HK · 98-modda

98-modda. Havo transportida tashish shartnomasi

Havo transportida tashish shartnomasiga binoan tashuvchi yoʻlovchi va uning qoʻl yukini chiptada koʻrsatilgan parvozni amalga oshirayotgan havo kemasidan joy berib belgilangan manzilga eltib qoʻyish majburiyatini, yoʻlovchi qoʻl yukini topshirgan boʻlsa — qoʻl yukini belgilangan manzilga yetkazib, uni yoʻlovchiga yoki yoʻlovchi tayinlagan shaxsga topshirish majburiyatini oladi. Yoʻlovchi belgilangan tarif boʻyicha parvoz uchun, yuk tashuvchi belgilagan meʼyordan ortiq qoʻl yuki boʻlgan taqdirda esa bunday — qoʻl yuki uchun ham haq toʻlash majburiyatini oladi.

Havo transportida tashish shartnomasiga koʻra yuk tashuvchi oʻziga yuk joʻnatuvchi ishonib topshirgan yuk yoki pochtani belgilangan manzilga yetkazib, ularni yukni yoki pochtani qabul qilib olishga vakolat berilgan shaxsga topshirish majburiyatini oladi, yuk joʻnatuvchi esa yuk yoki pochta tashilgani uchun belgilangan tarif boʻyicha haq toʻlash majburiyatini oladi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.