PQ-163-son Qaror · 01.05.2026

Gidroenergetika sohasini yanada rivojlantirish boʻyicha kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-163
  • Qabul qilingan sana:01.05.2026
  • Kuchga kirgan sana:04.05.2026
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 07/26/163/0448

[Koʻchirma]

Respublikamizda gidroenergetika tarmogʻini barqaror rivojlantirish, mavjud imkoniyatlardan unumli foydalanish, sohada mahalliy mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish va qoʻllab-quvvatlash, “Oʻzbekgidroenergo” AJning operatsion samaradorligini oshirish hamda moliyaviy barqarorligini taʼminlash maqsadida qaror qilaman:

I. Maqsadlar

1. Quyidagilar “Oʻzbekgidroenergo” AJ faoliyati samaradorligini oshirishning asosiy maqsadli koʻrsatkichlari etib belgilansin:

(a) 2026-yil yakuniga qadar 114 MVt ishlab chiqarish quvvatlarini foydalanishga topshirish va 7,1 milliard kVt soat elektr energiyasini ishlab chiqarish;

(b) 2032-yil yakuniga qadar respublikada:

(i) umumiy quvvati 1 400 MVt boʻlgan gidrotoʻplash elektr stansiyalarini qurish;

(ii) gidroenergetika sohasida 3 266 MVt qoʻshimcha quvvatlarni yaratish orqali gidroenergetika quvvatlarini 2,4 baravarga oshirish;

(v) mahalliy korxonalarni loyihalash, qurilish va ishlab chiqarish jarayonlariga jalb qilgan holda qoʻshilgan qiymat zanjirini yaratish orqali milliy loyiha modelini joriy etish (keyingi oʻrinlarda — milliy loyiha);

(g) 2026 — 2032-yillarda “Oʻzbekgidroenergo” AJ mablagʻlari hisobidan milliy loyiha modeli asosida 550 MVt quvvatlarni barpo etish.

II. Asosiy koʻrsatkichlar

2. 2023 — 2025-yillarda “Oʻzbekgidroenergo” AJ faoliyatiga korporativ boshqaruv va strategik rivojlantirishning zamonaviy usullarini joriy etish natijasida:

(a) “Oʻzbekgidroenergo” AJ tomonidan xalqaro standartlar asosida tayyorlangan moliyaviy hisobotlar boʻyicha “PwC” (Pricewaterhouse Coopers) xalqaro konsalting tashkilotining ijobiy xulosalari olingani;

(b) 2025-yilda “Fitch Ratings” xalqaro reyting agentligi tomonidan “Oʻzbekgidroenergo” AJ kredit reytingi “BB” (barqaror) darajasiga koʻtarilgani eʼlon qilingani;

(v) 2025-yilda “Sustainable Fitch” xalqaro reyting agentligi tomonidan “Oʻzbekgidroenergo” AJning ekologik, ijtimoiy va korporativ boshqaruv (ESG) reytingi 79 ballga oshirilib, Markaziy Osiyodagi eng yuqori ESG reytingiga ega “Pure-Player” (“sof ishtirokchi”) kompaniya sifatida eʼtirof etilgani;

(g) “Oʻzbekgidroenergo” AJ kuzatuv kengashi tarkibidagi mustaqil aʼzolar ulushi 57 foizga yetgani maʼlumot uchun qabul qilinsin.

3. Quyidagilar:

(a) “Oʻzbekgidroenergo” AJni yanada rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari 1-ilovaga muvofiq;

(b) 2026 — 2032-yillarda respublika gidroenergetika quvvatlarini oshirishning maqsadli koʻrsatkichlari 2-ilovaga muvofiq;

(v) 2026 — 2032-yillarda “Oʻzbekgidroenergo” AJ tomonidan amalga oshiriladigan loyihalar roʻyxati 3-ilovaga muvofiq, milliy loyihalar roʻyxati 3a-ilovaga muvofiq, xususiy investorlar ishtirokidagi davlat-xususiy sheriklik loyihalari roʻyxati 4-ilovaga muvofiq (keyingi oʻrinlarda — investitsiya loyihalari);

(g) 2026 — 2028-yillarda “Oʻzbekgidroenergo” AJ faoliyatini yanada rivojlantirish va samaradorligini oshirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

III. Investitsiya loyihalarini amalga oshirishni jadallashtirish

4. “Oʻzbekgidroenergo” AJni barqaror rivojlantirish va investitsiya loyihalarini jadallashtirish maqsadida:

(a) investitsiya loyihalari hududlariga olib boruvchi yoʻl, elektr uzatish tarmoqlari va boshqa infratuzilma obyektlari qurilishini bir bosqichli loyihalashtirish (ishchi loyiha) asosida “Oʻzbekgidroenergo” AJ mablagʻlari hisobidan xarid tartib-taomiliga asosan pudrat tashkilotlarini aniqlagan holda amalga oshirishga;

(b) infratuzilmasi mavjud boʻlmagan istiqbolli hududlarda loyiha-qidiruv ishlarini sifatli amalga oshirish uchun “Gidroproyekt” AJ va “Oʻzsuvloyiha” AJga uchuvchisiz uchish apparatlarini xarid qilish va ulardan foydalanishga;

(v) tasdiqlangan loyihaoldi hujjatiga muvofiq obyektni tayyor holda foydalanishga topshirish (EPC) sharti asosida amalga oshiriladigan milliy loyiha doirasida bosqichma-bosqich ishlab chiqilgan loyiha-smeta hujjatlarini “Shaharsozlik hujjatlarini ekspertiza qilish respublika markazi” DMda ekspertizadan oʻtkazishga;

(g) “Oʻzbekgidroenergo” AJ va uning tizim tashkilotlari tomonidan oʻtkaziladigan davlat xaridlarida “Oʻzbekgidroenergo” AJ tizimidagi tashkilotlarning ishtirok etishiga ruxsat berilsin.

5. Belgilansinki:

(a) “Oʻzbekgidroenergo” AJ tomonidan amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari doirasida:

(i) obyektni foydalanishga tayyor holda topshirish boʻyicha “Oʻzbekgidroenergo” AJ tizimidagi “Gidroqurilish buyurtmachi xizmati” MCHJ — buyurtmachi;

(b) gidrotexnika inshootlarining xavfsiz ekspluatatsiya qilinishini kuzatish va tahliliy monitoring yuritish ishlarini amalga oshirishga “Gidrotexnika inshootlari xavfsizligini baholash va monitoringini yuritish markazi” MCHJ — masʼul;

6. Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi (B. Xaydarov), “Oʻzbekgidroenergo” AJ (I. Abduraxmonov) uch oy muddatda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda gidroenergetika sohasida qoʻshilgan qiymatni oshirish orqali mahalliy mahsulotlarni ishlab chiqarishni kengaytirish hamda mahalliylashtirish darajasini oshirib borishga qaratilgan dasturni tasdiqlash uchun Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi boshqaruv kengashiga kiritsin va uning ijrosi ustidan doimiy nazorat oʻrnatilishini taʼminlasin.

7. Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan va oʻrmon fondi yerlarining yer fondi toifalarini oʻzgartirish masalalarini koʻrib chiqish boʻyicha Hukumat komissiyasi (Sh. Gʻaniyev) gidroenergetika sohasida investitsiya loyihalari uchun tanlangan hamda belgilangan tartibda tuman hokimligi tasarrufiga qaytarilgan va boʻsh turgan yer uchastkasi sifatida hisobga olingan yer uchastkalarining yer fondi toifasini oʻzgartirish boʻyicha kiritilgan takliflarni oʻn kun muddatda koʻrib chiqib, tegishli qaror qabul qilinishini taʼminlasin.

8. Surxondaryo viloyati hokimligi (U. Qosimov), Qishloq xoʻjaligi vazirligi (I. Abdurahmonov) bir oy muddatda Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi bilan kelishgan holda Energetika vazirligi murojaatiga asosan Sariosiyo tumani Yuqori Toʻpalang hududida elektr tarmogʻi xoʻjaligi, yoʻl va infratuzilma obyektlarini qurish uchun talab etiladigan yer uchastkalari, zarur hollarda, yer fondi toifasini belgilangan tartibda oʻzgartirish choralarini koʻrgan holda tuman hokimligining tasarrufida boʻlgan boʻsh turgan yer uchastkasi sifatida hisobga olib, doimiy foydalanish huquqi asosida Energetika vazirligiga ajratilishini taʼminlasin.

9. Favqulodda vaziyatlar vazirligi (S. Zuparov) investitsiya loyihalari doirasida qurilish ishlarini bajarishda fuqarolar xavfsizligini taʼminlash boʻyicha tabiiy va texnogen xususiyatdagi favqulodda vaziyatlar xavfini baholash hamda ularning oldini olishga qaratilgan kompleks talablarga rioya etilishi ustidan nazorat olib borsin.

IV. Moliyaviy qoʻllab-quvvatlash

10. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Idoralararo tarif komissiyasi (J. Qoʻchqorov) ikki hafta muddatda “Oʻzbekgidroenergo” AJ tomonidan ishlab chiqariladigan elektr energiyasini xarid qilish tarifini operatsion xarajatlar, kredit majburiyatlari va investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun talab etiladigan mablagʻlarni inobatga olgan holda qayta koʻrib chiqsin va tasdiqlasin.

11. Iqtisodiyot va moliya vazirligi (X. Mustafayev) bir oy muddatda 2017 — 2025-yillar davomida investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun yoʻnaltirilgan “Oʻzbekgidroenergo” AJning taqsimlanmagan foydasini “Oʻzbekgidroenergo” AJning ustav kapitalini oshirishga yoʻnaltirsin.

13. Belgilab qoʻyilsinki, “Oʻzbekgidroenergo” AJ va uning tarkibidagi korxonalarning asosiy faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan va boʻsh turgan aktivlari bosh kelishuvga koʻra Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan sotiladi va sotishdan tushgan mablagʻlar sotish xarajatlarini chegirgan holda ikki hafta muddatda “Oʻzbekgidroenergo” AJga yoʻnaltiriladi.

14. Iqtisodiyot va moliya vazirligi (X. Mustafayev), Energetika vazirligi (J. Mirzamahmudov), “Oʻzbekgidroenergo” AJ (I. Abduraxmonov) bir oy muddatda “yashil energiya” sertifikatlari sotuvini jadallashtirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga taklif kiritsin.

V. Qaror ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat

15. Energetika vazirligi, “Oʻzbekgidroenergo” AJ manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

16. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsan javobgar etib quyidagilar belgilansin:

(a) “Oʻzbekgidroenergo” AJ boshqaruvi raisi I. Abduraxmonov — investitsiya loyihalarining oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishiga, mablagʻlardan maqsadli foydalanishga;

(b) iqtisodiyot va moliya vaziri oʻrinbosari X. Mustafayev — elektr energiyasini xarid qilish tarifini belgilangan muddatda qayta koʻrib chiqishga;

(v) Bosh prokuror oʻrinbosari D. Kasimov — investitsiya loyihalari doirasida mablagʻlarning maqsadli sarflanishi hamda qurilish-montaj ishlarining sifatli bajarilishi ustidan doimiy nazorat oʻrnatishga.

17. Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari oʻrinbosari T.N. Butunbayev zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2026-yil 1-may,

PQ-163-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 1-maydagi PQ-163-son qaroriga1-ILOVA

“Oʻzbekgidroenergo” AJni yanada rivojlantirishning

1. Import oʻrnini bosuvchi eksportbop uskunalarni ishlab chiqarish hisobiga davlat investitsiya dasturlari boʻyicha mahalliy kontentni koʻpaytirish.

2. “Oʻzbekgidroenergo” AJni bosqichma-bosqich “elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi” korxonadan “elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi va tizimni muvozanatlovchi” korxonaga transformatsiya qilish.

3. Ishlab chiqarish jarayonlarini raqamlashtirish va sohada sunʼiy intellekt texnologiyalarini keng joriy etish orqali gidrotexnik inshootlarni boshqarishda avariya holatlarining oldini olish.

4. Kompaniyaning qoʻshni davlatlarda gidroenergetika sohasida amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalaridagi ishtirokini oshirish.

5. Kompaniya tizimidagi loyiha-tadqiqot va pudrat tashkilotlaridagi kompaniyaning ulushini uzoq muddatli istiqbolda saqlab qolish.

6. Kompaniyaning investitsion jozibadorligini dunyo bozorida yanada oshirish.

7. Taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda kadrlarni tizimli ravishda tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish orqali kadrlar zaxirasini shakllantirish va inson resurslarini rivojlantirish dasturini ishlab chiqish.

8. Investitsiya loyihalari doirasida texnik yechimlarni ilmiy yondashuv asosida aniqlash va joriy etish.

9. Zamonaviy texnologiyalarni joriy etish hisobiga gidrotexnik inshootlarni xavfsiz va samarali boshqarishni taʼminlash.

10. Loyiha-kuzatuv ishlarini izchil davom ettirish hisobiga respublikada mavjud qoʻshimcha gidroenergetik salohiyatlarni aniqlash va ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish.

11. Operatsion samaradorlikni oshirish, jumladan, sohaga oid boʻlmagan aktivlarni tasarrufdan chiqarish, homiylik toʻlovlarini toʻxtatish, kredit majburiyatlarini muddatidan oldin toʻlash va operatsion xarajatlarni maqbullashtirish orqali xarajatlarni qisqartirish.

12. Ichki nazorat tizimini kuchaytirish, moliyaviy aktivlar harakatini nazorat qilish, korrupsiya va manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish.

13. Kompaniya va uning tarkibidagi korxonalarni moliyaviy sogʻlomlashtirish, jumladan, debitor qarzdorliklarini qisqartirish va ularning likvidlik darajasini oshirish.

14. Kompaniya faoliyatida moliyaviy shaffoflikni oshirish uchun moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini tizim tashkilotlarida bosqichma-bosqich joriy etish.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 1-maydagi PQ-163-son qaroriga2-ILOVA

2026 — 2032-yillarda respublika gidroenergetika quvvatlarini oshirishning

MVtT/rNomlanishiAmaldagi quvvat Ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish prognoziAmaldagi quvvatga nisbatan oʻsish surʼati(foizda)2026 y.2027 y.2028 y.2029 y.2030 y.2031 y.2032 y.2030 y.2032 y. Jami2 4022 5252 6592 8003 3963 7944 4705 668158%236% shundan tizimni muvozanatlovchi quvvat9219219219211 4691 7942 3993 200195%347%1.“Oʻzbekgidroenergo” AJning ishlab chiqarish quvvatlari2 4022 5152 6292 7603 3363 6644 3405 538153%231%1.1.yangi quvvatlarni qurish hisobiga1491142163389139131 0841 476613%990%1.2.mavjud quvvatlarni modernizatsiya qilish hisobiga2 2532 4022 4142 4102 4102 4142 3192 325107%103%1.3.yangi quvvatlarni qurish hisobiga (DXSH loyihalari) 12123379371 737 2.Xususiy sektorning ishlab chiqarish quvvatlari* 10304060130130130

* Xususiy sektor tomonidan loyihalar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-martdagi “Respublika hududlarida mikro gidroelektr stansiyalari tarmogʻini rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-129-son qarorida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 1-maydagi PQ-163-son qaroriga3-ILOVA

2026 — 2032-yillarda “Oʻzbekgidroenergo” AJ tomonidan amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari

T/rLoyihalar nomiLoyiha quvvati (MVt)shundan qoʻshimcha quvvati (MVt)Yillik oʻrtacha ishlab chiqarish (mln kVt-soat)shundan qoʻshimcha, (mln kVt-soat)Amalga oshirish muddatiLoyihalar taxminiy qiymati va moliyalashtirish manbalari(mln doll.)Jami“Oʻzbekgidro-energo” AJ mablagʻlarikredit mablagʻiboshqa manbalarJAMI1 941,3 1 399,6 7 093,9 4 947,8 3 688,3 2 521,1 1 139,3 28,0 I.2026-yilda foydalanishga topshiriladigan loyihalar113,6 113,6 536,9 536,9 252,5 128,2 96,3 28,0 1.Namangan viloyati Norin daryosida Norin GESlar kaskadi qurilishi (GES-2)38,0 38,0 170,9 170,9 2024 — 2026 yy.71,4 71,4 2.Qashqadaryo viloyati Rabat, Chappasuy, Tamshush GESlari qurilishi24,0 24,0 105,1 105,1 2020 — 2026 yy.69,5 9,5 60,0 3.Namangan viloyati Katta Andijon kanalida KGESlar kaskadi qurilishi23,0 23,0 172,5 172,5 2023 — 2026 yy.60,7 39,1 21,6 4.Andijon viloyati Janubiy Fargʻona kanalida “JFK-3” kichik GES qurilishi6,9 6,9 33,0 33,0 2023 — 2026 yy.19,1 4,3 14,7 5.Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanida shamol elektr stansiyasi qurilishi20,0 20,0 50,0 50,0 2023 — 2026 yy.28,0 28,0 6.Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida Varganza mikro GES qurilishi0,3 0,3 1,7 1,7 2024 — 2026 yy.0,6 0,6 7.Qashqadaryo viloyati Koʻkdala tumanida Arabbandi mikro GES qurilishi0,4 0,4 1,1 1,1 2024 — 2026 yy.0,9 0,9 8.Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida “Zarchob-3a” mikro GES qurilishi0,5 0,5 1,3 1,3 2024 — 2026 yy.1,1 1,1 9.Samarqand viloyati Bulungʻur tumanida “Bot-bot” mikro GES qurilishi0,5 0,5 1,3 1,3 2024 — 2026 yy.1,1 1,1 II.Amalga oshirilayotgan loyihalar (yildan yilga oʻtuvchi loyihalar)400,0 400,0 1 268,9 1 268,9 947,8 890,1 57,7 1.Namangan viloyati Norin daryosida Norin GESlar kaskadi qurilishi (GES-3, GES-6)152,0 152,0 683,6 683,6 2025 — 2028 yy.285,7 285,7 2.Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanida Piskom daryosida Piskom GES qurilishi248,0 248,0 585,3 585,3 2018 — 2029 yy.662,1 604,4 57,7 III.2026-yilda faol bosqichga oʻtadigan loyihalar456,4 404,1 1 450,4 1 328,4 1 002,5 487,2 515,4 1.Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanida Piskom daryosida Yuqori Piskom GES qurilishi160,0 160,0 483,6 483,6 2026 — 2029 yy.365,1 123,4 241,7 2.Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanida Piskom daryosida Mullalaq GES qurilishi140,0 140,0 396,0 396,0 2026 — 2029 yy.328,7 111,1 217,6 3.“Quyi Boʻzsuv GESlar kaskadi” filialini (GES-19, GES-22, GES-23) modernizatsiya qilish32,4 -0,8152,4 46,0 2026 — 2028 yy.37,5 10,8 26,7 4.“Shahrixon GESlar kaskadi” filialini (GES-5A, GES-6A) modernizatsiya qilish16,4 -2,742,1 26,6 2026 — 2028 yy.18,4 5,4 13,1 5.Fargʻona viloyati Quva tumani Janubiy Fargʻona kanalida “JFK-5” GES qurilishi12,2 12,2 51,7 51,7 2026 — 2029 yy.22,4 6,1 16,3 6.Fargʻona viloyati Soʻx tumanida Soʻx GES qurilishi15,0 15,0 48,5 48,5 2026 — 2029 yy.40,8 40,8 7.Surxondaryo viloyati Kishtut daryosida Kishtut GESlar kaskadi qurilishi (1-bosqich)80,4 80,4 276,0 276,0 2026 — 2028 yy.189,6 189,6 IV.Istiqbolli loyihalar 464,7 464,7 1 628,1 1 628,1 1 021,5 736,6 284,9 1.Qashqadaryo viloyatida Chimqoʻrgʻon suv omborida kichik GES qurilishi4,2 4,2 11,5 11,5 2027-2028 yy.8,4 8,4 2.Surxondaryo viloyati Kishtut daryosida Kishtut GESlar kaskadi qurilishi (2-bosqich)143,6 143,6 476,6 476,6 2028 — 2032 yy.315,9 315,9 3.Surxondaryo viloyati Tamshush daryosida Tamshush GESlar kaskadi qurilishi (1-bosqich)68,668,6 241,9 241,9 2027 — 2031 yy.150,9 52,8 98,1 4.Surxondaryo viloyati Tamshush daryosida Tamshush GESlar kaskadi qurilishi (2-bosqich)76,6 76,6 260,7 260,7 2029 — 2032 yy.168,5 59,0 109,5 5.Surxondaryo viloyati Toʻpolondaryo daryosida Mizot GES qurilishi14,3 14,3 57,2 57,2 2028 — 2032 yy.31,5 31,5 6.Surxondaryo viloyati Toʻpolondaryo daryosida kichik GESlar kaskadi qurilishi36,0 36,0 171,2 171,2 2028 — 2032 yy.79,2 27,7 51,5 7.Surxondaryo viloyati Toʻpolondaryo daryosida Duoba GESlar kaskadi qurilishi18,0 18,0 76,3 76,3 2028 — 2032 yy.39,6 13,9 25,7 8.Surxondaryo viloyati Xavat daryosida GESlar kaskadi qurilishi78,5 78,5 250,6 250,6 2029 — 2032 yy.172,7 172,7 9.Surxondaryo viloyati Chamtosh daryosida kichik GESlar kaskadi qurilishi5,3 5,3 17,7 17,7 2030 — 2032 yy.11,7 11,7 10.Surxondaryo viloyati Shoxturud daryosida GESlar kaskadi qurilishi19,6 19,6 64,4 64,4 2030 — 2032 yy.43,1 43,1 V.Mavjud quvvatlarni modernizatsiya qilishga qaratilgan loyihalar506,6 17,2 2 209,6 185,5 276,0 91,0 185,0 1.“Oʻrta Chirchiq GESlar kaskadi” filialini (GES-28) modernizatsiya qilish124,0 4,0 437,1 14,1 2028 — 2032 yy.35,0 10,0 25,0 2.“Oʻrta Chirchiq GESlar kaskadi” filialini (GES-7) modernizatsiya qilish86,0 2,0 465,8 10,8 2027 — 2032 yy.40,0 10,0 30,0 3.“Quyi Boʻzsuv GESlar kaskadi” filialini (GES-18) modernizatsiya qilish7,5 0,5 25,0 12,0 2028 — 2030 yy.18,0 8,0 10,0 4.“Qodiriya GESlar kaskadi” filialini (GES-15) modernizatsiya qilish10,2 1,2 60,1 6,1 2028 — 2030 yy.15,0 5,0 10,0 5.“Toshkent GESlar kaskadi” filialini (GES-21) modernizatsiya qilish4,0 0,4 20,9 1,9 2028 — 2031 yy.10,0 5,0 5,0 6.“Qodiriya GESlar kaskadi” filialini (GES-12) modernizatsiya qilish12,7 1,5 65,2 70,1 2028 — 2031 yy.25,0 10,0 15,0 7.“Toshkent GESlar kaskadi” filialini (GES-4) modernizatsiya qilish7,0 0,6 45,0 5,0 2028 — 2031 yy.18,0 8,0 10,0 8.“Chirchiq GESlar kaskadi” filialini(GES-8) modernizatsiya qilish74,0 2,0 400,5 15,5 2028 — 2030 yy.45,0 15,0 30,0 9.“Oʻrta Chirchiq GESlar kaskadi” filialini (GES-27) modernizatsiya qilish170,0 5,0 600,0 50,0 2028 — 2031 yy.50,0 10,0 40,0 10.“Qodiriya GESlar kaskadi” filialini (GES-11) modernizatsiya qilish11,2 90,0 2028 — 2030 yy.20,0 10,0 10,0 VI.Infratuzilma obyektlarini qurishga qaratilgan loyihalar 188,0 188,0 1.Surxondaryo viloyati Yuqori Toʻpalang hududidagi istiqbolli loyihalar hududlariga olib boruvchi yoʻl qurilishi 2026 — 2030 yy.80,0 80,0 2.Surxondaryo viloyati Yuqori Toʻpalang hududidagi istiqbolli loyihalar uchun elektr uzatish tarmogʻi va boshqa obyektlar qurilishi 2026 — 2030 yy.48,0 48,0 3.Toshkent viloyati Yuqori Piskom hududidagi istiqbolli loyihalar hududlariga olib boruvchi yoʻl, elektr uzatish tarmogʻi va boshqa obyektlar qurilishi 2026-2027 yy.60,0 60,0

Izoh:

Loyihalarning iqtisodiy samaradorligi va koʻrsatkichlariga ishlab chiqilgan TIA (ishchi loyiha)ga asosan aniqlik kiritiladi hamda oʻrnatilgan tartibda “Oʻzbekgidroenergo” AJ boshqaruv organi tomonidan koʻrib chiqiladi.

Energetika vazirligining taklifiga asosan Vazirlar Mahkamasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishgan holda mazkur roʻyxatga tuzatish, qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.

Loyiha hududlari tabiiy meros obyektlari va muhofaza etiladigan tabiiy hududlar yer maydonlariga kirgan yoki ularning muhofaza zonasida joylashgan taqdirda, ushbu loyiha tegishli tashkilotlar, shu jumladan, xalqaro tashkilotlar bilan oʻrnatilgan tartibda kelishilgandan soʻng amalga oshiriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 1-maydagi PQ-163-son qaroriga3a-ILOVA

2026 — 2032-yillarda “Oʻzbekgidroenergo” AJ tomonidan amalga oshiriladigan milliy loyihalar

T/rLoyihalar nomiLoyiha quvvati (MVt)Yillik oʻrtacha ishlab chiqarish (mln kVt-soat)Amalga oshirish muddatiLoyihaning taxminiy qiymati (mln doll.) JAMI552,6 2 062,4 1 174,6 1.Namangan viloyati Norin daryosida Norin GESlar kaskadi qurilishi190,0 854,5 2024 — 2028 yy.357,1 2.Qashqadaryo viloyatida Kitob tumanida Varganza mikro GES qurilishi0,3 1,7 2024 — 2026 yy.0,6 3.Qashqadaryo viloyati Koʻkdala tumanida Arabbandi mikro GES qurilishi0,4 1,1 2024 — 2026 yy.0,9 4.Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida “Zarchob-3a” mikro GES qurilishi0,5 1,3 2024 — 2026 yy.1,1 5.Samarqand viloyati Bulungʻur tumanida “Bot-bot” mikro GES qurilishi0,5 1,3 2024 — 2026 yy.1,1 6.Fargʻona viloyati Soʻx tumanida Soʻx GES qurilishi15,0 48,5 2026 — 2029 yy.40,8 7.Surxondaryo viloyati Kishtut daryosida Kishtut GESlar kaskadi qurilishi (1-bosqich)80,4 276,0 2026 — 2028 yy.189,6 8.Surxondaryo viloyati Kishtut daryosida Kishtut GESlar kaskadi qurilishi (2-bosqich)143,6 476,6 2028 — 2032 yy.315,9 9.Qashqadaryo viloyatida Chimqoʻrgʻon suv omborida kichik GES qurilishi4,2 11,5 2027-2028 yy.8,4 10.Surxondaryo viloyati Toʻpolondaryo daryosida Mizot GES qurilishi14,3 57,2 2028 — 2032 yy.31,5 11.Surxondaryo viloyati Xavat daryosida GESlar kaskadi qurilishi78,5 250,6 2029 — 2032 yy.172,7 12.Surxondaryo viloyati Chamtosh daryosida kichik GESlar kaskadi qurilishi5,3 17,7 2030 — 2032 yy.11,7 13.Surxondaryo viloyati Shoxturud daryosida GESlar kaskadi qurilishi19,6 64,4 2030 — 2032 yy.43,1

Izoh:

Loyihalar “Oʻzbekgidroenergo” AJ mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi, ularning iqtisodiy samaradorligi va koʻrsatkichlariga ishlab chiqilgan TIA (ishchi loyiha)ga asosan aniqlik kiritiladi hamda oʻrnatilgan tartibda “Oʻzbekgidroenergo” AJ boshqaruv organi tomonidan koʻrib chiqiladi.

Energetika vazirligining taklifiga asosan Vazirlar Mahkamasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishgan holda mazkur roʻyxatga tuzatish, qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.

Loyiha hududlari tabiiy meros obyektlari va muhofaza etiladigan tabiiy hududlar yer maydonlariga kirgan yoki ularning muhofaza zonasida joylashgan taqdirda, ushbu loyiha tegishli tashkilotlar, shu jumladan, xalqaro tashkilotlar bilan oʻrnatilgan tartibda kelishilgandan soʻng amalga oshiriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 1-maydagi PQ-163-son qaroriga4-ILOVA

2026 — 2032-yillarda “Oʻzbekgidroenergo” AJ tomonidan amalga oshiriladigan xususiy investorlar ishtirokidagi davlat-xususiy sheriklik loyihalari

T/rLoyihalar nomiLoyiha quvvati (MVt)Yillik oʻrtacha ishlab chiqarish(mln kVt-soat)Amalga oshirish muddatiLoyihaning taxminiy qiymati (mln doll.)Moliyalashtirish manbalari(mln doll.)Masʼul ijrochilar“Oʻzbekgidro-energo” AJ mablagʻlaritoʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyaJAMI1 736,73 669,1 2 540,9190,62 350,4 1.Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanida Xoʻjakent gidrotoʻplash elektr stansiyasi (GTES) qurilishi600,01 290,02027 — 2032 yy.880,066,0814,0Energetika vazirligi,Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi,Iqtisodiyot va moliya vazirligi,“Oʻzbekgidroenergo” AJ,Toshkent viloyati hokimligi2.Toshkent viloyati Boʻstonliq tumani Piskom daryosida Qorongʻitoʻgʻay GES qurilishi324,5876,82026 — 2030 yy.784,158,8725,33.Jizzax viloyati Forish tumanida Aydarkoʻl gidrotoʻplash elektr stansiyasi (GTES) qurilishi 300,0486,22027 — 2032 yy.300,622,5278,1Energetika vazirligi,Investitsiyalar,sanoat va savdo vazirligi,Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi,Iqtisodiyot va moliya vazirligi,“Oʻzbekgidroenergo” AJ,Jizzax viloyati hokimligi4.Qoraqalpogʻiston Respublikasi Taxtakoʻpir tumanida Qorateren gidrotoʻplash elektr stansiyasi (GTES) qurilishi500,0957,02027 — 2032 yy.550,241,3508,9Energetika vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, “Oʻzbekgidroenergo” AJ, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi5.Jizzax viloyati Tuyatortar kanalida kichik GESlar kaskadi qurilishi12,259,12026 — 2028 yy.26,02,024,1Energetika vazirligi,Jizzax viloyati hokimligi,“Oʻzbekgidroenergo” AJ

Izoh:

Energetika vazirligining taklifiga asosan Vazirlar Mahkamasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishgan holda mazkur roʻyxatga tuzatish, qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.

“Jizzax viloyati Tuyatortar kanalida kichik GESlar kaskadi qurilishi” loyihasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-martdagi “Respublika hududlarida mikro gidroelektr stansiyalari tarmogʻini rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-129-son qarorida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Loyiha hududlari tabiiy meros obyektlari va muhofaza etiladigan tabiiy hududlar yer maydonlariga kirgan yoki ularning muhofaza zonasida joylashgan taqdirda, ushbu loyiha tegishli tashkilotlar, shu jumladan, xalqaro tashkilotlar bilan oʻrnatilgan tartibda kelishilgandan soʻng amalga oshiriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 1-maydagi PQ-163-son qaroriga5-ILOVA

2026 — 2028-yillarda “Oʻzbekgidroenergo” AJ faoliyatini yanada rivojlantirish va samaradorligini oshirish boʻyicha

T/rChora-tadbirlar nomiAmalga oshirish mexanizmiIjro muddatiMasʼulijrochilar1.“Oʻzbekgidroenergo” AJning investitsion jozibadorligini oshirish.1. 2017 — 2025-yillarda investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun yoʻnaltirilgan “Oʻzbekgidroenergo” AJning taqsimlanmagan foydasini uning ustav kapitalini oshirishga yoʻnaltirish.2. Kapitalizatsiya qilingan mablagʻlar hisobiga “Oʻzbekgidroenergo” AJ aksiyadorlar ulushlarini mutanosib ravishda oshirish uchun qoʻshimcha aksiyalarni joylashtirish.2026-yil iyunIqtisodiyot va moliya vazirligi,“Oʻzbekgidroenergo” AJ2026-yil iyul“Oʻzbekgidroenergo” AJ2.“Oʻzbekgidroenergo” AJda raqamli texnologiyalardan foydalanish.1. “Yagona gʻaznachilik” axborot tizimini takomillashtirish. Bunda:rejalashtirish, xaridlar, shartnomalar ijrosi, toʻlovlar va komplayens nazorat qilish imkoniyatini beradigan modullarni joriy etish va ushbu tizimni buxgalteriya hisobini yuritish axborot tizimi bilan integratsiya qilish;“Oʻzbekgidroenergo” AJning daromad va xarajatlarini markazlashgan holda tahlil qilish.2026-yiloktabr“Oʻzbekgidroenergo” AJ2. Ishlab chiqarish va moliyaviy oqimlar, tannarx, investitsiya va kreditlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni onlayn tahlil qilish hamda biznes-reja ijrosini nazorat qilish imkonini beruvchi “Moliyaviy model” elektron dasturini joriy etish.2026-yilsentabr“UzAssets” AJ, “Oʻzbekgidroenergo” AJ 3. Ishlab chiqarish va operatsion jarayonlarni raqamlashtirish, jarayonlarni onlayn rejimda boshqarish, boshqarishning yaxlit axborot tizimi(ERP)ni joriy etish.2026-yildekabr“Oʻzbekgidroenergo” AJ3.Ekologik, ijtimoiy va korporativ boshqaruv (ESG) tamoyillarini joriy etishni yangi bosqichga olib chiqish.1. ISSB (IFRS S1/S2) standartlari asosida “Oʻzbekgidroenergo” AJning 2025 yil yakuni boʻyicha barqaror rivojlanish va ESG hisobotini ishlab chiqish.2026-yil dekabr“UzAssets” AJ,“Oʻzbekgidroenergo” AJ2. Xorijiy auditor tashkilotini “taklif soʻrovi” tartib-taomili asosida aniqlash, shartnoma imzolash, ESG hisobotini auditor tashkiloti tomonidan koʻrib chiqish.Doimiy “Oʻzbekgidroenergo” AJ3. ESG hisobotlari xalqaro reyting agentliklari tomonidan koʻrib chiqilishi uchun “taklif soʻrovi” tartib-taomili asosida reyting agentligini aniqlash va shartnoma imzolash.Doimiy“Oʻzbekgidroenergo” AJ4.“Oʻzbekgidroenergo” AJning toʻlov qobiliyatini va likvidlik darajasini oshirish.1. Xorijiy konsalting tashkilotlarini jalb etgan holda “Oʻzbekgidroenergo” AJ tizimidagi aktivlarni bozor qiymatida baholash. Bunda qayta baholashning ijobiy summasini daromad deb eʼtirof etmaslik.2026-yildekabr“Oʻzbekgidroenergo” AJ,Iqtisodiyot va moliya vazirligi2. Xorijiy konsalting tashkilotlarining baholash hisobotlariga asosan moliyaviy hisobotga tuzatishlar kiritish va auditor xulosasini olish.2027-yilaprel“Oʻzbekgidroenergo” AJ5.“Oʻzbekgidroenergo” AJ tomonidan sohaviy va boʻsh turgan aktivlardan foydalanish samaradorligini oshirish.1. “Oʻzbekgidroenergo” AJ tomonidan loyiha hududlariga olib boruvchi yoʻllar qurilishini yakuniga yetkazish va qurilishi yakunlangan obyektlarni tegishliligi boʻyicha viloyat hokimligi va Avtomobil yoʻllari qoʻmitasiga begʻaraz topshirish.2026 — 2030-yillar“Oʻzbekgidroenergo” AJ, Iqtisodiyot va moliya vazirligi,Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi2. Xususiylashtirish dasturlariga asosan vazirlik va idoralarning asosiy faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan va boʻsh turgan aktivlarini bozor qiymatida sotish amaliyotini joriy etish, aktivlarni qoldiq qiymatida begʻaraz topshirishni qatʼiy toʻxtatish.2026 — 2030-yillarDavlat aktivlarini boshqarish agentligi3. “Oʻzbekgidroenergo” AJ xorijiy qarz bitimlarining moliyaviy shartlarini (kovenantlarini) inobatga olib, xususiylashtirish dasturidan “Oʻzbekgidroenergoqurilish” AJ, “Gidromaxsusqurilish” AJ va “Energetiklar sihatgohi” MCHJni chiqarish. 2026-yiliyun Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Kelgusida davlat xususiylashtirish dasturlariga “Oʻzbekgidroenergo” AJ aktivlarini kiritishda qarz bitimlarining moliyaviy shartlarini (kovenantlarini) inobatga olish va ushbu aktivlarni “Oʻzbekiston Respublikasi milliy investitsiya jamgʻarmasi” AJ bilan kelishish.DoimiyIqtisodiyot va moliya vazirligi4. “Energoqurilishindustriya” MCHJ ustav fondida “Oʻzbekgidroenergoqurilish” AJga tegishli boʻlgan 58,1 foiz ulushni balans qiymatida, “Oʻzbekgidroenergoqurilish” AJ aksiya paketidagi “Oʻzbekgidroenergo” AJga tegishli ulushni nominal qiymatda kamaytirish hisobiga “Oʻzbekgidroenergo” AJga oʻtkazish.2026-yil iyul“Oʻzbekgidroenergo” AJ,Iqtisodiyot va moliya vazirligi6.Gidroenergetika sohasida milliy loyiha modelini yaratish.1. Gidroenergetika sohasida milliy loyiha modelini yaratish. Bunda loyihalashdan tortib qurilish ishlarini bajarish va uskunalarni ishlab chiqarishgacha boʻlgan jarayonlarni toʻliq mahalliy korxonalar tomonidan amalga oshirish.2026 — 2032-yillar “Oʻzbekgidroenergo” AJ, Iqtisodiyot va moliya vazirligi2. “Oʻzbekgidroenergo” AJ tomonidan milliy loyiha modeli asosida 553 MVt boʻlgan quvvatlarni barpo etish.2026 — 2032-yillar “Oʻzbekgidroenergo” AJ, Iqtisodiyot va moliya vazirligi3. Gidrotexnika inshootlarining xavfsiz ekspluatatsiya qilinishini kuzatish va tahliliy monitoring yuritish ishlarini “Gidrotexnika inshootlari xavfsizligini baholash va monitoringini yuritish markazi” MCHJ tomonidan amalga oshirish.Doimiy“Oʻzbekgidroenergo” AJ4. Qurilishi tugallangan obyektlarning “Oʻzbekgidroenergo” AJ tomonidan xavfsiz ekspluatatsiya qilinishini taʼminlash.Doimiy“Oʻzbekgidroenergo” AJ5. “Oʻzbekgidroenergo” AJ mablagʻlari hisobidan milliy loyiha modeli asosida investitsiya loyihalarini va qurilishi tugallangan obyektlarni ekspluatatsiya qilish ishlarini amalga oshirish.Doimiy“Oʻzbekgidroenergo” AJ7.Kadrlarni tizimli asosda tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish orqali kadrlar zaxirasini shakllantirish.1. Taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda Kadrlar zaxirasini shakllantirish va inson resurslarini rivojlantirish dasturini ishlab chiqish.2026-yil oktabrOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti, Toshkent arxitektura-qurilish universiteti, Toshkent davlat texnika universiteti, “Oʻzbekgidroenergo” AJ2. Kadrlarni tizimli ravishda tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish orqali kadrlar zaxirasini shakllantirish.Doimiy3. Gidroenergetika sohasida inshootlarni loyihalash, qurish va ekspluatatsiya qilishda oliy taʼlim muassasalari talabalarini jalb etish orqali dual taʼlim shaklida malakaviy amaliyotga sharoit yaratish. Doimiy4. Oliy taʼlim muassasalari talabalari ishtirokida yirik gidrotexnika inshootlarini boshqarish yoʻnalishida oʻquv kurslari tashkil etish.Doimiy5. Gidroenergetika sohasida oliy maʼlumotga ega boʻlgan kadrlarni tayyorlash boʻyicha oliy taʼlim muassasalarining moddiy-texnika bazasini yaxshilash maqsadida har yili 2,0 mlrd soʻmgacha mablagʻ ajratish.Har yiliIqtisodiyot va moliya vazirligi,“Oʻzbekgidroenergo” AJ8.Investitsiya loyihalari doirasida texnik yechimlarni ilmiy yondashuv asosida aniqlash va joriy etish.1. Oliy taʼlim muassasalarining yetakchi professor-oʻqituvchilari va ilmiy xodimlaridan iborat ilmiy ekspertlar guruhini tashkil etish.2026 yiliyunOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti, Toshkent arxitektura-qurilish universiteti, Toshkent davlat texnika universiteti, “Oʻzbekgidroenergo” AJ2. Gidroenergetika obyektlarining ekspluatatsion ishonchliligi, konstruktiv mustahkamligi hamda xavfsizlik darajasini baholash va bashorat qilishning ilmiy-nazariy uslublarini takomillashtirish boʻyicha ilmiy ekspertlarni jalb qilish. Doimiy3. Ilmiy ekspertlarning ilgʻor va samarador ilmiy tavsiyalarini sohaga joriy etish.Doimiy4. Ilmiy ekspertlarning tavsiyalariga asosan sohada erishilgan natijalarni ragʻbatlantirish.Doimiy9.Xorijiy konsalting kompaniyalarni jalb qilgan holda jamiyatning uzoq muddatli rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish.1. Qoʻshni davlatlarda gidroenergetika sohasida birgalikda amalga oshirilishi rejalashtirilgan investitsiya loyihalarida “Oʻzbekgidroenergo” AJ ishtirokini aniq belgilash.2026 yiliyunEnergetika vazirligi,Iqtisodiyot va moliya vazirligi,2. Jamiyatning uzoq muddatli rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish uchun texnik topshiriqni ishlab chiqish va tasdiqlash. 2026 yilsentabr“UzAssets” AJ“Oʻzbekgidroenergo” AJ3. Tasdiqlangan texnik topshiriq boʻyicha “taklif soʻrovi” tartib-taomili asosida xorijiy konsalting kompaniyani aniqlash, shartnoma imzolash va strategiyani ishlab chiqishni tashkillashtirish.2026 yildekabr“Oʻzbekgidroenergo” AJ4. Ishlab chiqilgan rivojlanish strategiyasini jamiyat kuzatuv kengashida koʻrib chiqish va tasdiqlash.2027 yilsentabr“UzAssets” AJ“Oʻzbekgidroenergo” AJ10.“Oʻzbekgidroenergo” AJ va tizim korxonalarining xarid jarayonlarida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimlari samaradorligini baholash (forenzik audit) dan oʻtkazish.1. Forenzik auditdan oʻtkazish boʻyicha texnik topshiriq ishlab chiqish va tasdiqlash.2026-yilavgust“Oʻzbekgidroenergo” AJ, “UzAssets” AJ2. Tasdiqlangan topshiriqqa asosan xarid jarayonlarini oʻtkazish va shartnoma imzolash.2026-yiloktabr“Oʻzbekgidroenergo” AJ3. Shartnomaga muvofiq “Oʻzbekgidroenergo” AJ va tizim korxonalarining xarid jarayonlarida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimlari samaradorligini baholash (forenzik audit)dan oʻtkazish.2026-yildekabr“Oʻzbekgidroenergo” AJ11.Investitsiya loyihalarini amalga oshirish samaradorligini yanada oshirish.1. “Oqsu daryosida Rabat GES qurilishi, Oqsu daryosida Chappasuy GES qurilishi va Oqdaryo — Oqsu daryosida Tamshush GES qurilishi” investitsiya loyihasi doirasida Osiyo taraqqiyot banki bilan imzolangan qarz bitimi yakunlanishi munosabati bilan qurilish-montaj ishlarini belgilangan tartibda “Oʻzbekgidroenergo” AJ mablagʻlari hisobidan yakunlash va obyektni foydalanishga topshirish. 2026 yil dekabr“Oʻzbekgidroenergo” AJ2. “Oʻzbekgidroenergo” AJ tomonidan imzolangan kredit shartnomalari boʻyicha loyihani amalga oshirish davridagi foiz va komissiya xarajatlarini elektr energiyasini ishlab chiqarishning chegirib tashlanadigan xarajatlari tarkibiga kiritish, qurilish davridagi foiz va komissiya xarajatlarini inobatga olmagan holda loyiha qiymatini shakllantirish.Doimiy“Oʻzbekgidroenergo” AJ12.Gidroenergetika sohasidagi loyiha-qidiruv institutlarini transformatsiya qilish.Gidroenergetika sohasidagi loyiha-qidiruv institutlarini transformatsiya qilish boʻyicha quyidagilarni nazarda tutuvchi qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish:(a) loyihalashtirishda zamonaviy modellashtirish va hisoblash texnologiyalaridan (BIM, CAD, CAE va boshqalar) foydalanish;(b) qurilishda ilgʻor va yangi turdagi qurilish materiallarini qoʻllashni koʻzda tutadigan zamonaviy texnologiyalarini joriy etish;(v) loyihalashtirilgan obyektlar qurilishining barcha bosqichlarida sifatli mualliflik nazoratini amalga oshirish;(g) ilmiy-tadqiqot institutlari va yetakchi oliy taʼlim muassasalarini jalb etgan holda yuqori texnologik uslublar va uskunalarni xalqaro standartlar darajasida qoʻllashni koʻzda tutadigan loyihalashtirish jarayonlariga zamonaviy meʼyorlar va standartlarni tatbiq etish boʻyicha takliflar tayyorlash;(d) loyihalashtirish jarayonida raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellekt texnologiyalarini samarali qoʻllash.2026-yil sentabrEnergetika vazirligi, “Oʻzbekgidroenergo” AJ, Iqtisodiyot va moliya vazirligi,Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi 13.“Oʻzbekgidroenergo” AJ tizimidagi loyiha-qidiruv tashkilotlarini hamda inshootlarning xavfsiz ekspluatatsiya qilinishini monitoring qilishga masʼul tashkilotlarni qoʻllab-quvvatlash hamda rivojlantirish.1. “Oʻzbekgidroenergo” AJ tizimdagi “Gidroproyekt” AJ va “Oʻzsuvloyiha” AJ tomonidan zamonaviy texnologiyalar va uchuvchisiz uchish apparatlarini mazkur loyiha institutlarida “Oʻzbekgidroenergo” AJ ulushini koʻpaytirish va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan xarid qilish.Doimiy“Oʻzbekgidroenergo” AJ, Iqtisodiyot va moliya vazirligi2. Yuqori malakali xorijiy va mahalliy mutaxassislarga munosib haq toʻlash hamda moddiy-texnika bazasini rivojlantirish uchun “Oʻzbekgidroenergo” AJning tizimdagi loyiha-qidiruv va monitoring ishlari xizmatlariga qoʻshimcha 30 foizgacha ustama qoʻllash.Doimiy“Oʻzbekgidroenergo” AJ, Iqtisodiyot va moliya vazirligi3. Gidrotexnika inshootlarining loyiha hujjatlari asosida belgilangan normalar boʻyicha qurilishi ustidan mualliflik nazorati va texnikaviy kuzatuvni oʻtkazish yuzasidan alohida shartnoma imzolash.Doimiy“Oʻzbekgidroenergo” AJ, Iqtisodiyot va moliya vazirligi14.“Oʻzbekgidroenergo” AJning amaldagi kredit reytingini yaxshilash hamda suveren kredit reytingiga mos ravishda bosqichma-bosqich oshirish choralarini koʻrish.1. “Oʻzbekgidroenergo” AJning kredit reytingini yaxshilash boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.2026-yiliyun“UzAssets” AJ,Iqtisodiyot va moliya vazirligi,“Oʻzbekgidroenergo” AJ2. Xalqaro reyting agentliklarini “taklif soʻrovi” tartib-taomili asosida aniqlash va shartnoma imzolash.Har yili3. Reyting agentliklariga “Oʻzbekgidroenergo” AJda amalga oshirilayotgan islohotlar va erishilgan natijalar boʻyicha muntazam ravishda maʼlumot berib borish.2026 yildavomida4. Reyting agentliklari soʻrovnomalariga muvofiq ular bilan uchrashuvlar tashkil etib borish.Doimiy

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.