SYK · 20-1-modda

20-1-modda. Tuman, shahar saylov komissiyasining vakolatlari

Tuman, shahar saylov komissiyasi:

tegishli hududda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Qonunchilik palatasi, mahalliy Kengashlar deputatlari saylovlariga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazishni tashkil etadi;

tegishli hududda ushbu Kodeksning ijrosi ustidan nazoratni amalga oshiradi, uning bir xil tarzda qoʻllanilishini taʼminlaydi hamda saylovni tashkil etish va oʻtkazish masalalari yuzasidan tushuntirishlar beradi;

xalq deputatlari tuman, shahar Kengashiga saylov oʻtkazish boʻyicha saylov okruglarini tuzadi, ularga nom va tartib raqami beradi, chegaralarini, saylovchilar sonini koʻrsatgan holda saylov okruglarining roʻyxatini eʼlon qiladi;

uchastka saylov komissiyalarining faoliyatini muvofiqlashtiradi;

agar uchastka saylov komissiyalarining qarorlari ushbu Kodeksga zid boʻlsa, ushbu qarorlarni mustaqil ravishda yoki tuman, shahar prokurorining taqdimnomasiga binoan bekor qiladi;

xalq deputatlari tuman, shahar Kengashi deputatligiga nomzodlar koʻrsatgan siyosiy partiyalardan tegishli hujjatlarni qabul qilib oladi;

xalq deputatlari tuman, shahar Kengashi deputatligiga koʻrsatilgan nomzodlarni roʻyxatga oladi va ularga guvohnomalar beradi;

deputatlikka nomzod etib roʻyxatga olinganlarning tarjimai holi va dasturlarining asosiy yoʻnalishlarini chop etish hamda uchastkalarga yetkazib berishni taʼminlaydi;

nomzodlarga va siyosiy partiyalarga saylov kampaniyasida ishtirok etish uchun teng sharoitlarni taʼminlaydi;

xalq deputatlari tuman, shahar Kengashi deputatligiga nomzodlarning ishonchli vakillarini roʻyxatga oladi va ularga tegishli guvohnomalar beradi;

uchastka saylov komissiyalarining binolar, transport va aloqa vositalari bilan taʼminlanishini nazorat qiladi, saylovni moddiy-texnik jihatdan taʼminlashga doir boshqa masalalarni koʻrib chiqadi;

xalq deputatlari tuman, shahar Kengashi sayloviga doir saylov byulletenlarining, saylov komissiyalari bayonnomalarining, oʻz muhrining, saylovga oid boshqa hujjatlarning tayyorlanishini taʼminlaydi;

tegishli tuman yoki shahar hududidagi siyosiy partiyalar, boshqa jamoat birlashmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari vakillarining hamda korxonalar, muassasalar va tashkilotlar rahbarlarining saylovga tayyorgarlik koʻrish hamda uni oʻtkazish bilan bogʻliq masalalar yuzasidan axborotini eshitadi;

saylovchilar roʻyxatlarining tuzilishini va hamma tanishib chiqishi uchun taqdim etilishini nazorat qiladi;

uchastka saylov komissiyalarini saylov byulletenlari bilan taʼminlaydi;

xalq deputatlari tuman, shahar Kengashi saylovida saylov okruglari boʻyicha saylov natijalarini aniqlaydi;

xalq deputatlari tuman, shahar Kengashiga oʻtkazilgan saylov yakunlarini chiqaradi, saylangan deputatlarni roʻyxatga oladi, saylov yakunlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni va saylangan deputatlarning roʻyxatlarini matbuotda eʼlon qiladi;

deputatlarga tuman, shahar Kengashi deputati guvohnomasini va koʻkrak nishonini beradi;

tuman, shahar Kengashi deputatlari takroriy saylovi, shuningdek boʻshab qolgan oʻrinlarga deputatlar saylovi oʻtkazilishini tashkil etadi;

saylovchilarning va saylov jarayoni boshqa ishtirokchilarining murojaatlarini koʻrib chiqadi hamda ular yuzasidan qarorlar qabul qiladi, bundan uchastka saylov komissiyalarining harakatlari va qarorlari ustidan berilgan shikoyatlar mustasno;

ushbu Kodeks talablari buzilganligi toʻgʻrisidagi materiallarni sudga yoki tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshiradi;

saylovni tashkil etish va oʻtkazish bilan bogʻliq hujjatlarning arxivlarga va idoraviy arxivlarga topshirilishini taʼminlaydi;

xalq deputatlari tuman, shahar Kengashiga saylov yakunlari toʻgʻrisida tegishli xalq deputatlari tuman, shahar Kengashiga axborot beradi;

xalq deputatlari tuman, shahar Kengashiga saylov yakunlari toʻgʻrisida hududiy saylov komissiyasiga hisobot beradi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.