HK · 44-modda

44-modda. Ekspluatant sertifikatini berish

Havo kemasiga mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq asosida egalik qiluvchi, shu havo kemasidan foydalanishni amalga oshirish qobiliyati ekspluatant sertifikati bilan tasdiqlangan yuridik yoki jismoniy shaxs havo kemasining ekspluatanti deb eʼtirof etiladi.

Ekspluatant sertifikati Aviatsiya maʼmuriyati tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda beriladi. Bunda xususiy va ijaradagi havo kemalarining, parvozga oid va texnika xizmatlari tuzilmalarining mavjudligi bunday sertifikatni olish uchun majburiy shartdir.

Maqsadga muvofiq emas degan vaj bilan ekspluatant sertifikati berishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi. Ekspluatant sertifikati berishni rad etish ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.

Ekspluatant sertifikatini berish toʻgʻrisidagi arizani takroran koʻrib chiqishda ekspluatant sertifikati berishni rad etish haqidagi bildirishnomada ilgari koʻrsatilmagan yangi asoslar boʻyicha ushbu sertifikatni berishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Ekspluatant sertifikatining amal qilishi belgilangan tartibda toʻxtatib turilishi, tugatilishi yoki ekspluatant sertifikati bekor qilinishi mumkin. Guvohnomani boshqa shaxsga berish mumkin emas.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.