Halokatga uchrayotgan yoki uchragan havo kemasini qidiruv va qutqaruv ishlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlagan tegishli ishlarni bajarish qoidalariga muvofiq zudlik bilan amalga oshirilishi lozim. Bu qoidalarda:
a) barcha davlatlar havo kemalarini qidiruv va qutqaruv ishlari, qidiruv-qutqaruv kuchlari va vositalarini joylashtirish, ularga yuqoridagi ishlarni bajarishda tekin taʼminot va xizmat koʻrsatilishi;
b) havo kemasini, uning yoʻlovchilarini va ekipajini halokat joyidan evakuatsiya qilish, halokatga uchragan havo kemasi ekspluatantining kuchi va vositalari bilan yoxud ekspluatant hisobidan oʻzga kuch va vositalar bilan amalga oshirilishi;
v) mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar havo kemasini qidiruv va qutqaruv ishlarini amalga oshirishda barcha zarur yordamni koʻrsatishga va qidiruv-qutqaruv organlari yetib kelguniga qadar odamlarni qutqarish, ularga tibbiy va boshqa yordam koʻrsatish uchun, shuningdek havo kemasini va uning ichidagi hujjatlar, asbob-uskunalar va mol-mulklarni saqlash uchun choralar koʻrishlari shartligi nazarda tutilishi lozim.