Roʻyxatdan oʻtkazish paytida havo kemalariga roʻyxat belgisi va davlat tanish belgisi berilib, ular shu havo kemalarida qayd etiladi.
Roʻyxat belgisi va davlat tanish belgisidan tashqari havo kemalariga qoʻshimcha belgilar (ramzlar, yozuvlar, nishonlar) qoʻyilishi mumkin. Mazkur belgilarni havo kemalariga qayd etishda roʻyxat belgisi va davlat tanish belgisining koʻrinishini yomonlashtirmaslikka eʼtibor qilish lozim.
Fuqaro va eksperimental havo kemalariga roʻyxat belgisini va davlat tanish belgisini hamda boshqa belgilarni qayd etish tartibi Aviatsiya maʼmuriyati tomonidan, davlat havo kemalariga qayd etish esa Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan belgilanadi.