BJK · 175-modda

175-modda. Erkin omborlar

Erkin ombor maxsus jihozlangan va belgilangan joy boʻlib, u tovarlarni erkin ombor bojxona rejimida bojxona nazorati ostida saqlash uchun moʻljallangan binolar hududini va (yoki) ochiq maydonchalarni oʻz ichiga oladi.

Erkin omborning ishlashini taʼminlash uchun zarur Oʻzbekiston tovarlariga erkin ombor bojxona rejimi qoʻllanilmaydi.

Boshqa tovarlarga zarar yetkazishi mumkin boʻlgan yoki alohida saqlash sharoitlari talab etiladigan tovarlar bunday tovarlarni saqlash uchun maxsus moslashtirilgan omborlarda yoki erkin omborning bir qismi boʻlgan alohida binolarda qonunchilikka muvofiq belgilangan majburiy talablarga rioya qilingan holda saqlanishi kerak.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.