BJK · 382-modda

382-modda. Intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni himoya qilish borasida bojxona organlari tomonidan koʻriladigan choralar

Bojxona organlari oʻz vakolatlari doirasida intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni himoya qilish choralarini koʻradi.

Bojxona hududiga olib kiriladigan va ushbu hududdan olib chiqiladigan, shuningdek bojxona nazorati ostida turgan intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarning himoya qilinishini taʼminlash uchun bojxona organlari:

intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarning buzilganlik belgilari mavjud boʻlgan tovarlarni chiqarib yuborishni toʻxtatib turishi;

intellektual mulk obyektlarini oʻz ichiga olgan tovarlarni chiqarib yuborishni toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qarorni bekor qilishi mumkin.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.