FPK · 123-modda

123-modda. Arizani koʻrmasdan qoldirish tartibi va oqibatlari

Arizani koʻrmasdan qoldirish toʻgʻrisida sud ajrim chiqaradi. Ajrimda sud ishning hal etilishiga toʻsqinlik qilayotgan, ushbu Kodeks 122-moddasining 2, 5, 6, 7, 8, 10, 10-1 va 11-bandlarida sanab oʻtilgan holatlarni bartaraf etish yoʻllarini koʻrsatishi shart.

Sud ushbu Kodeks 122-moddasining 1, 3, 4 va 10-3-bandlarida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha arizani koʻrmasdan qoldirib, ajrimda davlat bojini qaytarish va daʼvoni taʼminlash yuzasidan koʻrilgan choralarni bekor qilish haqida koʻrsatadi.

Ushbu Kodeks 122-moddasining 5, 6, 7 va 10-2-bandlarida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha arizani koʻrmasdan qoldirish haqidagi sud ajrimi ustidan xususiy shikoyat (protest) berilishi mumkin.

Arizani koʻrmasdan qoldirish uchun asos boʻlgan holatlar bartaraf etilganidan keyin manfaatdor shaxs sudga ariza bilan umumiy tartibda yangidan murojaat qilishga haqli.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.