HK · 43-modda

43-modda. Havo kemalarini ijaraga berishda huquq va majburiyatlarning oʻtishi

Havo kemasining egasi bilan boʻlajak ekspluatant oʻrtasida ijara shartnomasi mavjud boʻlganda, Oʻzbekiston Respublikasining havo kemasi tegishli huquq va majburiyatlar ekspluatantga oʻtkazilgan holda chet ellik ekspluatantga ijaraga (ekipaj bilan yoki ekipajsiz) berilishi mumkin. Oʻzbekiston Respublikasi Aviatsiya maʼmuriyati chet el davlatining vakolatli organi bilan ijaraga olingan havo kemasidan foydalanilishi ustidan nazorat qilish boʻyicha muayyan majburiyatlarni unga oʻtkazish maqsadida belgilangan tartibda bitim tuzishi mumkin.

Chet el havo kemasini Oʻzbekiston Respublikasidagi ekspluatant ijaraga oladigan hollarda ham xuddi shunday tartib qoʻllaniladi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.