BJK · 206-modda

206-modda. Dastlabki maʼlumotni taqdim etish

Xavfni boshqarish tizimini qoʻllashda tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari, tashuvchilar, bojxona ishi sohasida litsenziyalarga va ruxsatnomalarga ega boʻlgan shaxslar tomonidan yuk, yoʻlovchilar, transport vositalari toʻgʻrisida dastlabki tarzda taqdim etilgan axborotdan foydalaniladi.

Bojxona organlari Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq chet davlatlarning bojxona organlari va xalqaro tashkilotlar bilan dastlabki axborot almashinuvini amalga oshiradi.

Vakolatli shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga avtomobil, temir yoʻl va havo transporti orqali olib kirilishi kutilayotgan tovarlar hamda transport vositalari, shu jumladan yoʻlovchilar va ularning bagajlari toʻgʻrisidagi dastlabki axborotni ular amalda yetib kelguniga qadar Internet jahon axborot tarmogʻi orqali bojxona organlarining axborot tizimiga taqdim etishi shart.

Vakolatli shaxslar taqdim etiladigan dastlabki axborotning toʻgʻriligi uchun javobgar boʻladi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.