Bojxona ekspertizasi tovarlarni identifikatsiyalashga qaratilgan hamda ekspert tomonidan fan, texnika, sanʼat yoki hunarmandchilik sohasidagi maxsus bilimlar asosida tadqiqotlar oʻtkazish va xulosa berishdan iborat protsessual harakatdir.
Bojxona ekspertizasining maqsadi tovarlarni:
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyatining tovar nomenklaturasiga muvofiq tovarning tasniflanishi toʻgʻri boʻlishini nazorat qilish uchun;
ularni qayta ishlash mahsulotlarida;
intellektual mulkka boʻlgan huquqlarga rioya etilishi uchun identifikatsiyalashdan iboratdir.