BJK · 408-modda

408-modda. Nazorat ostida yetkazib berish amalga oshirilayotganda bojxona chegarasi orqali olib oʻtilayotgan giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini, psixotrop moddalarni, prekursorlarni va boshqa ashyolarni olib qoʻyish yoki almashtirish

Bojxona chegarasi orqali olib oʻtilayotgan, erkin realizatsiya qilish taqiqlangan yoki muomalasiga qonunchilikka muvofiq litsenziya yoki ruxsatnoma asosida yoʻl qoʻyiladigan giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini, psixotrop moddalar, prekursorlar va boshqa ashyolar nazorat ostida yetkazib berilayotganda bu tovarlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda toʻliq yoki qisman olib qoʻyilishi yoki almashtirilishi mumkin.

Odamlarning sogʻligʻi, atrof muhit uchun katta xavf tugʻdiradigan yoxud ommaviy qirgʻin quroli tayyorlash uchun asos boʻlib xizmat qiladigan ashyolar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda almashtirilishi kerak.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.