JPK · 353-modda

353-modda. Jinoyat ishidagi maʼlumotlarni oshkor qilmaslik majburiyati

Tergovchi jinoyat ishidagi barcha maʼlumotlarni yoki uning muayyan qismidagi maʼlumotlarni oshkor qilinmaydigan deb eʼtirof etishga haqli. Ana shu asosda u tergov harakatlarida ishtirok etayotgan yoki tergov harakatlarini bajarishda hozir boʻlgan yoxud tergov materiallari bilan tanishayotgan shaxslardan ularning zimmasiga ishda mavjud boʻlgan maʼlumotlarni uning ruxsatisiz oshkor qilmaslik toʻgʻrisida majburiyat yuklatilgani haqida tilxat olishi mumkin. Tilxatda, shuningdek mazkur majburiyatni buzganlik uchun Jinoyat kodeksining 239-moddasiga binoan javobgarlik haqidagi ogohlantirish ham aks ettiriladi.

Ishdagi maʼlumotlarni oshkor qilmaslik majburiyati gumon qilinuvchi va ayblanuvchi zimmasiga yuklanishi mumkin emas.

Himoyachining ishdagi maʼlumotlarni oshkor qilmaslik majburiyati uning gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi bilan boʻladigan suhbatiga taalluqli emas.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.