IHQ · 27-modda

27-modda. Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik

Ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganligi uchun javobgar boʻladi.

Ishlab chiqaruvchining (ijrochining, sotuvchining) mansabdor shaxslari, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlar oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar ishlab chiqarilgan sanasi va yaroqlilik muddati koʻrsatilishi shart ekanligi qonunchilikda belgilangan tovarlarni ishlab chiqarilgan sanasi va yaroqlilik muddati koʻrsatilmagan holda realizatsiya qilish va sotish uchun qabul qilganlik, yaroqlilik muddati oʻtgan tovarlarni realizatsiya qilish va sotish uchun qabul qilganlik, isteʼmolchilarning huquqlari buzilishlarini bartaraf etish toʻgʻrisidagi koʻrsatmalarni bajarishdan boʻyin tovlaganlik, oʻz vaqtida yoki lozim darajada bajarmaganlik, shuningdek isteʼmolchilarga tovarlar (ishlar, xizmatlar) toʻgʻrisida axborot taqdim etmaganlik yoki bila turib notoʻgʻri maʼlumotlar taqdim etganlik, tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) majburiy sertifikatlashtirish qoidalarini buzganlik, normativ hujjatlar talablariga javob bermaydigan tovar (ish, xizmat) tufayli isteʼmolchilarga zarar yetkazganlik uchun maʼmuriy javobgarlikka tortiladi.

Maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganligi ishlab chiqaruvchilarni (ijrochilarni, sotuvchilarni) yoʻl qoʻyilgan qoidabuzarliklarni bartaraf qilish majburiyatidan ozod etmaydi.

Tovar (ish, xizmat)lar xavfsiz boʻlishi haqidagi talablarga javob bermaydigan tovar (ish, xizmat)lar tufayli isteʼmolchilarga zarar yetkazilsa, tovarlar (ishlar, xizmatlar) xavfsiz boʻlishi va ularning sifati ustidan nazoratni amalga oshiruvchi davlat boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslari qonunchilikka muvofiq javobgar boʻladilar.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.