Jinoyat ishi koʻp mehnat talab etsa, juda murakkab yoki oʻta dolzarb boʻlsa, prokuror yoki tergov boʻlinmasining boshligʻi shu ish boʻyicha dastlabki tergov yuritishni doimiy yoki maxsus tuzilgan tergov guruhiga topshirishi mumkin. Bunday topshiriq haqida qaror chiqarilishi lozim boʻlib, unda tergov guruhining rahbari va aʼzolari koʻrsatiladi. Basharti dastlabki tergovni tergovchilar guruhiga topshirish toʻgʻrisidagi qaror jinoyat ishini qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi qaror bilan ayni bir vaqtda qabul qilingan boʻlsa, ikkala masala bir qarorning oʻzida bayon etiladi. Guruh tarkibida oʻzgarishlar boʻlganda va guruh rahbari oʻzgartirilganda ham qaror chiqariladi.
Shu kodeksdagi yaqin moddalar
- 351-moddaDastlabki tergov muddatlari
- 352-moddaTergov harakatlarini oʻtkazishda xolislarning ishtiroki
- 353-moddaJinoyat ishidagi maʼlumotlarni oshkor qilmaslik majburiyati
- 355-moddaTergovchilar guruhi rahbarining vakolatlari
- 356-moddaGuruh aʼzolari boʻlgan tergovchilar
- 357-moddaTergov harakatining bir necha tergovchi tomonidan bajarilishi
Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?
HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.
AI'dan bepul so'rashMatn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.