BJK · 291-modda

291-modda. Bojxona yigʻimlari

Bojxona organlari tomonidan quyidagi harakatlar yoki tartib-taomillar bajarilganligi uchun bojxona yigʻimlari undiriladi:

bojxona rasmiylashtiruvi;

bojxona rasmiylashtiruvi uchun belgilangan joylardan tashqaridagi va (yoki) bojxona organlarining ish vaqtidan tashqari vaqtdagi bojxona rasmiylashtiruvi;

tovarlarni bojxona organi egaligidagi bojxona omborida saqlash;

transport vositasini bojxona hamrohligida kuzatib borish;

dastlabki qarorni qabul qilish;

intellektual mulk obyektlarini Intellektual mulk obyektlarining bojxona reyestriga kiritish;

yuridik shaxslar tomonidan olib kiriladigan naqd chet el valyutasining bojxona rasmiylashtiruvi.

Bojxona yigʻimlarining miqdori bojxona organlari tomonidan bojxona harakatlarini amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlarining taxminiy qiymatidan oshib ketishi mumkin emas.

Bojxona yigʻimlarining stavkalari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.