BJK · 409-4-modda

409-4-modda. Shikoyatni koʻrib chiqishni rad etish

Bojxona organi quyidagi hollarda shikoyatni koʻrib chiqishni rad etadi:

shikoyat ushbu Kodeksda belgilangan shikoyat berish muddati tugaganidan keyin berilganda va uni tiklash toʻgʻrisidagi iltimosnoma mavjud boʻlmaganda;

shikoyat ushbu Kodeksning 409-3-moddasida belgilangan talablarga mos boʻlmaganda;

shikoyat bergan shaxsdan shikoyatni toʻliq yoki qisman chaqirib olish toʻgʻrisidagi ariza shikoyat boʻyicha qaror qabul qilinguniga qadar kelib tushganda;

shikoyat bunga vakolatli boʻlmagan shaxs tomonidan berilganda;

ilgari aynan oʻsha asoslar boʻyicha shikoyat berilganda;

shikoyat qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi doirasida yoki sudga berilganda.

Shikoyatni koʻrib chiqayotgan bojxona organi shikoyat olingan yoxud shikoyatni toʻliq yoki qisman chaqirib olish toʻgʻrisidagi ariza olingan kundan eʼtiboran besh kun ichida shikoyatni toʻliq yoki qisman koʻrmasdan qoldirish haqida qaror qabul qiladi.

Qabul qilingan qaror toʻgʻrisida shikoyat bergan shaxsga qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran uch kun ichida yozma shaklda xabar qilinadi.

Ushbu modda birinchi qismining ikkinchi va uchinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda, bojxona organining shikoyatni koʻrib chiqishni rad etishi shaxsning ushbu Kodeksning 409-2-moddasida belgilangan muddat doirasida takroran shikoyat berish yoki sudga murojaat qilish huquqini istisno etmaydi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.