JK · 256-modda

256-modda. Tadqiqot faoliyatini amalga oshirishda xavfsizlik qoidalarini buzish

Ilmiy tadqiqot yoki sinov tajriba faoliyatini amalga oshirish vaqtida xavfsizlik qoidalarini buzish badanga oʻrtacha ogʻir yoki ogʻir shikast yetkazilishiga sabab boʻlsa, —

bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

Oʻsha qilmish:

a) xavfsizlik qoidalariga rioya qilinishi uchun masʼul shaxs tomonidan sodir etilgan boʻlsa;

b) koʻp miqdorda zarar yetkazilishiga sabab boʻlsa, —

ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Oʻsha qilmish:

a) odam oʻlishiga;

b) boshqa ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, —

uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.