FPK · 270-4-modda

270-4-modda. Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalarining qarorlari va ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sud muhokamasining xususiyatlari

Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalarining qarorlari va ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqish chogʻida sud nizolashilayotgan qarorning yoki uning ayrim qismlarining, harakatlarning (harakatsizlikning) qonuniyligini, nizolashilayotgan qarorni qabul qilgan korxona, muassasa, tashkilot, jamoat birlashmasining yoxud nizolashilayotgan harakatlarni (harakatsizlikni) sodir etgan mansabdor shaxsning vakolatlarini tekshiradi, shuningdek nizolashilayotgan qaror yoki uning ayrim qismlari yoxud harakatlar (harakatsizlik) fuqarolarning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini buzgan-buzmaganligini aniqlaydi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.