JK · 255-1-modda

255-1-modda. Bakteriologik, kimyoviy va boshqa xil yalpi qirgʻin qurollari turlarini ishlab chiqish, ishlab chiqarish, toʻplash, olish, birovga oʻtkazish, saqlash, qonunga xilof ravishda egallash va ular bilan boshqa harakatlarni sodir etish

Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari bilan taqiqlangan bakteriologik (biologik), kimyoviy va boshqa xil yalpi qirgʻin qurollari turlarini ishlab chiqish, ishlab chiqarish, toʻplash, olish, birovga oʻtkazish, saqlash, qonunga xilof ravishda egallash va ular bilan boshqa harakatlarni sodir etish —

besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Oʻsha qilmish:

a) odam oʻlishiga;

b) boshqa ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, —

sakkiz yildan oʻn besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.