlarni qayta koʻrib chiqib, samaradorlikni oshirish choralarini koʻradi;

(v) davlat fuqarolik xizmati lavozimlarini egallash uchun tanlovlarda zamonaviy yondashuv, zarur hollarda, qoʻshimcha bosqichlarni joriy etadi;

(v) vazirlik va idoralarning birinchi rahbarlari:

(i) sohaviy darajada natijalarga erishilishi uchun shaxsan javobgar hisoblanadi;

(ii) xodimlarning shaxsiy natijadorligi asosida ularni ragʻbatlantirish yoki ularga intizomiy jazo chorasini qoʻllash masalasini hal etadi;

(g) rahbar oʻrinbosarlaridan biri natijadorlik boʻyicha masʼul (Chief Evaluation Officer — CEO) etib belgilanadi hamda unga quyidagi vazifalar yuklanadi:

(i) oʻziga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish yuzasidan davlat organlarining strategik rejalashtirish, axborot-tahlil va boshqa tarkibiy tuzilmalari faoliyatini muvofiqlashtirish;

(ii) davlat organlari faoliyatida belgilangan natijalarga erishilishi yuzasidan monitoring olib borish va samaradorlikni oshirish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish.

5. Davlat boshqaruvida “vazifa — funksiya — resurs — javobgarlik” zanjiri asosida samaradorlikni oshirish boʻyicha quyidagilarni nazarda tutuvchi tadbirlar rejasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:

(a) davlat organlarining vazifa va funksiyalarini quyidagi 5 ta darajaga ajratish:

(i) konstitutsiyaviy va milliy daraja;

(ii) respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari darajasi;

(iii) hududiy daraja;

(iv) tuman (shahar) darajasi;

(v) mahalla (qishloq, ovul) fuqarolar yigʻini darajasi;

(b) moliyaviy resurslar va shtatlar sonini vazifa va funksiyalardan kelib chiqqan holda taqsimlash;

(v) natija uchun masʼuliyat va javobgarlikni har bir vazifa hamda funksiya boʻyicha alohida belgilash;

(g) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-oktabrdagi PF-186-son Farmoni ijrosining tahlili asosida respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari hududiy boʻlinmalarining bir vaqtning oʻzida yuqori turuvchi tashkilotga va hokimlikka boʻysunuvini bekor qilish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.

III. Davlat xizmatida korrupsiyaviy xavf-xatarlarning oldini olish

6. 2026-yil 1-yanvardan boshlab “Yangi Oʻzbekiston qiyofasidagi tuman (shahar)” maqomidagi 33 ta tuman (shahar)da faoliyat yurituvchi davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etilsin. Bunda:

(a) respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining tuman (shahar) boʻlinma rahbari hamda tuman (shahar) hokimi va uning oʻrinbosarlari har besh yilda, qoida tariqasida, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahri doirasida boshqa tuman (shahar)ga rotatsiya qilinadi;

(b) rotatsiya qilinadigan rahbarlar Agentlikning “hrm.gov.uz” elektron platformasi orqali aniqlanadi. Bunda Agentlikning rotatsiya qilish boʻyicha koʻrsatmasi davlat organlari uchun majburiy hisoblanadi;

(v) rahbar yangi hududga oʻtishdan oldin hududning iqtisodiy va ijtimoiy holati boʻyicha intensiv kursda oʻqitiladi;

(g) rotatsiya qilingan rahbar faoliyati Agentlik tomonidan elektron platforma orqali onlayn tarzda monitoring qilinadi;

(d) rotatsiya jarayonlari Agentlik tomonidan muvofiqlashtiriladi.

7. Davlat organlarida xodimlarning korrupsiyaga qarshi barqarorlik darajasini diagnostikadan oʻtkazish tizimi joriy etilsin, unga koʻra:

(a) quyidagilar diagnostikadan oʻtkaziladi:

(i) 2026-yil 1-yanvardan boshlab korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalarining rahbarlari va masʼul xodimlari hamda ushbu lavozimlarga nomzodlar;

(ii) 2026-yil 1-iyundan boshlab sohalar nazoratiga masʼul inspeksiyalarda korrupsiyaviy xavf-xatar darajasi “yuqori” va “oʻrta” boʻlgan funksiyalar yuklatilgan lavozimlarda faoliyat yuritayotgan xodimlar hamda ushbu lavozimlarga nomzodlar;

(iii) 2027-yil 1-yanvardan boshlab boshqa davlat organlarida korrupsiyaviy xavf-xatar darajasi “yuqori” va “oʻrta” boʻlgan funksiyalar yuklatilgan lavozimlarda faoliyat yuritayotgan xodimlar va ushbu lavozimlarga nomzodlar;

(b) diagnostika Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining buyurtmasiga muvofiq Agentlik huzuridagi Rahbar kadrlarni baholash markazi tomonidan oʻtkaziladi. Bunda xodimlarni diagnostikadan oʻtkazish xarajatlari tegishli davlat organi tomonidan qoplanadi;

(v) diagnostika natijasiga koʻra xodimning korrupsiyaga barqarorlik darajasi “past” deb baholanishi mazkur lavozimda mehnatga oid munosabatlarni davom ettirishiga monelik qiluvchi holat hisoblanadi hamda xodim korrupsiyaviy xavf-xatar darajasi “past” boʻlgan boshqa lavozimga majburiy ravishda rotatsiya qilinadi.

IV. Davlat organlarida inson resurslari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish

8. Davlat organlarida boʻsh boʻlgan davlat fuqarolik xizmati lavozimlarini egallashda quyidagilarni nazarda tutuvchi yangicha tizim joriy etiladi, unga koʻra 2026-yil 1-martdan boshlab:

(a) davlat fuqarolik xizmatida mavjud boʻsh ish oʻrinlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar “vacancy.gov.uz” elektron platformasida eʼlon qilinadi;

(b) fuqarolarga oʻzlariga maʼqul keladigan mutaxassislik, lavozim va ish haqiga oid talablarni belgilagan holda “vacancy.gov.uz” elektron platformasida “ish qidiruvchi” maqomida roʻyxatdan oʻtish imkoniyati yaratiladi;

(v) “vacancy.gov.uz” elektron platformasida roʻyxatdan oʻtgan va davlat fuqarolik xizmatiga kirish boʻyicha test sinovidan muvaffaqiyatli oʻtgan fuqarolar ushbu platformada mavjud boʻsh ish oʻrinlariga daʼvogarlik qilishi mumkin boʻladi. Bunda:

(i) fuqarolarga test sinovlarini shaxsni tasdiqlash va sinovlarni nazorat qilishning maxsus onlayn tizimi orqali yoki Agentlikning maxsus jihozlangan xonalarida topshirish imkoniyati yaratiladi;

(ii) test natijalari 1 yilgacha amal qiladi;

(g) boʻsh boʻlgan davlat fuqarolik xizmati lavozimlarini egallash uchun tanlovlarda nomzodlarning malaka talablarini koʻrib chiqish bosqichini avtomatlashtirish hisobiga inson omili istisno qilinadi;

(d) tanlovning qoʻshimcha bosqichi sifatida oʻtkaziladigan sohaviy bilimlarni baholash boʻyicha test sinovlari davlat organlarining buyurtmalariga muvofiq Agentlik huzuridagi Rahbar kadrlarni baholash markazi tomonidan shartnoma asosida oʻtkaziladi. Bunda sohaviy test savollari davlat organlari tomonidan taqdim etiladi;

(j) davlat organlari boʻsh davlat fuqarolik xizmati lavozimlariga nomzodlarni “vacancy.gov.uz” elektron platformasida roʻyxatdan oʻtgan va qiziqish bildirgan fuqarolar orasidan tanlov asosida saralab oladi. Bunda tanlov bosqichlari Agentlik bilan kelishgan holda ish beruvchi tomonidan belgilanadi.

9. Davlat organlarida kadrlar zaxirasini yuritish boʻyicha quyidagilarni nazarda tutuvchi yangi tartib joriy etilsin:

(a) davlat organlari tomonidan:

(i) Milliy kadrlar zaxirasiga kiritilgan lavozimlar uchun nomzodlar roʻyxati mustaqil shakllantiriladi;

(ii) saralashdan oʻtgan nomzodlar tarafidan shaxsiy rivojlanish rejasining bajarilishi “zaxira.bsa.uz” elektron platformasi orqali monitoring qilinadi;

(b) Salohiyatli kadrlar zaxirasiga nomzodlar mahallada faoliyat koʻrsatayotgan mahalla raisi, hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi, ijtimoiy xodim va soliq inspektorlari orasidan tuman (shahar) hokimlarining xulosasi asosida ishchi guruh tomonidan saralanadi. Bunda Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi tomonidan:

(i) Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Soliq qoʻmitasi vakillaridan iborat tarkibda ishchi guruh shakllantiriladi;

(ii) nomzodlar haqidagi maʼlumotlar “hrm.gov.uz” elektron platformasiga kiritiladi hamda nomzodlar tarafidan shaxsiy rivojlanish rejasining bajarilishi “zaxira.bsa.uz” elektron platformasi orqali monitoring qilib boriladi;

(v) Agentlik tomonidan:

(i) davlat fuqarolik xizmatining boshqaruv va siyosiy lavozim guruhlariga zaxira mustaqil ravishda shakllantiriladi;

(ii) davlat organlarida samarali xizmat qilayotgan, biroq rahbarlari tomonidan tavsiya etilmagan nomzodlarni mustaqil aniqlash hamda baholash orqali ular Milliy kadrlar zaxirasiga kiritiladi.

V. Farmon ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat

10. Quyidagilar:

(a) Davlat xizmatida boshqaruv samaradorligini yanada oshirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 3-ilovaga muvofiq;

(b) Boshqaruv samaradorligi agentligining elektron platformalari bilan axborot almashinuvi asosida integratsiya qilinadigan davlat organlarining axborot tizimlari roʻyxati 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga 5-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.

12. Agentlik uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

13. Mazkur Farmonning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Boshqaruv samaradorligi agentligi direktori vazifasini bajaruvchi U.Sh. Xusainov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish departamentining boshligʻi A.B. Samadov belgilansin.

14. Farmon ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari S.Sh. Mirziyoyeva zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2025-yil 6-dekabr,

PF-243-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 6-dekabrdagi PF-243-son Farmoniga1-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari

1. Davlat organlarida natijaga asoslangan boshqaruv tizimini joriy etish yoʻnalishida:

(a) davlat boshqaruvida zamonaviy menejment va loyihaviy yondashuv usullarini joriy etish hamda strategik rejalashtirish asosida maqsadli koʻrsatkichlar tizimini tashkil etish;

(b) davlat organlarining vazifa va funksiyalarini tashkiliy-huquqiy mexanizmlar, moliyaviy-iqtisodiy va kadrlar resurslari bilan taʼminlanganlik hamda boshqaruv jarayonlarining raqamlashtirilganligi jihatidan muvofiqlashtirish;

(v) davlat organlari hududiy boʻlinmalarining bir masala boʻyicha ikki tomonlama — gorizontal (hokimlikka) va vertikal (yuqori turuvchi organga) boʻysunuvini bekor qilish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.

2. Hududlarda yangi imkoniyatlarni aniqlash va boshqaruv samaradorligini oshirish yoʻnalishida:

(a) mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarini yangicha yondashuv asosida aholiga kompleks xizmat koʻrsatuvchi tuzilmaga transformatsiya qilishda uslubiy rahbarlik qilish;

(b) mahalliy ijro hokimiyati organlari bilan doimiy hamkorlik oʻrnatib, hududlarni kompleks rivojlantirish borasidagi davlat siyosatining asosiy ustuvor yoʻnalishlari hamda ularni bajarishning samarali mexanizmlarini yaratish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;

(v) davlat dasturlari (strategiyalar, konsepsiyalar) ijrosini taʼminlashda respublika va mahalliy ijro hokimiyati organlarining samarali hamkorligini tashkil etish;

(g) hududlarda “oʻsish nuqta”lari va ishga solinmagan imkoniyatlarni aniqlash hamda hududlarni kompleks rivojlantirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;

(d) hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining amaliy tashriflariga tayyorgarlik koʻrish jarayonlarini tashkillashtirish.

3. Davlat organlarida inson resurslarini boshqarish va ularning salohiyatini rivojlantirish yoʻnalishida:

(a) davlat xizmatiga munosib kadrlarni jalb etish, istiqbolli rahbar kadrlar zaxirasini shakllantirish hamda davlat xizmatchilarining karyeraviy oʻsishiga koʻmaklashish;

(b) davlat xizmatchilari uchun kompetensiyalar modelini ishlab chiqish, ularni shaxsiy va kasbiy diagnostika qilish hamda davlat xizmatchilarining bilim va kasbiy kompetensiyalarini uzluksiz rivojlantirishni tashkil etish;

(v) davlat xizmatida zamonaviy “HR” tizimini joriy etish va davlat organlarining kadrlar siyosatini muvofiqlashtirish;

(g) muvaffaqiyatga erishgan xorijdagi vatandoshlarimizning bilim va salohiyatidan foydalanish orqali hududlar va tarmoqlarda ishga solinmagan yangi zaxiralarni aniqlash hamda ularni xalqaro tajriba asosida rivojlantirishga koʻmaklashish.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 6-dekabrdagi PF-243-son Farmoniga2-ILOVA

Davlat boshqaruvida “vazifa — funksiya — resurs — javobgarlik” zanjiri asosida samaradorlikni oshirish boʻyicha

1. Adliya vazirligi:

(a) davlat organlari bilan birgalikda ularning barcha vazifa va funksiyalarini 5 ta darajaga tasniflagan holda “Davlat funksiyalari” avtomatlashtirilgan onlayn axborot tizimiga kiritadi. Bunda:

(i) 2026-yil 1-mayga qadar konstitutsiyaviy va milliy darajadagi;

(ii) 2026-yil 1-sentabrga qadar respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari darajasidagi;

(iii) 2027-yil 1-martga qadar hududiy darajadagi;

(iv) 2027-yil 1-sentabrga qadar tuman (shahar) darajasidagi;

(v) 2027-yil 31-dekabrga qadar mahalla (qishloq, ovul) fuqarolar yigʻini darajasidagi organlarning vazifa va funksiyalari kiritiladi;

(b) takrorlanuvchi va oʻz ahamiyatini yoʻqotgan funksiyalarni aniqlaydi hamda ularni bekor qilish boʻyicha takliflarni har chorakda Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;

(v) amalga oshirish mexanizmi boʻlmagan funksiyalarni zarur tashkiliy-huquqiy mexanizmlar, moliyaviy-iqtisodiy va inson resurslari bilan taʼminlash toʻgʻrisidagi takliflarni har chorakda Boshqaruv samaradorligi agentligiga kiritadi;

(g) Boshqaruv samaradorligi agentligiga “Davlat funksiyalari” avtomatlashtirilgan onlayn axborot tizimidan toʻliq foydalanish imkoniyatini yaratadi.

2. Davlat organlarining vazifa va funksiyalarini tasniflash boʻyicha roʻyxatni shakllantirish, tashkiliy-huquqiy mexanizmlar hamda inson va moliyaviy resurslar bilan taʼminlanganlik holati yuzasidan maʼlumotlarning toʻliq va sifatli taqdim etilishi uchun mazkur organlarning birinchi rahbarlari shaxsan masʼul hisoblanadi.

3. Boshqaruv samaradorligi agentligi quyidagi masalalar boʻyicha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritib boradi:

(a) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-oktabrdagi PF-186-son Farmoni ijrosining tahlili va Adliya vazirligi tomonidan taqdim etilgan tahliliy maʼlumotlar asosida funksiyalarni davlat organlari oʻrtasida qayta taqsimlash, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari hududiy boʻlinmalarining bir vaqtning oʻzida yuqori turuvchi tashkilotga va hokimlikka boʻysunuvini bekor qilish;

(b) Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda davlat funksiyalarini raqamlashtirish va inson omilini qisqartirgan holda jarayonni avtomatlashtirish.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 6-dekabrdagi PF-243-son Farmoniga3-ILOVA

Davlat xizmatida boshqaruv samaradorligini yanada oshirish boʻyicha

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 6-dekabrdagi PF-243-son Farmoniga4-ILOVA

Boshqaruv samaradorligi agentligining elektron platformalari bilan axborot almashinuvi asosida integratsiya qilinadigan davlat organlarining axborot tizimlari

Izohlar:

1) Boshqaruv samaradorligi agentligining elektron platformalari bilan davlat organlarining axborot tizimlari integratsiyasi “Raqamli hukumat” tizimining idoralararo integratsiya platformasi orqali axborot almashinuvi asosida amalga oshiriladi.

2) Raqamli texnologiyalar vazirligi Boshqaruv samaradorligi agentligining soʻroviga koʻra “Raqamli hukumat” tizimining idoralararo integratsiya platformasi orqali boshqa zarur maʼlumotlarning integratsiya qilinishini taʼminlaydi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 6-dekabrdagi PF-243-son Farmoniga5-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-oktabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasida kadrlar siyosati va davlat fuqarolik xizmati tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5843-son Farmonida:

(a) 3-bandda:

(i) birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi (keyingi oʻrinlarda — Boshqaruv samaradorligi agentligi) davlat organlari va tashkilotlarida xodimlarni boshqarish va inson resurslarini rivojlantirish, shuningdek, boshqaruv samaradorligini oshirish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish uchun masʼul hisoblanadi”;

(ii) uchinchi va beshinchi xatboshilardagi “Davlat xizmatini rivojlantirish” soʻzlari “Boshqaruv samaradorligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;

(iii) toʻrtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;

(iv) beshinchi xatboshi toʻrtinchi xatboshi deb hisoblansin;

(b) 4-bandda:

(i) birinchi va ikkinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“4. Quyidagilar Boshqaruv samaradorligi agentligining asosiy vazifalari etib belgilansin:

davlat fuqarolik xizmati sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish, shuningdek, davlat fuqarolik xizmatini rivojlantirish dasturlari va loyihalarini hamda mazkur sohani takomillashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish”;

(ii) quyidagi mazmundagi oʻn toʻrtinchi-oʻn beshinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:

“davlat organlarida natijaga asoslangan boshqaruv tizimini joriy etish;

hududlarda yangi imkoniyatlarni aniqlash va boshqaruv samaradorligini oshirish”;

(v) 5 va 7-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;

(g) 8-bandda:

(i) birinchi xatboshidagi “Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi” soʻzlari “Boshqaruv samaradorligi agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;

(ii) “b” kichik bandda:

sakkizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Boshqaruv samaradorligi agentligining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, Boshqaruv samaradorligi agentligi xodimlari mehnatini moddiy ragʻbatlantirish, shu jumladan Boshqaruv samaradorligi agentligi direktorining buyrugʻiga binoan har oylik ustamalarni toʻlash”;

toʻqqizinchi, oʻninchi va oʻn ikkinchi xatboshilardagi “Davlat xizmatini rivojlantirish” soʻzlari “Boshqaruv samaradorligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;

oʻn birinchi xatboshidagi “davlat fuqarolik” soʻzlari “boshqaruv samaradorligini oshirish va davlat fuqarolik” soʻzlari bilan almashtirilsin;

(d) 9-bandda:

(i) “b”, “d” kichik bandlar va “e” kichik bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilaridagi “Davlat xizmatini rivojlantirish” soʻzlari “Boshqaruv samaradorligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;

(ii) “v” kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“v) davlat fuqarolik xizmatini tartibga solish, shu jumladan davlat organlari va tashkilotlarini tashkil etish (qayta tashkil etish), xodimlarning mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan ularning tashkiliy-shtat tuzilmalarini oʻzgartirish, shuningdek, respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda ustav fondida davlat ulushi 50 foiz va undan yuqori boʻlgan xoʻjalik birlashmalari rahbarlari va ularning oʻrinbosarlari, xodimlari faoliyati samaradorligini baholash, shu jumladan, eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlarini belgilash masalalariga doir normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari majburiy tartibda Boshqaruv samaradorligi agentligi bilan kelishib olinishi lozim”;

(iii) “g” kichik banddagi “Davlat boshqaruvi akademiyasi” soʻzlari “Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;

(j) 10-bandda:

(i) birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“10. Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Adliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasining quyidagi tartibni oʻrnatish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin, unga muvofiq:”;

(ii) toʻrtinchi xatboshidagi “Davlat boshqaruvi akademiyasi” soʻzlari “Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;

(iii) beshinchi xatboshidagi “Davlat xizmatini rivojlantirish” soʻzlari “Boshqaruv samaradorligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;

(iv) oltinchi xatboshi chiqarib tashlansin;

(z) 11-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Davlat xizmatini rivojlantirish” soʻzlari “Boshqaruv samaradorligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;

(i) 1-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-iyundagi PF-6247-son Farmoni bilan tasdiqlangan Ochiq maʼlumotlar sifatida joylashtirilishi kerak boʻlgan ijtimoiy ahamiyatga molik maʼlumotlar roʻyxati quyidagi mazmundagi 43-pozitsiya bilan toʻldirilsin:

3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-iyuldagi “Yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash va ularning ijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-6260-son Farmonida:

(a) 12-band hamda 2-ilovaning 14 va 15-pozitsiyalari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;

(b) 1-ilovada:

(i) nomlanishidagi “500” raqami “300” raqami bilan almashtirilsin;

(ii) izohning oltinchi xatboshisi “oʻttiz yoshdan oshmagunga” soʻzlaridan keyin “(oʻttiz bir yoshga toʻlmaganga)” soʻzlari bilan toʻldirilsin.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-dekabrdagi “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlari toʻgʻrisida”gi PF-29-son Farmoni 7-bandida:

(a) ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;

(b) uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar tegishincha ikkinchi va uchinchi xatboshilar deb hisoblansin.

5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-martdagi PF-87-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2022 — 2026-yillarda xotin-qizlarning mamlakat iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotining barcha jabhalarida faolligini oshirish boʻyicha Milliy dasturni 2022-2023-yillarda amalga oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar rejasining 43-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.

6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-iyundagi PF-90-son Farmoni bilan tasdiqlangan Qishloq xoʻjaligi sohasida islohotlarni chuqurlashtirish va tizim faoliyatini transformatsiya qilish boʻyicha“yoʻl xaritasi”ning 32-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.

7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 13-martdagi “Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda xoʻjalik birlashmalari faoliyati samaradorligini baholash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-49-son Farmonida:

(a) 1-bandning toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlari oʻrinbosarlari faoliyatining samaradorlik koʻrsatkichlari asosida tuman (shahar) hokimlari va ularning oʻrinbosarlari faoliyatining samaradorlik koʻrsatkichlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari tomonidan tasdiqlanadi”;

(b) 5-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xoʻjalik birlashmalari rahbarlari va ularning oʻrinbosarlari faoliyatining samaradorligini baholashda platformada shakllantirilgan samaradorlik koʻrsatkichlari birlamchi manba hisoblanadi”;

(v) 10-bandning uchinchi xatboshisidagi “tuman (shahar) hokimlarining oʻrinbosarlari” soʻzlari “tuman (shahar) hokimlari va ularning oʻrinbosarlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.

8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 5-maydagi “Istiqbolli kadrlarni maqsadli tayyorlash hamda ularni davlat boshqaruvi va xizmatiga samarali jalb etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-78-son Farmoni 7-bandining “b” kichik bandi “muvofiqlashtiriladi” soʻzidan keyin “, shu jumladan, ularning tegishli oʻquv dasturlari ekspertizadan oʻtkaziladi va tasdiqlanadi, oʻquv jarayonida foydalaniladigan taʼlim texnologiyalarining namunaviy shakllari ishlab chiqiladi” soʻzlari bilan toʻldirilsin.

9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-iyundagi “Davlat fuqarolik xizmatini yangi yondashuvlar asosida tashkil etish hamda professional va natijadorlikka yoʻnaltirilgan davlat xizmatchilari korpusini shakllantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-95-son Farmonida:

(a) 3-bandning “j” kichik bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;

(b) 8-bandda:

“b” kichik band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;

“v” kichik banddan “hamda hisobot asosida xizmat safarining samaradorligi baholab boriladi” soʻzlari chiqarib tashlansin;

(v) 15-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;

(g) 18-banddagi “Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining” soʻzlari “Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining” soʻzlari bilan almashtirilsin;

(d) 20-bandning “a” kichik bandidagi “2025-yil 1-noyabrga qadar” soʻzlari “2026-yil 1-martga qadar” soʻzlari bilan almashtirilsin;

(j) 1-ilovaning 2-bobi toʻrtinchi xatboshisidagi “Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi” soʻzlari “Boshqaruv samaradorligi agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;

(i) 8-ilovaning 12-bandi birinchi xatboshisidagi “Agentlik” soʻzi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik)” soʻzlari bilan almashtirilsin.

12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-oktabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4472-son qarorida:

(a) nomlanishidagi “Davlat xizmatini rivojlantirish” soʻzlari “Boshqaruv samaradorligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;

(b) 1-bandda:

(i) ikkinchi va beshinchi xatboshilardagi “Davlat xizmatini rivojlantirish” soʻzlari “Boshqaruv samaradorligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;

(ii) uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar chiqarib tashlansin;

(iii) beshinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblansin;

(v) 2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) direktoriga quyidagi huquqlar berilsin:

Agentlikning markaziy apparati va filiallari tuzilmasini xodimlarning belgilangan cheklangan soni hamda mehnatga haq toʻlash fondi doirasida tasdiqlash va oʻzgartirishlar kiritish;

Agentlikka yuklangan vazifalar ijrosini taʼminlash doirasida malakali va yuqori malakali mutaxassislarni, shu jumladan xorijda yashayotgan vatandoshlarni Agentlikning rahbar lavozimlariga va maslahatchilar sifatida jalb qilish;

Agentlik qoshidagi Davlat xizmatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) mablagʻlari hisobidan Agentlik xodimlari uchun lavozim maoshlariga (tarif stavkalariga) ustamalar va boshqa ragʻbatlantiruvchi toʻlovlarni belgilash”;

(g) 3-bandning birinchi xatboshisidagi “Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi” soʻzlari “Agentlik” soʻzi bilan almashtirilsin;

(d) 4-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“4. Belgilansinki:

Agentlik direktori uch nafar oʻrinbosarga, shu jumladan, bir nafar birinchi oʻrinbosarga ega boʻlib, ular Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;

Agentlik direktori maqomi, mehnatga haq toʻlash, tibbiy va transport xizmati koʻrsatish sharoitlariga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi departamenti boshligʻining birinchi oʻrinbosariga, uning oʻrinbosarlari esa Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi departamenti boshligʻining oʻrinbosariga tenglashtiriladi;

Agentlik xodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi xodimlari uchun belgilangan moddiy ragʻbatlantirish va mehnatga haq toʻlash, tibbiy xizmat koʻrsatish shartlari tatbiq etiladi”;

(j) 7-bandda:

(i) birinchi xatboshidagi “Davlat xizmatini rivojlantirish agentligiga” soʻzlari “Agentlikka” soʻzi bilan almashtirilsin;

(ii) quyidagi mazmundagi oʻn beshinchi va oʻn oltinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:

“zarur hollarda oʻz vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha tegishli davlat organlari xodimlarini jalb qilgan holda oʻrganish oʻtkazish;

oʻz vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha davlat organlari va tashkilotlarining maʼlumotlar bazasidan va axborot tizimlaridan real vaqt rejimida bepul va toʻsqinliksiz foydalanish”;

(z) 9-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi va 11-banddagi “Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi” soʻzlari “Agentlik” soʻzi bilan almashtirilsin;

(i) 10-bandning birinchi xatboshisidagi “Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi” soʻzlari “Agentlikning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;

(k) 12-bandda:

(i) birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“12. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi Agentlik taʼminoti uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlari doirasida har yili zarur budjet mablagʻlarini nazarda tutsin, shuningdek, markaziy apparat uchun 6 dona hamda filiallar uchun 14 dona, shu jumladan 18 dona shaxsiy biriktirilgan xizmat yengil avtomobillarini saqlash uchun limit belgilansin. Bunda mazkur limit talablari Agentlikka homiylik va grant mablagʻlari hisobidan berilgan avtomobillarga nisbatan tatbiq etilmaydi hamda ushbu avtomobillarni saqlash xarajatlari Agentlik xodimlari mablagʻlari hisobidan qoplanadi”;

(ii) quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:

“Agentlikka va uning tizim tashkilotlariga homiylik va grant mablagʻlari hisobidan berilgan asosiy vositalarini sotishdan tushgan pul mablagʻlari (ushbu pul mablagʻlari hisobidan sotib olingan asosiy vositalarini sotishdan tushgan pul mablagʻlari) toʻliq miqdorda Agentlikning ixtiyorida qoladi va maqsadli ravishda ularning moddiy texnik bazasini mustahkamlash va rivojlantirish, shu jumladan, transport vositalarini xarid qilish uchun yoʻnaltiriladi”;

(l) 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligining

(m) 2-3-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;

(n) 4-ilovada:

(i) ilovaning nomlanishi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi toʻgʻrisida

(ii) 1-banddagi “Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi)ning” soʻzlari “Boshqaruv samaradorligi agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik)ning” soʻzlari bilan almashtirilsin;

(iii) 2, 6, 8-bandlardagi “Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi” soʻzlari “Agentlik” soʻzi bilan almashtirilsin;

(iv) 3 va 4-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“3. Agentlik davlat organlari va tashkilotlarida inson resurslarini rivojlantirish hamda xodimlarni boshqarish, shuningdek, boshqaruv samaradorligini oshirish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan vakolatli davlat organi hisoblanadi.

4. Agentlik oʻz nomi yozilgan va Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan muhr va blanklarga, faoliyati uchun zarur boʻlgan shtamp, boshqa atribut va rekvizitlarga, oʻz mustaqil balansiga, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasidagi shaxsiy hisobvaraqlariga egadir”;

(v) 5-banddagi “Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi” va “qonun hujjatlariga” soʻzlari tegishincha “Agentlik” va “qonunchilik hujjatlariga” soʻzlari bilan almashtirilsin;

(vi) 7-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“7. Agentlikning rasmiy nomlanishi:

a) davlat tilida:

toʻliq nomi — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi, qisqartirilgan nomi — Boshqaruv samaradorligi agentligi;

b) rus tilida:

toʻliq nomi — Agentstvo effektivnosti upravleniya pri Prezidente Respubliki Uzbekistan, qisqartirilgan nomi — Agentstvo effektivnosti upravleniya;

v) ingliz tilida:

toʻliq nomi — Agency for Governance Efficiency under the President of the Republic of Uzbekistan, qisqartirilgan nomi — Agency for Governance Efficiency”;

(vii) 2-bob quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“2-bob. Agentlikning tuzilmasi

9. Agentlik tizimiga quyidagilar kiradi:

Agentlikning filiallari;

Rahbar kadrlarni baholash markazi.”;

10. Agentlik filiallari yuridik shaxs tashkil etmasdan mahalliy ijro hokimiyati organlaridan, boshqa davlat organlari va tashkilotlaridan mustaqil ravishda hamda bevosita Agentlikka boʻysungan holda faoliyat yuritadi.

Agentlik huzurida alohida masalalar boʻyicha loyiha ofislari tuzilishi mumkin”;

(viii) 3-bobning nomlanishi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“3-bob. Agentlik va uning filiallarining asosiy vazifalari hamda funksiyalari”;

(ix) 11-bandda:

birinchi xatboshidagi “Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining” soʻzlari “Agentlikning” soʻzi bilan almashtirilsin;

ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“davlat fuqarolik xizmati sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish, shuningdek, davlat fuqarolik xizmatini rivojlantirish dasturlari va loyihalarini hamda mazkur sohani takomillashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish”;

quyidagi mazmundagi oʻn toʻrtinchi va oʻn beshinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:

“davlat organlarida natijaga asoslangan boshqaruv tizimini joriy etish;

hududlarda yangi imkoniyatlarni aniqlash va boshqaruv samaradorligini oshirish”;

(x) 12-bandda:

birinchi xatboshidagi “Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi” soʻzlari “Agentlik” soʻzi bilan almashtirilsin;

“a” kichik bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“a) davlat fuqarolik xizmati sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish, shuningdek, davlat fuqarolik xizmatini rivojlantirish dasturlari va loyihalarini hamda mazkur sohani takomillashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish sohasida:”;

“v” kichik bandda:

toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar chiqarib tashlansin;

oltinchi — sakkizinchi xatboshilar tegishincha toʻrtinchi — oltinchi xatboshilar deb hisoblansin;

“g” kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“g) davlat fuqarolik xizmati sohasida kadrlarni boshqarish va inson resurslarini rivojlantirishning innovatsion usullarini joriy etish sohasida:

davlat organlari va tashkilotlari jamoalarida axloqiy-ruhiy holatni oʻrganadi, muhitning yomonlashuviga imkon yaratayotgan sabablar va shart-sharoitlarni aniqlaydi, ularni bartaraf etish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;

kadrlar oʻz salohiyatini toʻla-toʻkis namoyon etishi uchun munosib shart-sharoitlarni yaratishda davlat organlari va tashkilotlariga koʻmaklashadi;

kadrlarning professional sifatlar va xizmatlarni adolatli hamda xolisona baholashga asoslangan lavozim boʻyicha oʻsishida davlat organlari va tashkilotlarida teng imkoniyatlar taʼminlanishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;

davlat fuqarolik xizmatchilari faoliyatining samaradorligini eng muhim koʻrsatkichlar asosida baholash uslubiyatini belgilaydi;

davlat fuqarolik xizmatiga innovatsion uslublarni tatbiq qilish, davlat fuqarolik xizmatchilari ishida buyruqbozlikka barham berishning samarali yoʻllari va mexanizmlarini belgilaydi”;

“j” kichik bandda:

beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin;

oltinchi va yettinchi xatboshilar tegishincha beshinchi va oltinchi xatboshilar deb hisoblansin;

“z” kichik bandda:

uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;

toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar tegishincha uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar deb hisoblansin;

toʻrtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;

“l” kichik bandda:

ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;

uchinchi — beshinchi xatboshilar tegishincha ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilar deb hisoblansin;

uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;

toʻrtinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblansin;

“m” kichik bandning beshinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;

quyidagi mazmundagi “n” va “o” kichik bandlar bilan toʻldirilsin:

“n) davlat organlarida natijaga asoslangan boshqaruv tizimini joriy etish sohasida:

davlat boshqaruvida zamonaviy menejment va loyihaviy yondashuv usullarini joriy etadi hamda strategik rejalashtirish asosida maqsadli koʻrsatkichlar tizimini tashkil etadi;

davlat organlarining vazifa va funksiyalarini tashkiliy-huquqiy mexanizmlar, moliyaviy-iqtisodiy va kadrlar resurslari bilan taʼminlanganlik hamda boshqaruv jarayonlarining raqamlashtirilganlik holatini muvofiqlashtiradi;

davlat organlari hududiy boʻlinmalarining bir masala boʻyicha ikki tomonlama gorizontal (hokimlikka) va vertikal (yuqoriga) boʻysunuvni bekor qilish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;

o) hududlarda yangi imkoniyatlarni aniqlash va boshqaruv samaradorligini oshirish sohasida:

hududlarda “oʻsish nuqta”lari va ishga solinmagan imkoniyatlarni aniqlash va ulardan samarali foydalanish boʻyicha takliflar tayyorlaydi;

hududlarni kompleks rivojlantirishga toʻsqinlik qilayotgan tizimli muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;

mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarini yangicha yondashuv asosida aholiga kompleks xizmat koʻrsatuvchi tuzilmaga transformatsiya qilishda uslubiy rahbarlikni amalga oshiradi;

mahalliy ijro hokimiyati organlari bilan doimiy hamkorlik oʻrnatib, hududlarni kompleks rivojlantirish borasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari hamda ularni bajarishning samarali mexanizmlarini yaratish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;

davlat dasturlari (strategiyalar, konsepsiyalar) ijrosini taʼminlashda respublika va mahalliy ijro hokimiyati organlarining samarali hamkorligini tashkil etadi;

hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha amaliy tashriflarga tayyorgarlik koʻrish jarayonlarini puxta tashkillashtiradi;

(xi) 13-banddagi “Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi” soʻzlari “Agentlik” soʻzi bilan almashtirilsin;

(xii) 4-bobning nomlanishi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“4-bob. Agentlikning huquqlari va javobgarligi”;

(xiii) 1-paragrafning nomlanishi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“1-§. Agentlikning huquq va majburiyatlari”;

(xiv) 14-bandda:

birinchi, yigirma birinchi, yigirma ikkinchi xatboshilardagi “Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi” soʻzlari “Agentlik” soʻzi bilan almashtirilsin;

sakkizinchi xatboshidagi “shu jumladan” soʻzlaridan keyin “, Agentlik huzurida tashkil etilgan loyiha ofislariga mutaxassislarni” soʻzlari bilan toʻldirilsin;

oʻn toʻrtinchi xatboshidagi “va yuridik shaxs maqomiga ega” soʻzlari “yoki yuridik shaxs maqomiga ega” soʻzlari bilan almashtirilsin;

yigirma uchinchi va yigirma toʻrtinchi xatboshilardagi “qonun hujjatlariga” va tegishli kelishikdagi “Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi” soʻzlari tegishincha “qonunchilik hujjatlariga” va tegishli kelishikdagi “Agentlik” soʻzi bilan almashtirilsin;

(xv) 15-banddagi “Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi” soʻzlari “Agentlik” soʻzi bilan almashtirilsin;

(xvi) 2-paragrafning nomlanishi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“2-§. Agentlik filiallarining huquq va majburiyatlari”;

(xvii) 16-bandning birinchi xatboshisidagi va 17-banddagi “Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi” soʻzlari “Agentlik” soʻzi bilan almashtirilsin;

(xviii) 5-bobning nomlanishi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“5-bob. Agentlik rahbarlarining funksional majburiyatlari”;

(xix) 18-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“18. Agentlik zimmasiga yuklatilgan vazifalarga muvofiq uning rahbarlari quyidagi funksional majburiyatlarni bajaradilar:

a) Agentlik direktori:

Agentlik faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi, yuklatilgan vazifa va funksiyalarning bajarilishi yuzasidan shaxsan javobgar boʻladi;

oʻz oʻrinbosarlari hamda Agentlik, uning filiallari va idoraviy tashkilotlari boshqa mansabdor shaxslarining vakolatlarini hamda shaxsiy javobgarlik darajasini belgilaydi, shuningdek, vazifalarini taqsimlaydi;

oʻz vakolati doirasida Agentlik, uning filiallari va idoraviy tashkilotlarining xodimlari tomonidan ijro etilishi majburiy boʻlgan buyruqlar chiqaradi va boshqa qarorlar qabul qiladi;

Agentlik markaziy apparatining xarajatlar smetasini va belgilangan shtatlar soni doirasida shtatlar jadvalini tasdiqlaydi;

belgilangan shtatlar soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida Agentlik markaziy apparati, filiallari hamda huzuridagi tashkilotlarning tuzilmasini tasdiqlaydi va oʻzgartirishlar kiritadi;

Agentlik markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari va uning filiallari toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlaydi;

ijro intizomiga, shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qonunchilik hujjatlariga muvofiq koʻrib chiqish muddatlari va tartibiga qatʼiy rioya etilishini taʼminlaydi;

oʻz vakolati doirasida normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladi, zarur hollarda davlat boshqaruvining boshqa organlari bilan birgalikda qarorlar va boshqa hujjatlarni birgalikda qabul qiladi;

qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa funksional majburiyatlarni bajaradi;

Agentlik direktori boʻlmagan vaqtda uning vakolatlari direktorning birinchi oʻrinbosari tomonidan, u boʻlmagan vaqtda esa Agentlik direktori farmoyishiga asosan direktorning boshqa oʻrinbosarlaridan biri tomonidan amalga oshiriladi;

b) Agentlik direktori oʻrinbosarlari:

boshqaruv samaradorligi va davlat fuqarolik xizmatini rivojlantirish, normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlarning loyihalarini ekspertizadan oʻtkazish va sifatli tayyorlashni tashkil etish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi hamda Vazirlar Mahkamasining tegishli boʻlinmalari bilan oʻzaro hamkorlik qiladi;

Agentlik direktorining topshiriqlariga binoan Agentlik faoliyatiga oid dasturiy hujjatlarning bajarilishini muvofiqlashtiradi;

Agentlik markaziy apparatining tasdiqlangan tuzilmasiga muvofiq Agentlikning tegishli boʻlinmalari faoliyatini muvofiqlashtiradi;

oʻzlari mutasaddilik qilayotgan Agentlik markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalarida kadrlar zaxirasini shakllantirish boʻyicha ishlarni tizimli asosda tashkillashtiradi;

Agentlik direktori vaqtincha boʻlmaganida direktor farmoyishiga asosan uning vazifalarini bajaradi;

qonunchilik hujjatlari va Agentlik direktorining qarorlariga muvofiq boshqa funksional majburiyatlarni bajaradi;

v) Agentlik markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalarining rahbarlari:

tarkibiy boʻlinma toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq aniq yoʻnalishlar boʻyicha vazifalarning sifatli va oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlaydi;

oʻzlari muvofiqlashtirayotgan sohalarning rivojlanish holatini baholaydi va amalga oshirishning samarali mexanizmlari bilan ularni yanada rivojlantirish boʻyicha aniq takliflarni Agentlik rahbariyatiga kiritadi;

Agentlik rahbariyatining buyruqlari, farmoyishlari va topshiriqlari oʻz vaqtida va sifatli ijro etilishini taʼminlaydi;

qonunchilik hujjatlari va Agentlik direktorining qarorlariga muvofiq boshqa funksional majburiyatlarni bajaradi;

g) Agentlik filiallarining rahbarlari:

yuklatilgan vazifalarga, shuningdek, Agentlik rahbariyatining topshiriqlariga muvofiq filiallarning faoliyatini tashkil etadi;

hududda davlat fuqarolik xizmatining rivojlanishi, davlat fuqarolik xizmatchilarining huquq va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi holatiga baho beradi va zarur hollarda, Agentlik rahbariyatiga tegishli takliflarni kiritadi;

qonunchilik hujjatlari va Agentlik direktorining qarorlariga muvofiq boshqa funksional majburiyatlarni bajaradi”;

(xx) 6-bobning nomlanishi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“6-bob. Agentlik rahbarlarining javobgarligi”;

(xxi) 19 va 21-bandlardagi “Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi” soʻzlari “Agentlik” soʻzi bilan almashtirilsin;

(xxii) 7-bobning nomlanishi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“7-bob. Agentlik faoliyatini tashkil etish”;

(xxiii) 1-paragrafning nomlanishi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“1-§. Agentlik rahbariyati”;

(xxiv) 22 va 23-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“22. Agentlikka Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod qilinadigan direktor rahbarlik qiladi.

Agentlik direktori Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan uch nafar oʻrinbosarlarga, shu jumladan, bir nafar birinchi oʻrinbosarga ega.

23. Agentlikning xodimlari, shu jumladan, uning filiallari boshliqlari va xodimlari Agentlik direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladilar”;

(xxv) 2-paragrafning nomlanishi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“2-§. Agentlikning kengashi va konsultativ ekspert organlari”;

(xxvi) 24-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;

(xxvii) 25-bandda:

birinchi va ikkinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“25. Agentlik huzurida direktorning birinchi oʻrinbosari, Agentlik alohida tarkibiy boʻlinmalarining rahbarlari va mutaxassislari, shuningdek, fuqarolik jamiyati institutlarining taniqli vakillaridan iborat tarkibda Boshqaruv samaradorligi va davlat fuqarolik xizmatini rivojlantirish boʻyicha jamoatchilik kengashi tashkil etiladi.

Jamoatchilik kengashining nizomi, aʼzolari soni, shuningdek, fuqarolik jamiyati institutlari vakillari orasidan shakllantiriladigan tarkibi va raisi Agentlik direktorining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi”;

beshinchi va oltinchi xatboshilardagi “davlat fuqarolik xizmatini” soʻzlari “boshqaruv samaradorligi va davlat fuqarolik xizmatini” soʻzlari bilan almashtirilsin;

yettinchi xatboshidagi “davlat fuqarolik xizmatini” va “Davlat xizmatini rivojlantirish agentligiga” soʻzlari tegishincha “boshqaruv samaradorligi va davlat fuqarolik xizmatini” va “Agentlikka” soʻzlari bilan almashtirilsin;

(xxviii) 8-bobning nomlanishi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“8-bob. Agentlik faoliyati samaradorligini baholash mezonlari”;

(xxix) 26-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“26. Quyidagilar:

Agentlik direktori, direktorning birinchi oʻrinbosari, direktor oʻrinbosarlari faoliyati samaradorligi — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tomonidan belgilanadigan faoliyat samaradorligini baholashning integratsiyalashgan koʻrsatkichlari asosida baholanadi;

Agentlik markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalarining boshliqlari, filiallari boshliqlari va xodimlarining faoliyati samaradorligi — Agentlik direktori tomonidan tasdiqlanadigan faoliyat samaradorligini baholash koʻrsatkichlari asosida baholanadi”;

(xxx) 9-bobning nomlanishi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“9-bob. Agentlik faoliyatini moliyalashtirish va uning xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish”;

(xxxi) 27-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“27. Agentlik xodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining xodimlari uchun belgilangan moddiy ragʻbatlantirish va mehnatga haq toʻlash, tibbiy xizmat koʻrsatish shartlari tatbiq etiladi.

Agentlikning boshqaruv xodimlarining lavozim maoshini Yagona tarif setkasi boʻyicha tasdiqlangan mehnatga haq toʻlash razryadlari boʻyicha aniqlashda tarif koeffitsiyentlari ikki baravar oshirilgan miqdorda qoʻllaniladi. Bunda mehnatga haq toʻlash shartlari Agentlikka tenglashtirilgan tashkilotlar uchun amalda boʻlgan tarif koeffitsiyentlari saqlab qolinadi.

Agentlik xodimlariga ilgari ishlagan joyida berilgan harbiy va maxsus unvonlar (martaba va malaka darajalari, diplomatik darajalar va boshqalar) saqlanib qoladi hamda ularning Agentlikda ishlagan vaqti harbiy va maxsus unvonlarni (martaba va malaka darajalari, diplomatik darajalar va boshqalar) olish uchun zarur boʻlgan ish stajiga kiritiladi.

Agentlikka lavozimga tayinlangan (yuborilgan) huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari oʻz majburiyatlarini bajarish davrida pul taʼminoti saqlanmagan holda tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlar kadrlarining amaldagi zaxirasiga toʻgʻridan-toʻgʻri kiritiladi”;

(xxxii) 28-bandda:

birinchi va oltinchi xatboshilardagi “Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi” soʻzlari “Agentlik” soʻzi bilan almashtirilsin;

yettinchi xatboshi chiqarib tashlansin;

sakkizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“oʻz turar joyiga ega boʻlmagan Agentlik va uning filiallari xodimlariga qonunchilik hujjatlarida Hisob palatasi xodimlari uchun belgilangan tartib va miqdorlarda uy-joyni ijaraga olish shartnomalari boʻyicha xarajatlarni Agentlik tomonidan qoplash”;

(xxxiii) 29-bandda:

birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“29. Agentlik va uning filiallari xodimlariga Agentlik qoshidagi Davlat xizmatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan:”;

toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Agentlik qoshidagi Davlat xizmatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari tomonidan tasdiqlanadi”;

(xxxiv) 30-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;

(xxxv) 31-banddagi “Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi” soʻzlari “Agentlik” soʻzi bilan almashtirilsin;

(xxxvi) 10-bobning nomlanishi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“10-bob. Agentlikning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tegishli boʻlinmalari va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti oldidagi hisobdorligi”;

(xxxvii) 32 — 36-bandlardagi tegishli kelishikdagi “Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi” soʻzlari tegishli kelishikdagi “Agentlik” soʻzi bilan almashtirilsin.

13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-4602-son qarorining 6-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-yanvardagi “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-92-son qarori 13-bandida:

(a) ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;

(b) uchinchi — oltinchi xatboshilar tegishincha ikkinchi — beshinchi xatboshilar deb hisoblansin.

15. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-yanvardagi “Zakovat” intellektual oʻyinini aholi oʻrtasida ommaviy-maʼrifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual oʻyinlarni rivojlantirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-96-son qarorida:

(a) 6-bandning yettinchi xatboshisidagi “kadrlar zaxirasiga” soʻzlari “Istiqbolli kadrlar maʼlumotlar bazasiga” soʻzlari bilan almashtirish;

(b) 1-ilovaning 7-pozitsiyasi “Chora-tadbirlar” ustunidagi “kadrlar zaxirasiga” soʻzlari “Istiqbolli kadrlar maʼlumotlar bazasiga” soʻzlari bilan almashtirilsin.

16. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-iyundagi “Mahallalarda ijtimoiy xizmatlarni koʻrsatish va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga yordam berish tizimini yangi bosqichga koʻtarish hamda xotin-qizlarni kasbga oʻrgatish ishlarini yanada jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-300-son qarori 12-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“12. Boshqaruv samaradorligi agentligi (U. Xusainov) Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi (Z. Maxkamova) bilan birgalikda mahallalardagi xotin-qizlar faollarini ikki yillik mehnat faoliyatining ijobiy natijalarini hisobga olgan holda ularning xizmat pogʻonasini koʻtarish boʻyicha vazirlik va idoralar, shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga takliflar kiritib borsin”.

17. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-maydagi “Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim oʻzgarishini oʻrganish universiteti (Green University) faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-174-son qarori 2-bandining beshinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.

18. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-maydagi “Oʻzbekiston davlat sport akademiyasi faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-197-son qarori 7-bandining toʻrtinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.

19. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 424-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi hududida xizmat safarlari toʻgʻrisidagi nizomda:

(a) 1-bandning birinchi xatboshisi quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:

“Bunda davlat fuqarolik xizmati tatbiq qilinadigan davlat organlari va tashkilotlarida xizmat safarlarini tashkil etish, xizmat safariga ketayotgan va xizmat safaridan qaytayotgan shaxslarni roʻyxatga olish boʻyicha maxsus elektron jurnallarni yuritish va tahlilini olib borish “hrm.gov.uz” elektron tizimi tarkibidagi “Xizmat safari” yagona moduli orqali amalga oshiriladi”;

(b) 9-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:

“Bunda davlat fuqarolik xizmati tatbiq qilinadigan davlat organlari va tashkilotlarida xizmat safariga ketayotgan va xizmat safaridan qaytayotgan shaxslarni roʻyxatga olish mazkur Nizomga 4 va 5-ilovalarga muvofiq maxsus jurnallarda “hrm.gov.uz” elektron tizimi tarkibidagi “Xizmat safari” yagona modulida elektron shaklda yuritiladi hamda bu haqidagi maʼlumotlar “OʻzASBO” dasturiy majmuasiga integratsiya qilish orqali yuboriladi”;

(v) 14-bandning “a” kichik bandi toʻrtinchi xatboshisi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi” soʻzlaridan keyin “, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi” soʻzlari bilan toʻldirilsin;

(g) 18-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari “Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi” soʻzlaridan keyin “, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi” soʻzlari bilan toʻldirilsin.

20. Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-oktabrdagi “Rahbar kadrlarni baholash markazini tashkil etish toʻgʻrisida”gi 629-son qarorida:

(a) 1-banddagi “Davlat xizmatini rivojlantirish” soʻzlari “Boshqaruv samaradorligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;

(b) 4-band quyidagi mazmundagi oltinchi va yettinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:

“Markaz tomonidan davlat fuqarolik xizmatchilari kompetensiyalarini baholash shartnoma asosida amalga oshiriladi;

Markazga homiylik va grant mablagʻlari hisobidan berilgan asosiy vositalarni sotishdan tushgan pul mablagʻlari (ushbu pul mablagʻlari hisobidan sotib olingan asosiy vositalarni sotishdan tushgan pul mablagʻlari) toʻliq miqdorda Markaz ixtiyorida qoladi hamda maqsadli ravishda uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va rivojlantirish, shu jumladan transport vositalarini xarid qilish uchun yoʻnaltiriladi”.

21. Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 9-apreldagi 212-son qarori bilan tasdiqlangan Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish boʻlinmalari toʻgʻrisidagi namunaviy nizomda:

(a) 3-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“3. Boʻlinma oʻz faoliyatida bevosita tegishli davlat organining rahbariga boʻysunadi hamda uning maslahatchisi maqomiga ega boʻladi”;

(b) 7-band quyidagi mazmundagi yigirmanchi xatboshi bilan toʻldirilsin:

“Boʻlinmaga qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilmagan funksiya va vazifalar yuklatilishiga yoʻl qoʻyilmaydi”.

22. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 26-apreldagi 180-F-son farmoyishining rus tilidagi matnida:

(a) Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportida alohida muhim yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatish zali toʻgʻrisidagi nizomga ilovaning 5-bandi 5.4-1-kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“5.4-1. Direktor Agentstva effektivnosti upravleniya pri Prezidente Respubliki Uzbekistan i yego zamestiteli”;

(b) Oʻzbekiston Respublikasi aeroportlarida rasmiy delegatsiyalarga xizmat koʻrsatish zali toʻgʻrisidagi nizomga ilovaning 5-bandi 5.4-1-kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“5.4-1. Direktor Agentstva effektivnosti upravleniya pri Prezidente Respubliki Uzbekistan i yego zamestiteli”.

Izoh: mazkur ilovaning 11-bandi hamda 12-bandi “n” kichik bandi (xxxi), (xxxiii) va (xxxiv) xatboshilari 2026-yil 1-yanvardan eʼtiboran kuchga kiradi.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.