BJK · 289-modda

289-modda. Bojxona toʻlovlarining turlari

Tovarlarni bojxona chegarasi orqali olib oʻtishda va ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqa hollarda quyidagi bojxona toʻlovlari toʻlanadi:

bojxona boji;

qoʻshilgan qiymat soligʻi;

aksiz soligʻi;

bojxona yigʻimlari.

Qonunchilikda boshqa bojxona toʻlovlari ham belgilanishi mumkin.

Ushbu Kodeksning 163 va 169-moddalarida nazarda tutilgan hollarda qonunchilikda belgilangan bojxona boji, qoʻshilgan qiymat soligʻi va aksiz soligʻi oʻrniga yagona bojxona toʻlovini toʻlashni nazarda tutuvchi bojxona toʻlovlarini undirishning soddalashtirilgan tartibi qoʻllaniladi.

Bojxona bojlarining stavkalari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.