JPK · 352-modda

352-modda. Tergov harakatlarini oʻtkazishda xolislarning ishtiroki

Dastlabki tergovda olib qoʻyish, tintuv oʻtkazish, koʻzdan kechirish, guvohlantirish, eksperiment oʻtkazish, tanib olish uchun koʻrsatish, koʻrsatuvni hodisa yuz bergan joyda tekshirish, ekspert tadqiqotini oʻtkazish uchun namunalar olish, murdani eksgumatsiya qilish kamida ikki nafar xolis ishtirokida amalga oshiriladi.

Basharti bir tergov harakatini bir necha tergovchi yoki tergovchi va u rahbarlik qilayotgan surishtiruvchilar bir paytning oʻzida turli xonalarda yoki bir-biridan ancha uzoq joylarda oʻtkazayotgan boʻlsalar, har bir tergovchi va surishtiruvchi huzurida doimo kamida ikki nafar xolis ishtirok etishi lozim.

Fuqaro tergovchining qonuniy talablarini va takliflarini bajarishdan bosh tortayotganligini yoki tergovchiga qarshilik koʻrsatayotganligini yoxud dastlabki tergov yuritish tartibiga toʻgʻri kelmaydigan boshqa huquqqa zid xatti-harakatlar qilayotganini tasdiqlash uchun ham xolislar taklif qilinadilar. Ushbu Kodeksning 93-moddasida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.