FPK · 125-modda

125-modda. Ish yuritishni tugatish tartibi

Ish yuritish sudning ajrimi bilan tugatiladi. Agar ish yuritish ish sudga taalluqli boʻlmaganligi sababli tugatilsa va nizoni hal etish boshqa davlat organining vakolatiga taalluqli boʻlsa, sud arizachining qaysi organga murojaat qilishi kerakligini koʻrsatishi shart.

Ish yuritishni tugatish toʻgʻrisidagi sud ajrimi ustidan xususiy shikoyat (protest) berilishi mumkin.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.