BJK · 383-modda

383-modda. Bojxona organlari tomonidan intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni himoya qilish boʻyicha choralar koʻrilmaydigan tovarlar

Bojxona organlari:

1) jismoniy shaxslar tomonidan notijorat maqsadlar uchun, shu jumladan ularning manziliga xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalarida yuboriladigan;

2) bojxona tranziti bojxona rejimiga muvofiq;

3) diplomatik vakolatxonalar, konsullik muassasalari, xorijiy davlatlarning boshqa rasmiy vakolatxonalari, xalqaro tashkilotlar, ushbu vakolatxonalar, muassasalar va tashkilotlarning xodimlari tomonidan rasmiy va shaxsiy foydalanish uchun;

4) insonparvarlik yordami va texnik koʻmak sifatida bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan tovarlarga nisbatan intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni himoya qilish boʻyicha choralar koʻrmaydi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.