UJK · 1-modda

1-modda. Uy-joy toʻgʻrisidagi qonunchilik

Uy-joy toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Kodeksdan hamda boshqa qonunchilik hujjatlaridan iborat.

Agar uy-joy munosabatlari uy-joy toʻgʻrisidagi qonunchilik bilan tartibga solinmagan boʻlsa, yerga oid qonunchilik hamda arxitektura va shaharsozlik sohasidagi qonunchilikning ana shu munosabatlarni tartibga solishga taalluqli qismi qoʻllaniladi.

Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining uy-joy toʻgʻrisidagi qonunchiligidagidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.