Xavf tahlili obyektlari jumlasiga quyidagilar kiradi:
bojxona nazorati ostida boʻlgan yoxud erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlar;
tijorat uchun foydalaniladigan transport vositalari;
oldi-sotdi yoki ayirboshlashga doir tashqi iqtisodiyot kontraktlarida (shartnomalarida, kelishuvlarida), tovarlarga egalik qilish, ulardan foydalanish va (yoki) ularni tasarruf etish huquqiga oid bitimlarda yoxud boshqa hujjatlarda koʻrsatilgan maʼlumotlar;
tovarning kuzatuv hujjatlarida va boshqa hujjatlarda koʻrsatilgan maʼlumotlar;
bojxona nazorati ostida turgan tovarlarga nisbatan vakolatga ega boʻlgan shaxslarning faoliyati;
bojxona nazorati shakllari qoʻllanilishining natijalari.