HK · 90-modda

90-modda. Aviatsiya halokati (baxtsiz hodisa)ni tekshirish bilan bogʻliq ishlarni mablagʻ bilan taʼminlash va xarajatlarni qoplash tartibi

Aviatsiya halokati (baxtsiz hodisa) roʻy bergan joyda oʻtkaziladigan tekshiruv bilan bogʻliq barcha ishlarni havo kemasining ekspluatanti mablagʻ bilan taʼminlaydi.

Ilmiy tekshirish va konstruktorlik muassasalari, tashkilotlari, taʼmirlov va sanoat korxonalari amalga oshirayotgan aviatsiya halokati (baxtsiz hodisa)ni tekshirish bilan bogʻliq tadqiqot va sinov ishlari ana shu korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan mablagʻ bilan taʼminlanib, keyinchalik bu xarajatlar havo kemasining ekspluatanti tomonidan qoplanadi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.