BJK · 288-modda

288-modda. Bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassis faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirish tartibi

Bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassis faoliyati ustidan bojxona organlari tomonidan nazorat bevosita bojxona rasmiylashtiruvi jarayonida amalga oshiriladi.

Bojxona brokeri yoki oʻz shtatida bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassis mavjud boʻlgan boshqa yuridik shaxs bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassisning bojxona organlariga nisbatan majburiyatlarini cheklashi mumkin emas.

Bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassis va bojxona brokeri yoki boshqa yuridik shaxs oʻrtasidagi munosabatlar mehnat shartnomasi bilan tartibga solinadi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.