UJK · 2-modda

2-modda. Uy-joy toʻgʻrisidagi qonunchilik bilan tartibga solinadigan munosabatlar

Uy-joy toʻgʻrisidagi qonunchilik fuqarolar, yuridik shaxslar, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining quyidagi masalalar boʻyicha munosabatlarini tartibga soladi:

turar joylarga mulk huquqi, egalik qilish va foydalanish huquqining yuzaga kelishi, amalga oshirilishi, oʻzgarishi hamda bekor boʻlishi;

uy-joy fondini hisobga olish;

uy-joy fondini saqlash, qarash va taʼmirlashni taʼminlash;

fuqarolarning uy-joy huquqlariga rioya etilishi va uy-joy fondidan maqsadli foydalanish ustidan nazorat qilish.

Uylarni qurish, turar joylarni qayta qurish va oʻzgartirish, muhandislik qurilmalaridan foydalanish, kommunal xizmatlar bilan taʼminlash bilan bogʻliq munosabatlar ushbu Kodeks va boshqa qonunchilik hujjatlari bilan tartibga solinadi.

Agar qonunda yoki Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida boshqacha tartib belgilangan boʻlmasa, uy-joy toʻgʻrisidagi qonunchilikning qoidalari chet el fuqarolari, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar, chet el yuridik shaxslari ishtirokidagi uy-joy munosabatlariga nisbatan qoʻllaniladi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.