IHQ · 24-modda

24-modda. Mahalliy hokimiyat organlari tomonidan isteʼmolchilar huquqlarining himoya qilinishi

Isteʼmolchilar huquqlari himoya qilinishi uchun mahalliy hokimiyat organlari:

isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish sohasidagi qonunchilik bajarilishini tashkil etadilar;

isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish vakolati berilgan davlat organlari va isteʼmolchilarning jamoat birlashmalari bilan hamkorlik qiladilar;

isteʼmolchilarning shikoyatlari, arizalari va takliflarini koʻrib chiqadilar;

oʻz huquqlari doirasida boshqa vakolatlarni ham amalga oshiradilar.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.