Okrug saylov komissiyasi:
tegishli hududda ushbu Kodeksning ijrosi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
uchastka saylov komissiyalarining faoliyatini muvofiqlashtiradi;
nomzodlarga saylov kampaniyasida ishtirok etish uchun teng sharoitlarni taʼminlaydi;
saylovchilar roʻyxatlarining tuzilishini va hamma tanishib chiqishi uchun taqdim etilishini kuzatib boradi;
saylov okrugi boʻyicha saylov natijalarini aniqlaydi va ularni tegishli hududiy saylov komissiyasiga taqdim etadi;
takroriy saylov, shuningdek boʻshab qolgan oʻrinlarga deputatlar saylovi oʻtkazilishini tashkil etadi;
saylovchilarning va saylov jarayoni boshqa ishtirokchilarining murojaatlarini koʻrib chiqadi hamda ular yuzasidan qarorlar qabul qiladi, bundan saylov komissiyalarining harakatlari va qarorlari ustidan berilgan shikoyatlar mustasno.