Bojxona nazorati:
bojxona chegarasi orqali olib oʻtilayotgan va (yoki) ushbu Kodeksga muvofiq deklaratsiyalanishi lozim boʻlgan tovarlarga va transport vositalariga nisbatan;
taqdim etilishi ushbu Kodeksda nazarda tutilgan bojxona deklaratsiyasiga, tovarlar toʻgʻrisidagi hujjatlarga va maʼlumotlarga nisbatan;
yuridik va jismoniy shaxslarning tovarlarni bojxona chegarasi orqali olib oʻtish, bojxona ishi sohasida xizmatlar koʻrsatish bilan bogʻliq, shuningdek ayrim bojxona rejimlari doirasida amalga oshiriladigan faoliyatiga nisbatan oʻtkaziladi.