BJK · 409-1-modda

409-1-modda. Shikoyat qilish huquqi

Vakolatli shaxslar bojxona organlarining qarorlari va ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan ushbu Kodeksda hamda boshqa qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishga haqli.

Bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikka yoki boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq tuzilgan, bojxona organlarining bir yoki bir nechta jismoniy yoki yuridik shaxsga qaratilgan, yuridik ahamiyatga molik muayyan harakatlarni sodir etishga doir koʻrsatmasi mavjud boʻlgan hujjat bojxona organining normativ xususiyatga ega boʻlmagan qarori deb eʼtirof etiladi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.