PQ-270-son Qaror · 17.07.2026

Madaniy tadbirlarning xalqaro jozibadorligini oshirish va sohaga zamonaviy boshqaruvni joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-270
  • Qabul qilingan sana:17.07.2026
  • Kuchga kirgan sana:21.07.2026
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 07/26/270/0765

[Koʻchirma]

Oʻzbekistonning yirik xalqaro konsert-tomosha tadbirlari oʻtkaziladigan maydon sifatidagi jozibadorligini oshirish, madaniy mahsulotlar va xizmatlar eksportini kengaytirish, madaniy loyihalarni tashkil etish tizimini takomillashtirish, shuningdek, “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivalining nufuzini yanada yuksaltirish maqsadida qaror qilaman:

I. Madaniy tadbirlarni tashkil etish tizimini takomillashtirish

1. Madaniyat vazirligi huzuridagi “Xalqaro festivallar direksiyasi” davlat muassasasi negizida Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) huzurida amaldagi moliyalashtirish tartibi saqlangan holda “Madaniy loyihalar milliy operatori” davlat muassasasi (keyingi oʻrinlarda — Milliy operator) tashkil etilsin.

2. Quyidagilar:

(a) “Madaniy loyihalar milliy operatori” davlat muassasasining asosiy vazifalari va huquqlari 1-ilovaga muvofiq;

(b) “Madaniy loyihalar milliy operatori” davlat muassasasining faoliyatini moliyalashtirish manbalari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

3. Belgilansinki, Milliy operatorga xalqaro va respublika miqyosidagi madaniy tadbirlarga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish doirasida quyidagi imtiyoz va preferensiyalar beriladi:

(a) jamoat tartibini taʼminlash, tez tibbiy yordam va yoʻl-patrul xizmatlaridan bepul foydalanish;

(b) Milliy operator tomonidan oʻtkaziladigan madaniy tadbirlar doirasida Oʻzbekiston Respublikasiga olib kiriladigan uskunalar, sahna va texnik vositalar, rekvizitlar, musiqa asboblari, axborot-reklama materiallari, LED-ekranlar, dronlar hamda boshqa moddiy qiymatliklarni 2030-yil 1-yanvarga qadar bojxona bojidan ozod etish. Bunda:

(i) mazkur kichik bandda nazarda tutilgan imtiyozlar, istisno tariqasida, Milliy operator tomonidan tasdiqlangan roʻyxat asosida taqdim etiladi;

(ii) imtiyoz qoʻllanilgan mazkur tovarlar import qilingan kundan boshlab 3 yil davomida boshqa shaxsga sotilgan yoki oʻtkazilgan yoxud ijaraga berilgan taqdirda, taqdim etilgan imtiyozlar bekor qilinadi hamda bojxona boji belgilangan tartibda toʻliq hajmda import qiluvchidan undirib olinadi.

4. Belgilab qoʻyilsinki:

(a) Milliy operatorning boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 18 nafarni tashkil etadi;

(b) Milliy operator “Xalqaro festivallar direksiyasi” davlat muassasasining barcha huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi.

5. Jamgʻarma raisiga, zarur hollarda, Milliy operatorning amaldagi shtat birliklarini saqlagan holda va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida uning tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.

7. Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2027-yildan boshlab Milliy operator faoliyatini moliyalashtirishda oʻtkazilgan xalqaro tadbirlar davomida olingan qoʻshimcha daromadlarni inobatga olgan holda zarur mablagʻlar Davlat budjetining parametrlarida nazarda tutib borilishini taʼminlasin. Bunda:

(a) yil davomida mega-tadbirlarni tashkil etishdan tushgan, shu jumladan, quyidagi tushumlar Milliy operatorning budjetdan tashqari hisob raqamida jamlanadi:

(i) biletlar sotuvidan tushgan tushumlar;

(ii) ijodkorlar bilan kelishgan holda xalqaro platformalar hamda ommaviy axborot vositalarida xalqaro tadbirlarni keng yoritish huquqini sotish hisobidan kelib tushgan tushumlar;

(iii) xorijiy va mahalliy turistlarga VIP biletni sotishdan tashqari qoʻshimcha xizmatlar koʻrsatishdan kelib tushgan tushumlar;

(iv) ijodkorlarning maxsus shaxsiy brendidagi mahsulotlar (kiyim, poster va boshqalar) sotuvidan tushadigan tushumlar;

(b) Milliy operatorga davlat tadbirlari uchun zarur mablagʻlar Jamgʻarma hisob-kitoblariga asosan toʻliqligicha Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutib boriladi.

8. Belgilansinki, Milliy operator tomonidan oʻtkaziladigan mega-konsertlar doirasida bepul chiptalar soni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Kreativ iqtisodiyot va turizm boʻyicha departamenti bilan kelishiladi hamda maksimal oʻrindiqlar sonining 10 foizidan oshmasligi lozim.

9. Milliy operator tomonidan tashkil etiladigan mega-tadbirlarni texnik jihatdan taʼminlash maqsadida:

(a) Milliy operatorga mega-tadbirlarga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish uchun dronlar, LED-ekranlarni olib kirish, saqlash va ulardan foydalanishga ruxsat berilsin;

(b) Raqamli texnologiyalar vazirligi, Fuqaro aviatsiyasi agentligi Milliy operatorning murojaati asosida dronlardan foydalanish uchun tegishli ruxsatnomalarni 10 ish kunidan oshmagan muddatda belgilangan tartibda rasmiylashtirishda amaliy yordam koʻrsatsin;

(v) Mudofaa vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmati mega-tadbirlar oʻtkazilishi belgilangan hududlarda dronlardan foydalanishni qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartib va muddatlarda kelishib berishni taʼminlasin.

II. “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivaliga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish

10. Madaniyat vazirligi, Jamgʻarma va Samarqand viloyati hokimligining:

(a) “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivalini (keyingi oʻrinlarda — Festival) kelgusi yildan boshlab har ikki yilda bir marotaba oʻtkazish;

(b) Jamgʻarmani Festivalning buyurtmachisi etib belgilash;

(v) Milliy operatorni Festivalga tashkiliy-texnik jihatdan tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish boʻyicha ijrochi operator etib belgilash toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.

11. Quyidagilar:

(a) “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivaliga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita (keyingi oʻrinlarda — Tashkiliy qoʻmita) tarkibi 3-ilovaga muvofiq;

(b) “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivaliga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmitaning asosiy vazifalari 4-ilovaga muvofiq;

(v) “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivaliga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

12. Belgilansinki:

(a) Jamgʻarma Tashkiliy qoʻmitaning ishchi organi hisoblanadi;

(b) Festivalni oʻtkazish doirasida Milliy operator va Jamgʻarma buyurtmalariga muvofiq vaqtincha olib kiriladigan yuklar, asbob-uskunalar va targʻibot-tashviqot materiallari belgilangan tartibda “vaqtincha olib kirish” hamda Festival yakuniga koʻra qaytarib olib chiqilganda, “reeksport” bojxona rejimiga rasmiylashtiriladi.

13. Festivalni tashkil etish va oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar Tashkiliy qoʻmita tomonidan tasdiqlanadigan xarajatlar smetasi asosida quyidagi tartibda qoplanadi:

(a) 40 foizi — Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasi hisobidan;

(b) 30 foizi — Madaniyat vazirligiga 2027-yildan boshlab tegishli yilda Davlat budjeti parametrlarida ushbu maqsad uchun nazarda tutiladigan budjet mablagʻlari hisobidan;

(v) 30 foizi — Samarqand viloyati mahalliy budjeti, homiylik xayriyalari hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan.

14. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Milliy operatorning Festivalga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarini moliyalashtirish uchun Jamgʻarmaning asoslantirilgan hisob-kitoblariga asosan zarur mablagʻlarning 2027-yilda Davlat budjetining parametrlarida nazarda tutilishini taʼminlasin.

III. Qaror ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat

15. Tashqi ishlar vazirligi Jamgʻarma va Milliy operator buyurtmalariga binoan tadbirlarni xorijda targʻib qilish, chet ellik ishtirokchilarni taklif qilishda koʻmaklashsin hamda shuningdek, ular uchun kirish vizalari, zarur hollarda, “Toshkent” va “Samarqand” xalqaro aeroportlarida rasmiylashtirilishini taʼminlasin.

16. Jamgʻarma Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston milliy media birlashmasi, “Dunyo” axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalari bilan birgalikda Festivalning ahamiyati tushuntirilishi hamda amalga oshirilayotgan ishlar keng yoritib borilishini tashkil etsin.

18. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 26-fevraldagi “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivalini oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4214-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

19. Jamgʻarma:

(a) bir oy muddatda Milliy operatorning tuzilmasini, shtat jadvalini va ustavini tasdiqlasin;

(b) ikki oy muddatda:

(i) mega-tadbirlarni oʻtkazish tartibini tasdiqlashni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini;

(ii) qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

20. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Kreativ iqtisodiyot va turizm boʻyicha departamenti boshligʻi G.O. Umerova zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2026-yil 17-iyul,

PQ-270-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 17-iyuldagi PQ-270-son qaroriga1-ILOVA

“Madaniy loyihalar milliy operatori” davlat muassasasining asosiy vazifalari va huquqlari

1. Asosiy vazifalar:

(a) xalqaro va respublika miqyosidagi festivallar, konsertlar, koʻrik-tanlovlar va Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasining boshqa tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish;

(b) mamlakat ichida va xorijda, shu jumladan, Turizm qoʻmitasi bilan hamkorlikda Oʻzbekistonning turistik salohiyatiga oid xalqaro va respublika koʻrgazmalarini (tasviriy va amaliy sanʼat, xalq hunarmandchiligi va kasb-hunar) tashkil etish;

(v) oʻzbek milliy sanʼatini mamlakatda va xorijda keng targʻib qilish, uning noyob namunalarini saqlab qolish va kelajak avlodlarga yetkazish;

(g) xalqaro musiqa festivallari tashkilotlari bilan oʻzaro ijodiy hamkorlik qilish;

(d) ijodkorlar bilan kelishgan holda xalqaro platformalar hamda ommaviy axborot vositalarida xalqaro tadbirlarni keng yoritish;

(j) xalqaro tadbirlarga homiylar va metsenatlarni keng jalb qilish hamda hamkorlik oʻrnatish;

(z) Turizm qoʻmitasi bilan birgalikda xorijiy va mahalliy turistlar uchun yuqori darajadagi xizmatlar sonini oshirish orqali tadbirlarda ishtirok etuvchilar qamrovini oshirish;

(i) xalqaro ijodkorlar tomonidan oʻtkaziladigan tadbirlar doirasida ularning maxsus shaxsiy brending mahsulotlarini (kiyim, poster va boshqalar) realizatsiya qilishga koʻmaklashish.

2. Huquqlar:

(a) davlat koʻmagida oʻtkaziladigan, dunyoga mashhur artistlar ishtirokidagi xalqaro darajadagi konsert-tomosha tadbirlarini (keyingi oʻrinlarda — mega-tadbirlar) tayyorlash va oʻtkazish boʻyicha davlat buyurtmachisi va ayni vaqtda ularning tashkilotchisi (ijrochisi) sifatida ishtirok etish;

(b) mega-tadbirlar boʻyicha hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun tijorat banklarida hisobvaraqlar, shu jumladan, valyuta hisobvaraqlari ochish;

(v) mega-tadbirlar xarajatlar smetasini shakllantirishda moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va xodimlarni qoʻshimcha ragʻbatlantirishga yoʻnaltiriladigan oʻz foydasi foizini (tadbir umumiy smeta qiymatining 15 foizigacha) mustaqil belgilash;

(g) davlat-xususiy sheriklik loyihalarida ishtirok etish, homiylik, grant va boshqa budjetdan tashqari mablagʻlarni jalb qilish;

(d) loyiha guruhlarini, texnik topshiriqlarni shakllantirish hamda Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasiga mega-tadbirlar taqvimi va ularni amalga oshirish mexanizmlari boʻyicha takliflar kiritish.

Izoh: Milliy operator tomonidan madaniyat va sanʼat boʻyicha oʻtkaziladigan tadbirlar xalqaro darajadagi tadbir sifatida toifalanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 17-iyuldagi PQ-270-son qaroriga2-ILOVA

“Madaniy loyihalar milliy operatori” davlat muassasasi faoliyatini moliyalashtirish manbalari

1. Davlat budjetidan, shu jumladan, har yili Davlat budjetidan Milliy operatorga tashkil etiladigan tadbirlarni moliyalashtirish uchun ajratiladigan mablagʻlar.

2. Qaytarish sharti bilan Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi tomonidan ajratiladigan mablagʻlar.

3. Madaniy tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazishdan tushadigan tushumlar.

4. Ijara va xoʻjalik faoliyatidan tushadigan daromadlar.

5. Yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari.

6. Xalqaro moliya institutlari hamda donor tashkilotlar grantlari.

7. Qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 17-iyuldagi PQ-270-son qaroriga3-ILOVA

“Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivaliga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita

Izoh. Tashkiliy qoʻmita aʼzolari boshqa lavozimga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga mazkur lavozimga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklatilgan shaxslar kiritiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 17-iyuldagi PQ-270-son qaroriga4-ILOVA

“Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivaliga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmitaning asosiy vazifalari

1. Xarajatlar smetasini tasdiqlash va uning doirasida tezkor tashkiliy qarorlar qabul qilish.

2. Festival konsepsiyasini, dasturning asosiy parametrlarini, brendlash va rasmiy ramzlardan foydalanish tartibini shakllantirish.

3. Milliy operator, vazirlik, idora va boshqa tashkilotlarning festivalga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish bilan bogʻliq masalalar boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtirish.

4. Festivalga tayyorgarlikning alohida yoʻnalishlari boʻyicha ishchi guruhlar va ekspert kengashlarini tuzish.

5. Festivalni oʻtkazish muddatlarini belgilash.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 17-iyuldagi PQ-270-son qaroriga5-ILOVA

“Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivaliga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.