Yoʻlovchi havo kemasi ichidagi yurish-turish qoidalariga rioya etishi, havo kemasi komandirining yoki ekipaj aʼzosining havo kemasi komandiri nomidan bergan parvoz va havo kemasi ichidagi odamlar xavfsizligini, mol-mulk but saqlanishini, tashish shartnomasini ijro etish bilan bogʻliq xizmatlar koʻrsatish tartibi va imkoniyatini taʼminlashga doir farmoyishlarini bajarishi shart.
Yoʻlovchining havo kemasi ichidagi yurish-turish qoidalari Oʻzbekiston Respublikasi Aviatsiya maʼmuriyati tomonidan belgilanadi.