Seysmik xavfsizlikni taʼminlash sohasiga zamonaviy ilmiy va texnik yondashuvlarni joriy etish, bino va inshootlarning zilzilabardoshligini yanada kuchaytirish, kuchli zilzilalarni prognoz qilishning ilgʻor usullarini ishlab chiqish hamda ularga tayyorgarlik koʻrishning samarali va zamonaviy tizimini shakllantirish maqsadida qaror qilaman:
I. Asosiy vazifalar
1. Quyidagilar bino va inshootlarning zilzilabardoshligi va seysmik xavfsizligini taʼminlashda davlat nazorati va boshqaruvini yanada takomillashtirishning asosiy vazifalari etib belgilansin:
(a) respublikadagi barcha koʻp kvartirali uy-joylarni instrumental-texnik tekshiruvdan oʻtkazish va monitoring qilishga ixtisoslashgan loyiha tashkilotlarini toifalash va ularning reytingini yuritish;
(b) noqonuniy qurilishlarning oldini olish, ularni erta aniqlash va bartaraf etish mexanizmlarini takomillashtirish;
(v) qurilish-pudrat tashkilotlarining obyektlar qurilishida zilzilabardoshlikni taʼminlash boʻyicha javobgarligini kuchaytirish;
(g) obyektlarning zilzilabardoshligini taʼminlash va ularni nazorat qilish sohasidagi mavjud korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish.
II. Nazorat va monitoring mexanizmlarini takomillashtirish
2. Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 1-yanvardan boshlab quyidagi tartiblarni joriy etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin:
(a) ikki va undan yuqori qavatli barcha koʻp kvartirali uy-joylarni (keyingi oʻrinlarda — koʻp kvartirali uy-joylar) instrumental-texnik tekshiruvdan oʻtkazishga ixtisoslashgan loyiha tashkilotlarining roʻyxatini shakllantirish va “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimida (keyingi oʻrinlarda — “Shaffof qurilish” MAT) ularning reytingini yuritish. Bunda reyting yuritishda bino va inshootlarni instrumental-texnik tekshiruvdan oʻtkazish boʻyicha muhandislarning sertifikatlari mavjudligi asosiy mezon hisoblanadi;
(b) “Shaffof qurilish” MATda instrumental-texnik tekshiruv xulosalari asosida bino va inshootlarning texnik holati monitoringini yuritish;
(v) instrumental-texnik tekshiruv xulosalarini tavsiyaviy mazmunda berish amaliyotini tugatish hamda ushbu xulosalar faqat ijobiy boʻlgan taqdirda, koʻp kvartirali uy-joylardan kelgusida foydalanishga ruxsat berish. Bunda:
(i) instrumental-texnik tekshiruv xulosalariga obyektni qayta qurish yoki rekonstruksiya qilish boʻyicha texnik-iqtisodiy asoslantirish boʻlimi kiritiladi va ushbu xulosalar majburiy ravishda shaharsozlik ekspertizasidan oʻtkaziladi;
(ii) koʻp kvartirali uy-joylarni boshqarish organlariga koʻp kvartirali uy-joylarni vizual va instrumental-texnik tekshiruvdan oʻtkazish ishlarini tashkil qilish vazifasi yuklatiladi. Vizual va instrumental-texnik tekshiruvdan oʻtkazish xarajatlari mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
3. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2026-yil 1-yanvardan boshlab:
(a) milliy normativ hujjatlarga nomutanosib boʻlgan qismlar uchun kompensatsiyalovchi choralarni taʼminlash boʻyicha maxsus texnik shartlar (keyingi oʻrinlarda — maxsus texnik shartlar) asosida ishlab chiqilgan loyiha hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish faqatgina “Shaharsozlik hujjatlarini ekspertiza qilish respublika markazi” davlat muassasasi tomonidan amalga oshiriladi;
(b) Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi tomonidan manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda “Shaffof qurilish” MATda ekspertiza tashkilotlarining reytingi yuritiladi;
(v) shaharsozlik hujjatlarini ekspertiza qilish faoliyati bilan shugʻullanuvchi xususiy ekspertiza tashkilotlari tomonidan qonunchilik hujjatlariga muvofiq obyektlarning loyiha-smeta hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazishda ularning reyting koʻrsatkichlari inobatga olinadi;
(g) obyektlarning zilzilabardoshligi boʻyicha ilmiy hamda loyiha hujjatlarining smeta qismidan tashqari shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi xulosalarini tavsiyaviy mazmunda berish amaliyoti tugatiladi;
(d) obyektlarning zilzilabardoshligi boʻyicha (loyiha hujjatlari va maxsus texnik shartlar uchun) berilgan salbiy xulosalar loyiha tashkilotining “Shaffof qurilish” MATdagi reyting ballarini kamaytirishga asos hisoblanadi;
(j) obyektlarning seysmik mustahkamligiga taʼsir qiluvchi ikkita asosiy materialning (beton va poʻlat prokati) sifatini ishlab chiqarishdan boshlab yuk koʻtaruvchi konstruksiya shakliga kelguniga qadar boʻlgan jarayonlarda monitoring qilib borish tizimi yoʻlga qoʻyiladi. Bunda:
(i) ishlab chiqarish va qurilish-montaj jarayonlaridagi barcha bosqichlar “Shaffof qurilish” MAT orqali nazoratga olinadi;
(ii) beton va poʻlat prokati ishlab chiqaruvchilar (yetkazib beruvchilar)ning reytingi yuritiladi;
(z) qurilishi boshlangan koʻp kvartirali uy-joylarga qoʻshimcha qavat qoʻshish, balandligini oshirish uchun shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish, tegishli arxitektura-shaharsozlik kengashlari tomonidan koʻrib chiqish, ekspertizadan va qayta roʻyxatdan oʻtkazish taqiqlanadi;
(i) qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish hududiy inspeksiyalaridan (keyingi oʻrinlarda — hududiy inspeksiyalar) belgilangan tartibda ruxsat olmagan holda qurilayotgan obyektlarni tashqi muhandislik tarmoqlariga ulash taqiqlanadi. Bunda energiya taʼminoti korxonalarining axborot tizimlari “Shaffof qurilish” MAT bilan “Raqamli hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali integratsiya qilinadi;
(k) davlat ijrochisining qaroriga asosan oʻzboshimchalik bilan qurilgan binolarni buzish ishlarini amalga oshirishga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyalari masʼul etib belgilanadi. Bunda ushbu binolarni buzishga sarflangan xarajatlar qurilish obyekti buyurtmachisi (tashabbuskori)dan qonunchilikda belgilangan tartibda undiriladi;
(l) Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi tomonidan noqonuniy qurilmalarni buzdirish ishlari narxlari (obyektlarning turi, toifasi, hajmi, konstruksiyasi va boshqa parametrlaridan kelib chiqqan holda) har yil uchun alohida belgilab boriladi;
(m) buyurtmachining texnik, loyihachining mualliflik va pudratchining ichki nazoratini amalga oshirish davriylik muddatlarini obyektlarning toifasidan kelib chiqib aniq belgilash yoʻlga qoʻyiladi.
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda obyektlarda ushbu nazorat turlarini yuritish davriyligi boʻyicha Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
4. Quyidagilar:
(a) 2027-yil 1-yanvarga qadar koʻp kvartirali turarjoy obyektlarini qurish uchun tayyorlangan loyiha-smeta hujjatlari faqat davlat ekspertizasi tashkilotlari tomonidan ekspertizadan oʻtkazilishi;
(b) 2026-yil 1-martdan boshlab obyektlarning loyiha-qidiruv, qurilish-montaj va nazorat jarayonlarida qatnashadigan ushbu Farmonga 1-ilovadagi roʻyxatda keltirilgan sertifikatlangan asosiy mutaxassislarning malakasi, ish tajribasi, salohiyatiga oid maʼlumotlarni oʻzida aks ettiruvchi reyestr joriy etilsin hamda uning “Shaffof qurilish” MATda yuritilishi belgilansin. Bunda:
(i) obyektlar boʻyicha barcha bosqichlardagi ishlar faqatgina reyestrga kiritilgan mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi;
(ii) har bir bosqichdagi ishning yakuniy natijasi va sifatiga shaxsan javobgarlik belgilash maqsadida masʼullarning har bir harakati elektron raqamli imzo orqali amalga oshiriladi;
(iii) masʼullarning maʼlumotlari obyektlarning pasportiga biriktiriladi hamda obyekt pasporti QR kodli maʼlumot orqali “Shaffof qurilish” MATda saqlanadi;
5. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra 2026-yil 1-martdan boshlab Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi (keyingi oʻrinlarda — “Oʻzbekkosmos” agentligi) tomonidan hududlarda qurilish ishlari amalga oshirilayotgan qurilish maydonlari ustidan doimiy kuzatuv olib boriladi. Bunda:
(a) “Oʻzbekkosmos” agentligi hamda Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi maʼlumotlar bazalari oʻzaro integratsiya qilinadi;
(b) “Oʻzbekkosmos” agentligi tomonidan hududiy inspeksiyalardan roʻyxatdan oʻtgan obyektlar boʻyicha maʼlumotlar “Shaffof qurilish” MAT orqali avtomatik olinadi;
(v) “Oʻzbekkosmos” agentligi tomonidan hududiy inspeksiyalardan roʻyxatdan oʻtmagan qurilish maydonlari aniqlangan taqdirda, mazkur obyektlar haqida Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi hamda Kadastr agentligiga tegishli maʼlumotlar uzatib boriladi.
Belgilansinki, “Oʻzbekkosmos” agentligi tomonidan amalga oshiriladigan kuzatuv ishlari Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti hisobidan moliyalashtiriladi.
6. Bosh prokuratura (S. Samadov) ikki oy muddatda qurilishi tugallanmagan koʻp kvartirali uylarga fuqarolarning koʻchib kirishiga yoʻl qoʻygan mansabdor va masʼul shaxslarga nisbatan toʻgʻridan-toʻgʻri jinoiy javobgarlikni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqsin.
III. Farmon ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
7. Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Adliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda loyihalashtirish va qurilish faoliyati litsenziatlari tomonidan litsenziya talab va shartlariga rioya etilishini “Shaffof qurilish” MATda monitoring qilishga qaratilgan maʼlumotlar bazalari oʻzaro integratsiya qilinishini taʼminlasin.
8. Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda seysmik xavfsizligi taʼminlanadigan III (xavflilik omili yuqori boʻlgan) va IV toifadagi (xavflilik omili juda yuqori boʻlgan) obyektlar qurib foydalanishga topshirilganda ularning seysmik va boshqa xavfsizligiga quruvchining 10 yildan kam boʻlmagan muddatga kafolat berishi boʻyicha tegishli takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
9. Bino va inshootlarning zilzilabardoshligi va seysmik xavfsizligini taʼminlashda davlat nazorati va boshqaruvini yanada takomillashtirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
10. Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
11. Mazkur Farmon ijrosini monitoring qilib borish rejasi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Bunda:
(a) Bosh prokuratura Farmon ijrosini monitoring rejasiga asosan har yili 15-fevralga qadar monitoringdan oʻtkazsin hamda uning natijalarini Hisob palatasi va Adliya vazirligiga kiritib borsin;
(b) Hisob palatasi Adliya vazirligi bilan birgalikda monitoring rejasi asosida Farmon ijrosini nazorat qilsin hamda har yili 25-fevralga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot kiritib borsin;
(v) “Ijro.gov.uz” tizimida Farmon ijrosini nazoratdan yechishda monitoring rejasida koʻrsatilgan maqsadlarga erishilganligi inobatga olinsin.
12. Mazkur Farmonning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri Sh. Xidoyatov, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi boshligʻi S. Eshquvvatov belgilansin.
13. Farmon ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2025-yil 1-dekabr,
PF-236-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 1-dekabrdagi PF-236-son Farmoniga1-ILOVA
Obyektlarning loyiha-qidiruv, qurilish-montaj va nazorat jarayonlarida qatnashadigan hamda “Shaffof qurilish” MATda malakasi, ish tajribasi, salohiyatiga oid maʼlumotlarni oʻzida aks ettiruvchi reyestri yuritiladigan asosiy mutaxassislarning
1. Muhandislik qidiruvlarini oʻtkazgan va xulosa bergan tashkilot rahbari va ishni bajargan guruh rahbari yoki loyiha bosh muhandisi.
2. Loyihachi tashkilotdan loyihaning bosh arxitektori, loyiha bosh muhandisi va mualliflik nazorati muhandisi.
3. Qurilish-pudrat tashkilotidan ichki nazorat muhandisi, qurilish uchastkasi rahbari, bosh muhandis va tashkilot rahbari.
4. Geologik/geotexnik tadqiqot/qidiruvlar hisoboti va xulosasiga ekspertiza xulosasini bergan ekspert va ekspertiza tashkiloti rahbari.
5. Obyektga zilzilabardoshlik boʻyicha ilmiy xulosa bergan ekspert(lar) va xulosa bergan tashkilot rahbari.
6. Loyihaga ekspertiza xulosasini bergan ekspert va ekspertiza tashkiloti rahbari.
7. Buyurtmachi tashkilot rahbari, bosh muhandis va u tomonidan tayinlangan texnik nazorat muhandisi.
8. Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasining hududiy inspektori va obyektga biriktirilgan muhandis.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 1-dekabrdagi PF-236-son Farmoniga2-ILOVA
Bino va inshootlarning zilzilabardoshligi va seysmik xavfsizligini taʼminlashda davlat nazorati va boshqaruvini yanada takomillashtirish boʻyicha
T/rChora-tadbirlar nomiAmalga oshirish mexanizmlariTaqdim etiladigan hujjat shakliBajarish muddatlariMasʼul ijrochilar1.Qurilish obyektlarida texnik, mualliflik va ichki nazorat olib borish tartibini takomillashtirish.1. Quyidagilarni nazarda tutgan holda pudratchining ichki nazorati, loyihachining mualliflik nazorati va buyurtmachining texnik nazoratini amalga oshirish tartiblarini belgilovchi Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish:ichki nazorat muhandisi, mualliflik nazorati mutaxassisi va texnik nazorati mutaxassisiga qoʻyiladigan malaka talablari;qurilish obyektiga kirib kelgan va tekshirilishi majburiy boʻlgan qurilish materiallar roʻyxati va ularni sinash tartibi;nazoratning davriyligi, nazoratdan oʻtkaziladigan konstruksiyalar va qurilish-montaj ishlarining aniq roʻyxati;barcha qurilish bosqichlari, instrumental-texnik tekshiruvlar va ularning tartiblari;obyektda boʻlishi yoki jalb qilinishi lozim boʻlgan sinov laboratoriyalariga qoʻyiladigan talablar, jumladan, undagi xodimlar soni, akkreditatsiya sohalariga talablar.Hukumat qarori loyihasi2026-yil martQurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi(Sh. Xidoyatov),Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi(S. Eshquvvatov),Iqtisodiyot va moliya vazirligi(I. Norqulov),Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi(A. Jumanazarov),Adliya vazirligi(A. Tashkulov)2.Yangi qurilishi rejalashtirilayotgan obyektlarda gaz, elektr energiyasi va issiq suv tarmoqlarini kuchli zilzila paytida avtomatik bloklash tizimi bilan loyihalash tartibini joriy etishga oid texnik talablarni shakllantirish.1. Gaz, elektr energiyasi va issiq suv tarmoqlarini kuchli zilzila paytida avtomatik bloklash boʻyicha ilgʻor xalqaro tajribani oʻrganish.Texnik normativ hujjat2025-yil dekabrEnergetika vazirligi (Mirzamahmudov),“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ(S. Askarov),“Hududgaztaʼminot” AJ(M. Xodjayev),Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi(Sh. Xidoyatov),“Issiqliktaʼminoti” AJ(I. Toʻrayev)2. Oʻrganish natijalariga koʻra elektr energiyasi tarmoqlari va gaz taʼminoti tizimlarida avtomatik bloklash boʻyicha zaruriy texnik choralarni koʻrish.2026-yil yanvar3. Bino va inshootlarni loyihalashda bloklash tizimi bilan loyihalash tartibini joriy etishga qaratilgan texnik talablarni tegishli normativ hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimcha sifatida kiritish.2026-yil fevral4. Elektr tarmoqlari, gaz va issiq suv taʼminoti tizimlarida avtomatik bloklash tizimini joriy etish.2026-yil mart3.Qurilish materiallarini ishlab chiqarish, sinash, sertifikatlash va montaj qilish zanjirini markirovkalash tizimini joriy etish.1. Qurilish materiallarining obyekt mustahkamligi va umrboqiyligiga taʼsir qiluvchi xossalari hamda boshqa zaruriy maʼlumotlar roʻyxatini tuzish.Texnik normativ hujjat loyihasi2026-yil yanvarQurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi(Sh. Xidoyatov),Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi(S. Eshquvvatov),Soliq qoʻmitasi(F. Pulatov)Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi(A. Jumanazarov),“Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi(I. Raximov)2. Qurilish materiallarini ishlab chiqarish, sinash, sertifikatlash va montaj qilish zanjirini markirovkalash tizimini xorijiy tajribani oʻrgangan holda ishlab chiqish.2026-yil may3. Qurilish materiallari va konstruksiyalarni markirovkalash boʻyicha texnik normativ hujjat loyihasini ishlab chiqish.2026-yil iyun4.Respublikada qurilish maydonlari ustidan doimiy kuzatuv olib borish.1. Respublikada qurilish maydonlari ustidan doimiy kuzatuv olib borishda yigʻiladigan va uzatiladigan maʼlumotlarni aniqlash va ularni uzatish tartibini belgilash.Axborot-dasturiy tizim2026-yil yanvar“Oʻzbekkosmos” agentligi(Sh. Kadirov),Kadastr agentligi(M. Mirmaksudov),Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi(Sh. Xidoyatov),Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi(S. Eshquvvatov)2. “Oʻzbekkosmos” agentligi tomonidan noqonuniy qurilayotgan obyektlar aniqlangan taqdirda, mazkur obyektlar haqida Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi hamda Kadastr agentligiga xabar berish tizimini raqamlashtirilgan hamda “Shaffof qurilish” MATga integratsiya qilingan holda ishga tushirish.2026-yil 1-martdan3. Respublikada qurilish ishlari amalga oshirilayotgan qurilish maydonlari ustidan doimiy kuzatuv olib borish.2026-yil 1-apreldan boshlab5.Obyektlarga texnik shartlar berish jarayonini raqamlashtirish.1. Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari toʻgʻrisidagi barcha zaruriy maʼlumotlarni GIS formatida “Shaffof qurilish” MATga “Raqamli hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali integratsiya qilish.Axborot-dasturiy tizimlarning oʻzaro integratsiyasi2025-yil dekabrEnergetika vazirligi,(J. Mirzamahmudov)“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ(A. Askarov),“Hududgaztaʼminot” AJ(M. Xodjayev),“Oʻzsuvtaʼminot” AJ(A. Suvankulov),Raqamli texnologiyalar vazirligi(Sh. Shermatov),Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi(Sh. Xidoyatov),tegishli vazirlik va idoralar2. Obyektlarning muhandislik tarmoqlariga ulanish nuqtalarini avtomatik aniqlagan holda texnik shartlar berishni yoʻlga qoʻyish.Raqamlashgan tizim2026-yil I chorakdan boshlab6.Muhandislik-geologik tadqiqotlar oʻtkazishning barcha jarayonlarini raqamlashtirish va yagona reyestrini yaratish.1. Muhandislik-geologik tadqiqotlar oʻtkazish jarayonlarini raqamlashtirish boʻyicha texnik topshiriq ishlab chiqish.Texnik topshiriq2025-yil dekabrQurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi(Sh. Xidoyatov),Raqamli texnologiyalar vazirligi(Sh. Shermatov),Kadastr agentligi(M. Mirmaksudov),tegishli vazirlik va idoralar2. Muhandislik-geologik tadqiqotlar xulosalarining yagona elektron reyestrini yaratish.Elektron reyestr2026-yil yanvar3. Mazkur reyestrni “Shaffof qurilish” MATga “Raqamli hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali integratsiya qilgan holda ishga tushirish (dastlabki bosqichda test rejimida).Elektron reyestr2026-yil mart4. “Shaffof qurilish” MATda barcha turdagi xulosalar reyestri toʻliq yuritilishini yoʻlga qoʻyish.Elektron reyestr2026-yil sentabr7.Instrumental-texnik tekshiruv oʻtkazish va xulosalarni taqdim etishning barcha jarayonlarini raqamlashtirish.1. Instrumental-texnik tekshiruv oʻtkazish jarayonlarini raqamlashtirish boʻyicha texnik topshiriq ishlab chiqish.Texnik topshiriq2025-yil dekabrQurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi(Sh. Xidoyatov),Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi(S. Eshquvvatov),Raqamli texnologiyalar vazirligi(Sh. Shermatov),tegishli vazirlik va idoralar2. Mazkur reyestrni “Shaffof qurilish” MATdagi ekspertiza elektron platformasiga “Raqamli hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali integratsiya qilgan holda ishga tushirish (dastlabki bosqichda test rejimida).Elektron reyestr2026-yil mart3. Reyestrni “Shaffof qurilish” MATda toʻliq ishga tushirish.Elektron reyestr2026-yil iyun8.Sanoat xavfsizligi sohasida ekspertiza xulosalarini berish jarayonlarini toʻliq raqamlashtirish.1. Obyektlarning loyiha hujjatlarini sanoat xavfsizligi nuqtai nazaridan koʻrib chiqish va ekspertiza xulosalarini berish jarayonlarini raqamlashtirish boʻyicha texnik topshiriq ishlab chiqish.Texnik topshiriq2026-yil yanvarSanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi(A. Rafiqov),Raqamli texnologiyalar vazirligi(Sh. Shermatov),Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi(Sh. Xidoyatov),tegishli vazirlik va idoralar2. Mazkur reyestrni “Shaffof qurilish” MATdagi ekspertiza elektron platformasiga “Raqamli hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali integratsiya qilgan holda ishga tushirish (dastlabki bosqichda test rejimida).Elektron reyestr2026-yil mart3. Reyestrni “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimida toʻliq ishga tushirish.2026-yil iyun9.Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish hamda ekspertizadan oʻtkazish jarayonida oʻzaro affillangan shaxslarni aniqlash.1. Akkreditatsiya qilingan ekspert tashkilotlari tomonidan berilgan ekspert xulosasini “Ekspertiza xulosalarining yagona reyestri”ga kiritish jarayonida akkreditatsiya talablari va shartlariga muvofiq ekspertlarning asosiy ish joyi yoki oʻrindoshlik asosida ishlashi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni real vaqt rejimida tekshirish uchun “Shaffof qurilish” MAT bazasini “Yagona milliy mehnat tizimi” IDAKga “Raqamli hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali integratsiya qilish.Texnik topshiriqlar2026-yil yanvarKambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi(B. Zaxidov),Raqamli texnologiyalar vazirligi(Sh. Shermatov),Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi(Sh. Xidoyatov),Adliya vazirligi(A. Tashkulov),tegishli vazirlik va idoralar2. Loyiha-smeta hujjatlarini ekspertiza tashkilotiga buyurtmachi tomonidan yuborish jarayonida loyiha tashkilotlarining litsenziya talablari va shartlariga muvofiq (obyektlarning murakkablik toifalari klassifikatoridan kelib chiqib), mutaxassislarning asosiy ish joyi yoki oʻrindoshlik asosida ishlashi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni real vaqtda rejimida tekshirish uchun tegishli maʼlumotlar bazalarini “Raqamli hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali oʻzaro integratsiya qilish.Maʼlumotlar bazalarining oʻzaro integratsiyasi2026-yil mart10.Loyiha hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish jarayonida obyektlarga oid loyihaoldi hujjatlarni olish va koʻrib chiqish jarayonlarini raqamlashtirish.1. Loyiha hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish jarayonida yer ajratish qarori, arxitektura topshirigʻi, loyiha kelishuvi, qurilishga ruxsatnoma va boshqa zaruriy hujjatlarni tegishli maʼlumotlar bazalarini “Raqamli hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali oʻzaro integratsiya qilgan holda birlamchi manbalardan olishni yoʻlga qoʻyish (dastlabki bosqichda test rejimida).Texnik topshiriqlar2026-yil martRaqamli texnologiyalar vazirligi(Sh. Shermatov),Adliya vazirligi(A. Tashkulov),Kadastr agentligi(M. Mirmaksudov),Davlat aktivlarini boshqarish agentligi(A. Ortikov),Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi(Sh. Xidoyatov),tegishli vazirlik va idoralar2. “Shaffof qurilish” MATda ekspertiza qilish uchun loyihaoldi hujjatlarini avtomatik ravishda yuklab olish imkoniyatini yaratuvchi tizimni toʻliq yoʻlga qoʻyish.Maʼlumotlar bazalarining oʻzaro integratsiyasi2026-yil iyun11.Buyurtmachi xizmati tizimini raqamlashtirish hamda shu orqali obyektlar boʻyicha moliyalashtirish, texnik nazoratni yuritish, bajarilgan ishlar hajmini qabul qilish va obyektni foydalanishga topshirish jarayonlarini soddalashtirish.1. Buyurtmachi xizmatlari faoliyatini raqamlashtirish boʻyicha texnik topshiriqlarni ishlab chiqish.Texnik topshiriqlar2026-yil I chorakIqtisodiyot va moliya vazirligi(J. Qoʻchqorov),Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi(Sh. Xidoyatov),Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi(S. Eshquvvatov),Raqamli texnologiyalar vazirligi(Sh. Shermatov),tegishli vazirlik va idoralar2. Buyurtmachi xizmatlari faoliyatining elektron raqamli platformasini ishga tushirish (dastlabki bosqichda test rejimida) hamda tegishli axborot-dasturiy tizimlar bilan integratsiya qilish.Elektron platforma2026-yil II chorak3. Raqamli platformani toʻliq ishga tushirish.Elektron platforma2026-yil III chorak12.Obyektlar boʻyicha pudrat tashkilotlarini toʻgʻridan-toʻgʻri (yoki eng yaxshi takliflarni tanlash orqali) belgilash tizimini qayta koʻrib chiqish.1. Pudrat tashkilotlarini toʻgʻridan-toʻgʻri (yoki eng yaxshi takliflarni tanlash orqali) belgilash natijasida obyektlar qiymati farqi yuzasidan tahlillarni amalga oshirish.Shu asosda ushbu jarayonlarda yuzaga keladigan muammolarni aniqlash (oʻxshash obyektlarni solishtirgan holda).Tahliliy maʼlumotlar2026-yil yanvarIqtisodiyot va moliya vazirligi(J. Qoʻchqorov),Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi(Sh. Xidoyatov),Bosh prokuratura(N. Yoʻldoshev),tegishli vazirlik va idoralar2. Pudrat tashkilotlarini toʻgʻridan-toʻgʻri (yoki eng yaxshi takliflarni tanlash orqali) belgilash tizimini qayta koʻrib chiqib, tegishli Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.Asoslangan takliflar2026-yil mart13.Sohaga oid qonunchilikda mavjud boʻshliqlarni bartaraf etish maqsadida tegishli normativ-huquqiy hujjatlarni xatlovdan oʻtkazish.Qurilish reglamentlari, milliy qurilish normalari hamda smeta-resurs normalarining huquqiy maqomini belgilash;master rejalarning huquqiy maqomini belgilash.Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari2026-yil martQurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi(Sh. Xidoyatov),Iqtisodiyot va moliya vazirligi(J. Qoʻchqorov),Adliya vazirligi(A. Tashkulov)14.Obyektlarning barcha yuk koʻtaruvchi konstruktiv elementlarini markirovkalash boʻyicha takliflarni ishlab chiqish.1. Ishchi guruh shakllantirish.Buyruq asosida2026-yil yanvarQurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi(Sh. Xidoyatov),manfaatdor vazirlik va idoralar2. Markirovkalash boʻyicha xalqaro tajribani oʻrganish.Topshiriq asosida2026-yil mart3. Ishchi guruh tomonidan axborot-tahliliy maʼlumotnoma tayyorlash hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. Bunda:aniq hisob-kitoblar asosida obyektlarning barcha yuk koʻtaruvchi konstruktiv elementlarini markirovkalashning aniq tartibi;aholi va biznesga qoʻshimcha moliyaviy yuklamalar va ularning narx-navoga taʼsiri;mazkur amaliyotni joriy qilishning maqsadga muvofiqligi asoslari nazarda tutiladi.Axborot-tahliliy maʼlumotnoma2026-yil may
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 1-dekabrdagi PF-236-son Farmoniga3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Bino va inshootlarning zilzilabardoshligi va seysmik xavfsizligini taʼminlashda davlat nazorati va boshqaruvini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni ijrosini monitoring qilish
T/rIndikator (subindikator) nomiOʻlchov birligiJoriy holat(yillik)Maqsadli koʻrsatkichlarMaʼlumot berishga masʼul idoralar202520262027202820292030123678910111213MAQSAD: Zilzilabardoshlik va seysmik xavfsizlik yoʻnalishida davlat nazorati va boshqaruvini takomillashtirishI. Amaliyot koʻrsatkichlariJarayonlarni raqamlashtirish va monitoring qilish1.1.“Shaffof qurilish” MAT orqali beton va poʻlat prokati ishlab chiqaruvchilar (yetkazib beruvchilar) reytingini yuritishfoiz--105080100100Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi1.2.“Shaffof qurilish” MATda ekspertiza tashkilotlarining reytingini yuritishfoiz--100-Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi1.3.Instrumental-texnik tekshiruvdan oʻtkazish boʻyicha loyiha tashkilotlarini shakllantirish va “Shaffof qurilish” MATda ularning reytingini yuritishfoiz--100-Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi1.4.Instrumental-texnik tekshiruv oʻtkazish va xulosalarni taqdim etishning barcha jarayonlarini raqamlashtirishfoiz--100-Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi1.5.Muhandislik-geologik tadqiqotlar oʻtkazishning barcha jarayonlarini raqamlashtirish va yagona reyestrini yaratish.foiz--2040508090Fanlar akademiyasi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi1.6.Obyektlarning maxsus texnik shartlariga zilzilabardoshlik boʻyicha ilmiy xulosalar berish tizimini raqamlashtirishfoiz--2040508090Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi1.7.Loyiha hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish jarayonida obyektlarga oid birlamchi hujjatlarni olish va koʻrib chiqish jarayonlarini raqamlashtirish hamda shu orqali hujjatlarni arizachi tomonidan yuklash amaliyotiga chek qoʻyishfoiz--100-Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi1.8.Seysmik faol zonalarda joylashgan koʻp kvartirali uy-joylarni har besh yilda kamida bir marotaba vizual tekshiruvdan oʻtkazishfoiz--1020304050Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi1.9.Sanoat xavfsizligi sohasida ekspertiza xulosalarini berish jarayonlarini toʻliq raqamlashtirishfoiz--100-Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi1.10.Buyurtmachi xizmati tizimini raqamlashtirish hamda obyektlar boʻyicha moliyalashtirish, texnik nazoratni yuritish, bajarilgan ishlar hajmini qabul qilish va obyektni foydalanishga topshirish jarayonlarini soddalashtirishfoiz--3080100Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari1.11.Obyektlarning loyiha-qidiruv, qurilish-montaj va nazorat jarayonlarining barcha bosqichlaridagi ishlarni Farmonning 1-ilovasidagi roʻyxatda keltirilgan asosiy mutaxassislarning milliy reyestriga kiritilgan mutaxassislar tomonidan amalga oshirishfoiz--515355070Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligiXavfsizlikni taʼminlash va noqonuniy harakatlarni cheklash1.12.“Oʻzbekkosmos” agentligi tomonidan amalga oshirilayotgan qurilishlar ustidan doimiy kuzatuvlar olib boriladigan hududlar qamrovifoiz-10206080100“Oʻzbekkosmos” agentligi1.13.Pudrat tashkilotlarini toʻgʻridan-toʻgʻri (yoki eng yaxshi takliflarni tanlash orqali) tanlash amaliyotini qatʼiyan cheklashfoiz100100503010-Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar1.14.Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish hamda ekspertizadan oʻtkazish jarayonida oʻzaro affillangan shaxslarni aniqlashfoiz100100503010-Bosh prokuraturaII. Natijadorlik koʻrsatkichlari2.Noqonuniy qurilishlar ulushini kamaytirishfoiz1001008060402010Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi2.1.Oʻzboshimchalik bilan boshlangan qurilishlarfoiz10010080604020102.2.Hujjatlarida kamchiliklar bilan qurilayotgan bino va inshootlarfoiz10010080604020102.3.Bino va inshootlarning zilzilabardoshligiga salbiy taʼsir qiluvchi holatlarfoiz1001008060402010