BJK · 409-2-modda

409-2-modda. Shikoyat berish tartibi va muddatlari

Bojxona organlarining qarorlari va ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan yuqori turuvchi bojxona organiga shikoyat qilish bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Bojxona organlarining tekshiruvlar va bojxona auditi natijalari yuzasidan qabul qilingan qarorlari ustidan yuqori turuvchi bojxona organiga shikoyat shaxs oʻz huquqlari buzilganligi toʻgʻrisida bilgan yoki bilishi lozim boʻlgan paytdan eʼtiboran oʻttiz kundan kechiktirmay berilishi mumkin.

Ushbu moddaning ikkinchi qismida belgilangan muddat uzrli sababga koʻra oʻtkazib yuborilgan taqdirda, ushbu muddat shikoyat berayotgan shaxsning iltimosnomasi boʻyicha yuqori turuvchi bojxona organi tomonidan tiklanishi mumkin.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.